A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


 «Buyuk Ipak yo‘li» va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

1.3. «Buyuk Ipak yo‘li» va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati 
 
Hozirgi  vaqtda  butun  dunyoda,  jumladan,  O‘zbekistonda  ham  
iqtisodiyotining  noishlab  chiqarish  sohalaridan  biri  xususan  turizm 
sohasiga katta e’tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o‘zlarining 
bo‘sh  vaqtlarini  samarali  o‘tkazishga,  dam  olishga,  sog‘ligini  tiklashga, 
dunyoni,  xalqlarning  urf  odatlarini,  qadriyatlarini  bilishga  intilmoqda. 
Bundan tashqari, insoniyat har doim o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, 
yangi  erlarni  kashf  qilishga  intilgan.  XX  asrga  kelib  bunday  intilishlar 
kuchaydi  va  turizm  industriyasining  rivojlanishiga  katta  turtki  bo‘ldi. 
O‘tgan  2008  -  yilda  dunyo  aholisining  har  to‘rtinchisi  sayohat  qilgan. 
Ayrim  mamlakatlarda  turizm  sohasi  juda  ham  barqaror  rivojlanib 
bormoqda  va  ularning  har  yillik  o‘sish  sur’ati  8  -10  %  gacha  boradi.  Bu 
davlatlarga  Ispaniya,  Italiya,  Fransiya,  AQSh  va  boshqa  mamlakatlarni 
kiritish  mumkin.  Shunisi  qiziqki  turizm  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda 
transport,  bozor  infratuzilmasi,  savdo  -  sotiq,  oziq-ovqat  tarmoqlari, 
qurilish,  hunarmandchilik  hamda  boshqa  xizmat  ko‘rsatish  sohalari 
rivojlanib ketadi. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda 
boy  imkoniyatlarga  ega.    Bularga  «Buyuk  Ipak  yo‘li»ning  shoh  tomiri 
respublikamizdan  o‘tganligi, butun dunyoga  mashhur tarixiy  va  madaniy 
shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qo‘qon, Toshkent va 
boshqa 
shaharlar, 
tabiiy 
va 
sog‘lomlashtirish 
resurslariga 
boy 
mintaqalarimiz  Chimyon,  Shohimardon,  Zomin,  Boysun,  Sherobod    va 
boshqa shaharlar kiradi.  
Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos 
solindi  deb  hisoblasa    bo‘ladi.  Bunga  dalil  sifatida  1995  yil  2    iyundagi 
«Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini 
avj  oldirish  va  respublikada  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  to‘g‘risida»gi 
farmonining  Prezidentimiz  tomonidan  qabul  qilinishidir
3
.  Bu  farmonga 
binoan  turistik  korxonalar  bir  qator  soliq  imtiyozlarga  ega  bo‘lishdi.  Bu 
farmon  «Buyuk  Ipak  yo‘li»da  joylashgan  tarixiy  va  madaniy  shaharlarda 
turistik yo‘nalishlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Ming yillar davomida 
«Buyuk  Ipak  yo‘li»  Osiyo  va  Ovropa  xalqlarini  birlashtirishning 
                                                           
3
 O‘zbеkiston  Rеspublikasi Prеzidеntining 1995 yil 2 iyundagi 1162 raqamli ”Buyuk 
Ipak yo‘li” ini qayta tiklashda O‘zbеkiston Rеspublikasining ishtirokini avj oldirish 
va    rеspublikada  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  borasidagi  chora  -tadbirlar 
to‘g‘risidagi”  farmoni. / Xalq so‘zi, 1995y . 3- iyun. 
 
 


 
12 
ahamiyatli  va  samarali  usuli  hisoblanib  kelgan.  Xuddi  shu  yo‘l  bo‘ylab 
tovarlar,  bilimlar,  texnologiyalar,  madaniyatlar  almashuvi  amalga 
oshirilgan, 
natijada 
shaharlarning, 
davlatlarning 
rivojlanishiga 
ko‘maklashib  kelgan.  Hattoki,  hozirgi  vaqtda  bu  yo‘l  insoniyat  uchun 
global  ahamiyatga  ega  bo‘lganligini  baholash  qiyin.  Ammo,  o‘zining 
faoliyatini  tugatgandan  keyin  ham  unga  qiziqish  yo‘qolib  ketmadi. 
Ayniqsa,  transport  va  axborot  aloqalarining,  sanoat  ishlab  chiqarishning, 
tovar va xizmatlarning savdosini hamda, Osiyo va Ovropa mintaqalarining 
integratsiya  jarayonlariga  faol  qatnashuvi  «Buyuk  Ipak  yo‘li»ning 
«ikkinchi nafasi»ni olganini ko‘rish mumkin. 
«Buyuk  Ipak  yo‘li»da  xalqaro  turizmni  rivojlantirishning  bir 
ko‘rinishi bo‘lib, janubiy - sharqiy Osiyoni Ovropa bilan bog‘lab turadigan 
global  Transosiyo  transport  liniyasini  shakllantirish  hisoblanadi.  U  o‘z 
ichiga 
Yaponiya, 
Xitoy, 
Hindiston, 
O‘zbekiston, 
Tojikiston, 
Turkmaniston,  Qozog‘iston,  Kavkaz  davlatlari,  G‘arbiy  Osiyo  (Pokiston, 
Eron)  davlatlari  va  albatta  Ovropa  davlatlarini  qamrab  oladi.  E’tiborga 
olish kerakki TRASEKA loyiha doirasida «Delfin» izlanishi o‘tmoqda. Bu 
izlanishning  mazmuni  karvon  -  saroylarni  tashkil  qilishning  texnik  - 
iqtisodiy  asoslanishi,  ekspertlarning  fikriga  ko‘ra,  bu  «Buyuk  ipak 
yo‘li»ning  rivojlanishiga  va  xalqaro  hamkorlikning  samarali  natija 
berishiga yordam beradi, chunki O‘zbekiston va Turkmanistonning asosiy 
yo‘nalishlarida yoqilg‘i stantsiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va 
telekommunikatsiya  zonalarining  qurilishi  yangi  turistik  zonalarning 
shakllanishiga  hamda  turistik  avtotransportning  paydo  bo‘lishiga  olib 
keldi.  Butunjahon  Turistik  Tashkiloti  ekspertlari  «Buyuk  Ipak  yo‘li  da 
qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatni 3 qismga ajratgan.  
Birinchi  qismga  o‘ziga  xos  turizm  milliy  modelini    shakllantira 
boshlagan  O‘rta  Osiyo  va  Kavkaz  davlatlari  kirgan.  Bu  yo‘nalishda 
Butunjahon  Turistik  Tashkiloti  asosiy  masala  qilib,  turg‘un  rivojlanish 
dasturini  tuzishda,  turistik  tarmoqqa  investitsiyani  jalb  qilishda, 
qonunchilikni  ishlab  chiqishda  va  kadrlarni  tayyorlashda  ko‘maklashishi 
hisoblanadi.  
Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo‘li» ob’yektlarini o‘z ichiga olgan va 
turistik  mahsuloti  bilan  aniq  tajribaga  ega  bo‘lgan  davlatlar  kiradi.  Bular 
Xitoy,  Pokiston,  Hindiston,  Eron,  Gretsiya  va  Turkiyalardir.  BTT  ning 
ekspertlari  fikriga  ko‘ra  bu  yerda  xalqaro  tashkilot  «Buyuk  Ipak  yo‘li» 
nomli  turistik mahsulotning sotilishini rag‘batlantirishi mumkin.  
Uchinchi  qism  esa,    qadimgi  aloqanlaring  oxirgi  nuqtalarini  o‘z 
o‘ichiga qamrab oladi.  Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN 


 
13 
davlatlari  kiradi.  Bu  yerda  Butunjahon  Turistik  Tashkilotining  vazifasi 
«Buyuk Ipak yo‘li»ni targ‘ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar 
nafaqat katta turistik oqimni ta’minlaydi, balki mazkur yo‘l bo‘ylab turizm 
uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi. 
«Buyuk Ipak yo‘li» turistik  mahsulot  mavqeining ko‘tarilishi uchun 
albatta  fundamental  asos  bo‘lishi  kerak.  Uni  sotish  uchun  barcha 
davlatlarning  faol  hamkorligi  kerak.  Chunki  xususiy  sektor  va  davlat 
sektori,    xalqaro  va  milliy  tashkilotlar,  alohida  turoperatorlar  va 
mehmonxona  komplekslari  munosabatlarisiz  amalga  oshirib  bo‘lmaydi. 
Butunjahon  Turistik  Tashkilotining  «Buyuk  Ipak  yo‘li»  loyiha  bo‘yicha 
yig‘ilishi  1996-yilda  Xitoyda  bo‘lib  o‘tdi,  bunda  mahsulotning 
marketingiga  oid  masalalar  ko‘rib  chiqildi.  «Buyuk  Ipak  yo‘li»da  turizm 
bo‘yicha ikkinchi anjuman ham ahamiyatli bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar fikriga 
ko‘ra bu yerda «Buyuk Ipak yo‘li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga 
sazovor  joylar,  madaniy  va  tarixiy  ob’yektlar,  joylashtirish  vositalari, 
transport  va  axborot  markazlari  shakllandi.  Bu  tadbirlardan  keyin  ushbu 
loyiha  rivojlana  boshladi.  Ammo,  hamma  muammolar  yetarlicha 
yechilmagan  edi,  shuning  uchun  ham  1997-yil  aprel  oyida  Tehronda 
«Buyuk Ipak yo‘li» bo‘yicha ikkinchi xalqaro yiq‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bunda 
quyidagi  masalalar  shakllandi:  «Buyuk  Ipak  yo‘li»  mintaqalarini  xalqaro 
targ‘ibot qilish, bu turistik ma’lumotni reklama qilish uchun global axborot 
kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish. 
1994-yildan  boshlab  Butunjahon  Turistik  Tashkiloti  «Buyuk  Ipak 
yo‘li»  loyihani  barcha  yirik  xalqaro  yarmarkalarda:  Berlinda  TTV, 
Londanda  WTM  va  Madridda  FJTUR  faol  targ’ibot  qila  boshladi. 
Butunjahon  Turistik  Tashkilotining  bashoratlariga  ko‘ra,  2020-yilga  kelib 
dunyoning asosiy turistik yo‘nalishlari bo‘lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat 
hozirgi  kunda  22  mln.  turist  qabul  qila  olishligi  bilan  oltinchi  o‘rinni 
egallaydi  va  o‘rtacha  yillik  8  %  o‘sish  bilan  Xitoyga  keladigan 
turistlarning  soni  137  mln.ga,  Gonkongga  esa  59  mln.  kishiga  yetib, 
birinchi  o‘rinni  egallaydi.  Bundan  kelib  chiqib,  «Buyuk  Ipak  yo‘li» 
loyihaga  ishtirokchilarning  oldida  turistik  mahsulotni  shakllantirishda  bu 
davlatlarni  hisobga  olish  masalasi  turibdi,  masalan,  Germaniya  - 
O‘zbekiston  -  Xitoy,  Fransiya  -  O‘zbekiston  -  Gonkong  va  boshqalar. 
Turistlarning  yillik  xarajatlari  5  mlrd.  dollarga    yetishini  hisobga  olsa, 
O‘zbekiston  ham  bu  valyutaning  ayrim  qismini  shaklllantirishga  va 
o‘zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab 
Xitoyga  sayohat  qiluvchi  turistlarning  asosiy  qismi  respublikamiz  orqali 
harakat  qiladi.  Bu  degani  xorijiy  turistlarning  mamlakatimizdagi  turistik 


 
14 
ob’yektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun  ma’lum 
bir  valyutaning  davlat  budjetiga  tushishini  ta’minlaydi.  Shuning  uchun 
ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo‘li» bo‘ylab transport (tranzit) 
yo‘nalishlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  lozim.  Bu  masalada 
madaniy  va  bilim  qabul  qilishga  qaratilgan  turizm  eng  katta  qiziqish 
tug‘diradi.  Masalan,  2008-yilda  O‘zbekistonga  915  ming  tashrif 
qiluvchilar keldi, bulardan  5,6 % turistik maqsadlar bilan, 74,4 % xususiy 
viza bo‘yicha, qolgan 20 % boshqa turli xil maqsadlarda sayohat qilganlar. 
Ko‘pchilik  tashrif  qiluvchilarni  davlatning  tarixi,  madaniyati  va  diniy 
obidalari qiziqtirgan. 
O‘zbekiston  hayotida  bo‘lib  o‘tayotgan  madaniy  tadbirlar,  masalan, 
allomalarning  va  shaharlarning  tantanalari  nafaqat  musulmon  davlatlari, 
balki  Yevropa  va  boshqa  davlatlarida  keng  targ‘ib  qilinib,  «Buyuk  Ipak 
yo‘li»ni va taklif qilinayotgan  mahsulotni yangi ahamiyatga ko‘tardi. 
 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish