28
III-bob. TURISTIK MAHSULOTLARNING TURLARI VA UNING
TAQSIMLANISHI
3.1. Turistik mahsulot to‘g‘risida
tushuncha
3. 2. Turistik mahsulotning hayotiy bosqichlari
3.3. Turistik mahsulotning baholanishi
3.4. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi
omillar
3.5. Turizm sektorida
narx farqliligi
3.1. Turistik mahsulot to‘g‘risida tushuncha
Biror mehmonxona yoki restoran xo‘jaligi faqat ovqatlaniladigan
yoki tunaydigan joy emasdir. U yer ayni vaqtda, ijtimoiy va insoniy
muloqatlarning mavjud bo‘lgan yeridir. Turizmda xizmatlar biror bir
mahsulotni tashkil qiladi. Shu sababli mahsulot xaridorga ko‘ra har xil
bo‘ladi. Turistlarning o‘z uyini tark qilganidan boshlab orqaga
qaytgunlariga qadar foydalangan barcha xizmatlari va to‘plagan tajribalari
turistik
mahsulot
hisoblanadi.
Ishlab
chiqaruvchilar
tomonidan
mehmonxonaning xonalari, restoranlarning ovqatlari biror turistik
mahsulotdir. Faqat turistlarg ko‘ra bular aralash turistik mahsulotning bir
parchalari hisoblanadi. Turist ta’tilga chiqar ekan turli xil aralash bir
mahsulot, y’ani xizmat paketi sotib oladi.
Turistik mahsulot - turistning sayohati davomida foydalangan
tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va boshqa bir qancha xizmatlarning
yig‘indisidir. Turizmda mahsulot 2 shaklda o‘rtaga chiqadi.
1. Biror davlatda mavjud bo‘lgan barcha tabiiy, tarixiy-madaniy va
turistik resurslarni tashkil qilgan turizm mahsuloti.
2. Iste’molchilarning joy o‘zgartirishlariga va sayohat qilishlariga imkon
beruvchi barcha xizmatlar, ya’ni bir pekij - tur hosil qilgan turistik
xizmatlarning yig‘indisi.
Turizm marketingining birinchi bosqichini turistik mahsulot tashkil
qiladi. Biror turistik korxonaning ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlari,
boshqa sanoat korxonalarining ishlab chiqaradigan mahsulotlaridan
farqlidir. Turizm marketingi turli xil vositalar yordamida yuzaga
keltirilgan bir mahsulot asosiga tayanadi. Bu mahsulotning ro‘yobga
chiqarilishi uchun, axborot va xabarlashish vositalarini ham qo‘shish
kerakdir. Turist uchun eng ahamiyatlisi, eng yaxshisini yoki o‘ziga
yoqqanini tanlashdir. Turizm korxonasida yoki marketingida maqsad ham
iste’molchiga eng yaxshi shaklda xizmat taqdim qilish, ishlab
29
chiqaruvchilarga optimal bir foyda yaratish orasida muvaffaqiyatli bir
munosabat yaratishdir. Turistik mahsulotning xususiyatlari quyidagilardan
iborat.
7
1. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilgan joyida tugatilishi qiyindir.
Iste’molchi turist, turistik mahsulot va xizmatlarning ishlab chiqariladigan
joyiga borishga majburdir.
2. Turistik mahsulot bir qancha xizmatlar (tunash, ovqatlanish, tomosha
va h.k.) yig‘indisidan hosil bo‘ladi.
3. Turistik xizmat va mahsulotning o‘z vaqtida sotilishi shartdir.
4. Turistik mahsulotlarda sub’yektiv baholanish juda yuqoridir.
5. Turistik mahsulotlarda tortuvchanlik, foydalilik va qulay yaratilish
xususiyatlarining bo‘lishi kerakdir.
6. Turistik mahsulotlarda mehnat zich ishlab chiqarish shaklida bo‘lib
avtomatlashtirish juda kamdir.
7. Turistik mahsulotlarda standartlashtirish juda kamdir. Xususan xizmat
yoki servislarning bir tartibda va bir qolibda bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: