A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


 Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

14.2. Turizmda agentlik shartnomalarini tuzish usullari 
 
Jahon  tajribasida  tashkilot  usullarining  agentliklar  bilan  o‘zaro 
aloqasi  va  agentlik  tarmoqlarining  qurilishi  tashkil  topgan  va  yaxshi 
ishlangan.  Bu  murakkab  zanjirning  hamma  xalqalari  agentlik  shartnoma 
asosida, ba’zilari odatdagi turlarni sotish shartnomasidan farq qilgan holda 
bir-biriga  ta’sir  qiladi.  Qoida  bo‘yicha,  agentlik  shartnomasida  ikkita 
qatnashuvchi  bo‘ladi.  Mohiyati  va  ichki  tabiatiga  ko‘ra  agentlik 
shartnomasi  ahdnoma  topshirig‘iga  yaqin,  har  qanday  holatda  ham 
agentlik  shartnomasi  -    ishlab  chiqaruvchi  va  agent  sotuvchi  orasidagi 
ahdnoma  bo‘lib,  agentlik  rag‘batlantirish  shartlari  bo‘yicha  turlarni  sotish 
va jo‘natish ishlarini amalga oshiradi. Agenlik bitimini tuzish shartlari har 
bir  davlatning  fuqarolik  kodeksida  bo‘ladi  va  agentlik  shartnomalariga 
topshiriq  va  komissiya  ahdnomalari  haqidagi  qoidalar  qo‘llanishi 
belgilangan.  Bunga  mos  ravishda  agentlik  shartnomasi  quyidagi 
sharoitlarga ega bo‘lishi mumkin. 
-  bir  tomon  (turagent)  o‘z  nomidan  va  boshqa  tomon  hisobiga 
(turoperator)  belgilangan  yuridik  kuchni  bajarish  majburiyatini  o‘z 
zimmasiga oladi; 
-  bir  tomon  (turagent)  mukofotlash  uchun  boshqa  tomon  (turoperator) 
topshirig‘i  bo‘yicha  yuridik  va  boshqa  faoliyatlarni  o‘z  nomidan  va 
turoperator  (prinsipial)  hisobiga  bajarish  majburiyatlarini  oladi.  Bunda 
agar turagent turist bilan turni o‘z nomidan sotish bo‘yicha ahdnoma tuzsa 
u  turist  oldidagi  huquq  va  majburiyatlariga  turist  bilan  tuzilgan  bitimda 
turoperator  aytilgan  yoki  aytilmaganligidan  qat’iy  nazar,  turistga 
turoperator bevosita xizmat qilishidan qat’iy nazar ega bo‘ladi. Agar turist 


 
107 
bilan  ahdnoma  agentlikdagi  turoperator  nomidan  tuzilsa,  turist  oldidagi 
huquq va majburiyatlar bevosita turoperator tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunday  holatda  turagent  turoperator  belgisi  ostida  harakat  qiladi  va 
hamma  turist  bilan  o‘zaro  munosabatlar  turoperator  bilan  o‘zaro 
munosabatlarga o‘xshab rasmiylashtiriladi. 
Har  qanday  holatda  ham  bunday  bitim  turagentga  ishini  turoperator 
mahsulotini  sotish  bo‘yicha  bajarganligi  uchun  mukofotlash  haqini 
nazarda tutadi. Odatda bu komission mukofotlashdir, lekin har bir sotilgan 
turistik  mahsulot  uchun  belgilangan  mablag‘  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bu 
shartnoma 
shartlarida 
qayd 
etilgan. 
Agentlik 
shartnomasi 
o‘z 
qatnashuvchilarining  huquqlarini  cheklashi  mumkin.  Undagi  qonunlarga 
ko‘ra  turoperatorning  belgilangan  ahdnoma  doirasida  harakat  qiluvchi 
boshqa  agentlar  bilan  agentlik  ahdnomalarini  tuzmaslik  yoki  agentlik 
ahdnomasi mavzusini tashkil etuvchi analogik, mustaqil faoliyat hududida 
bajarishdan bosh tortish majburiyatlari bor bo‘lishi mumkin. Lekin bunday 
shart  kamdan-kam  uchraydi.  Bitimda  turagentning  boshqa  turoperatorlar 
bilan analogik agentlik ahdnomalarini tuzmaslikka  majbur qiluvchi, turlar 
savdosini  mo‘ljallovchi,  ahdnomada  ko‘rsatilgan  hudud  bilan  butunlay 
yoki  qisman  to‘g‘ri  keluvchi  hududda  amalga  oshirilishi  kerak  bo‘lgan 
turistik xizmatini cheklash ham nazarda tutilishi mumkin. Bitimda albatta 
turagentning  o‘tkazilgan  savdolar  bo‘yicha  turoperator  oldidagi  hisobot 
muddati va shartlari belgilanadi. 
Fuqarolik  kodeksi  orqali  turagentga  turoperator  oldidagi    subagent 
harakati  uchun  javobgar  bo‘lgan  holda  subagentlik  ahdnomasini  tuzish 
huquqi ruxsat etiladi. Turistik agentliklardan mahsulot sotadigan tarmoqni 
asosiy  o‘ringa  qo‘yuvchi  turoperator  yuridik  shaxs  bo‘lib,  ba’zi 
xizmatlarni  bajarishni  yuklaydi.  Agent  sifatida  esa  yuridik  firmaga 
(turagentlik)  o‘xshab  jismoniy  shaxs  ham  (chakana  agent)  bo‘lishi 
mumkin.  Agentlar  bilan  ishlash  usullari  turoperatorning  barqaror  ijobiy 
imidjini  tuzishga  va  agentlik  tarmog‘ining  qatnashuvchilari  bilan  foydali 
ta’sirini 
yaratishga 
yo‘naltirilgan. 
Agentlik 
bitimi 
yozma 
rasmiylashtirilgan  bo‘lishi  kerak,  garchi  ba’zi  mamlakatlarda,  masalan, 
Amerikada  og‘zaki  shartnomaga  ruxsat  etilsa  ham,  O‘zbekiston 
qonunlariga  binoan  ahdnoma  va  bitim  yozma  ko‘rinishda,  undan  ham 
yaxshisi  yozuv  mashinasi  yoki  kompyuter  printerida  ko‘chirgich  qog‘oz 
orqali bosib chiqarilgan bo‘lishi kerak. 
Bitim 
matnining 
hajmi 
tomonlarning  aloqalariga,  mavzu  murakkabligiga  va  bu  bitim  ob’yektiga 
bog‘liq.  Shartnoma  shartlari  qanchalik  batafsil  bayon  qilinsa,  sheriklarda 
ishlash va paydo bo‘lgan muammolarni janjal va to‘qnashuvlarsiz hal etish 


 
108 
oson bo‘ladi. Teks hajmidan qat’iy nazar agentlik bitimi zarur atributlarga 
ega  bo‘lishi  kerak,  ularsiz  u  ma’nodan  mahrum  bo‘ladi  yoki  bo‘lmasa 
haqiqiy emas deb olinadi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish