V-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINING MOHIYATI VA UNI
BOSHQARISH ASOSLARI
5.1. Mehmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash
5.2. Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari
tasnifi
5.3. Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar
5.1. Mehmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash
Mehmonxona industriyasi kishilarning o‘z uylaridan boshqa yerlarga
sayohatlarga chiqib tunash, ovqatlanish kabi zaruriy ehtiyojlarini
qondirishga mo‘ljallangan, tijoriy xususiyatga ega bo‘lgan korxonalar
faoliyatidir. Mehmonxonalarning dunyodagi ilk bor ko‘rinishlarda bo‘lishi,
karvonsaroylar qurilishi miloddan keyingi I asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu
vaqtlarga kelib sayyohlarning dam olish, ovqatlanish kabi ehtiyojlarini
qondirish uchun karvonsaroylarda tunaganliklari aniqlangan. Asosan
pulning iqtisodiy bir o‘zgarishi sifatida qo‘llanishi, ahamiyatining ortib
borishi natijasida tijorat qilish maqsadida sayohatga chiqishning
ko‘payishi hozirgi kundagi zamonaviy mehmonxonalarning namunalari
bo‘lib hisoblangan.
G‘arbdagi texnologik rivojlanish, temir yo‘llarining qurilishi va
boshqa tarmoqlarga tarqalishiga mehmonxona industriyasining ham
rivojlanishi va katta shaharlardan kichik tumanlarga tarqalishiga olib keldi.
1939-yilda Amerikaning Boston shahrida birinchi shahar mehmonxonasi
qurilgandan keyin bu soha butun mamlakatlarga yoyildi. XX asrning
boshlarida avtomobil yo‘llarining kengayishi, turmush harakatining ortishi
kichik otellar qurilishiga sabab bo‘ldi. Faqat Yevropa aristorkratiyasiga
mos keluvchi katta otel turlari va o‘rta sinfga mos bo‘lgan o‘rta otel
turlarini o‘z ichiga oluvchi industriya davomli va qoniqtiruvchi shaklda
rivojlanmagan. Xalqaro mehmonxona industriyasi korxonalarining
qurilishi
va
ishga
tushirilishida
Amerika
investitsiyasi
va
texnologiyasining tobora ko‘proq kiritilishi kuzatilmoqda. Hilton, Knott,
Sheraton kabi trajmilliy korporatsiyalar vujudga kelmoqda.
Texnologiyaning rivojlanishi, yalpi daromadlarning ko‘payishi,
turizm imkoniyatlarining ortishi, insonlarning yashash sharoitlarida
o‘zgarishlar davom etar ekan, mehmonxona industriyasi kishilarning
xohish - istaklarini, moddiy – ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun
davlat tomonidan koordinatsiya qilinishi, tartibga solib turilishi va shu
44
sohada mehnat qilayotganlarning fidokorligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Xalqaro turistlar ko‘lamining yildan-yilga kengayib borishi turizm
industriyasining rivojlanishiga yo‘l ochib bermoqda. Mehmonxonalar
quyidagicha tasniflanadi:
10
- joylashish o‘rniga ko‘ra;
- ko‘rsatiladigan xizmat turlariga ko‘ra;
- mulkiy shakliga ko‘ra;
- hujjatlashtirish shakliga ko‘ra;
- tunash ehtiyojlarini qondirish shakliga ko‘ra;
- ishlash davriga ko‘ra;
- kattaligiga ko‘ra mehmonxonalar.
Joylashish o‘rniga ko‘ra shahar markazlarida qurilgan; dengiz
qirg‘oqlarida joylashgan; aeroport, port, vokzal, terminal yaqinida qurilgan
mehmonxonalar farqlanadi.
Ko‘rsatiladigan xizmatlariga ko‘ra faqat tunash uchun mo‘ljallangan;
hordiq chiqarish maqsadida qurilgan; konferensiya, majlislarni o‘tkazishga
moslab qurilgan mehmonxona tipidagi xo‘jaliklarga ajratiladi.
Mulkiy shakli jihatdan mehmonxonalar shaxsiy, xususiy, davlat, biror
- bir shirkat mehmonxonasi shaklida faoliyat yuritadi.
Hujjatlashtirish shakliga ko‘ra mehmonxonalar ko‘p davlatlarda
xalqaro standartlarga va davlatlarning ichki shart-sharoitiga asoslangan
holda sinflarga bo‘linmoqda. Bunga ko‘ra mehmonxonalar turistik hujjatli
va davlat ichki boshqaruv hujjatli mehmonxonalarga bo‘linadi.
Turistik hujjatli mehmonxonalar hujjatlashtirilayotgan xalqaro
yulduz berish va kriteriyalash amalga oshiriladi. Tunash ehtiyojlarining
qondirilishi shakliga ko‘ra tog‘ mehmonxonasi shahar mehmonxonasi,
konferensiya mehmonxonalari, dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalar
kiradi.
Ishlash davriga ko‘ra mehmonxonalar yil davomida ishlaydigan va
mavsumiy
xizmat
ko‘rsatuvchi
mehmonxonalarga
bo‘linadi.
Ikkinchisining sababi, dam olish davrining har mavsumda o‘ziga xos
xususiyatga
ega
bo‘lishi.
Masalan,
dengiz
bo‘yida
joylashgan
mehmonxonalarga faqat yoz oylarida turistlar kelishi mumkin.
Kattaligiga ko‘ra mehmonxona xo‘jaligi dunyo miqyosida 4 guruhga
bo‘linadi:
10
Сенин В.С., Денисенко А.В. Гостиничный бизнес: классификация гостиниц и
других средств размещения: Учебное пособие. - М.: Финансы и статистика,
2006. – 44-48 с.
45
1) juda kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tagacha;
2) kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tadan 99 tagacha;
3) o‘rta mehmonxonalar: xonalar soni 100 tadan 299 tagacha;
4) yirik mehmonxonalar: xonalar soni 300 va undan ortiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |