A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
113 
XV-bob. TURISTIK KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH 
 
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi 
15.2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar 
15.3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i 
 
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi 
 
Mamlakatimizda 
turizm 
ishiga 
mustaqillikning 
dastlabki 
vaqtlaridanoq  asosiy  davlat  siyosati  darajasida  qaraldi.  Soha  rivoji  uchun 
barcha  zarur  tashkiliy  -  huquqiy  mexanizm  vujudga  keltirilib,  muhim 
me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi  va  bu  ish  hozirda  ham  davom  etmoqda. 
Mamlakatimizda  turizmning  ravnaqi,  uni  yangi  pog‘onalarga  ko‘tarish, 
yurtimizni  jahon  turizm  markazlaridan  biriga  aylantirish  uchun  avvalo 
huquqiy  zamin  yaratish  lozim  edi.  Shu  bois,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy  Majlisining  mazkur  yo‘nalishga  taa’lluqli  qonun  va  kodekslari, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  turizmga  oid  qator  Farmonlari, 
Respublika  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari,  Adliya  vazirligining  va 
boshqa mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari 
ishlab  chiqilib,  hayotga  tatbiq  etildi.  Shulardan  kelib  chiqqan  holda, 
mazkur  hujjatlarni  o‘rganish  va  tahlil  qilishni  quyidagi  tematikalar 
bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, - deb o‘ylaymiz:
28
 
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  turizmga  oid  qonun  va 
kodekslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24-aprelda 
qabul  qilgan  "O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  kodeksi"  va  unda  turizm 
sohasiga  oid  imtiyozlar.  Ushbu  Kodeks  11  bo‘lim,  41  bob  va  134 
moddadan  iborat  bo‘lib,  uning  asosiy  vazifasi  -  O‘zbekistonda  soliq 
tizimining  huquqiy  asoslarini,  soliq  to‘lovchilarning  huquqlari  hamda 
majburiyatlarini  belgilaydi,  soliq  ishlarini  yuritish  tartibotini  va  soliq 
haqidagi  qonun  hujjatlarini  buzganlik  uchun  javobgarlikni  tartibga  solib 
turadi.  Kodeksda  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad 
(foyda)  solig‘i,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i,  aksiya  solig‘i,  yer  osti 
boyliklaridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  ekologiya  solig‘i,  suv 
resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  mol-mulk  solig‘i,  yer  solig‘i, 
reklama  solig‘i,  avtotransport  vositalarini  olib  sotganlik  uchun  soliq, 
                                                           
28
  O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Oliy  Majlisining  "O‘zbеkiston  Rеspublikasi  soliq 
kodеksi" va unda turizm sohasiga oid imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprеl 
 
 


 
114 
shuningdek,  turli  yig‘imlar  haqida  ham  fikr  yuritiladi.  Kodeksda  soliq 
to‘lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat turlariga soliq to‘lashda imtiyozlar 
ham  berilgan.  Jumladan,  8-bob  "Daromad  (foyda)  solig‘I  bo‘yicha 
imtiyozlar",  -deb  nomlanib,  uning  31-moddasi  12-qismida:  "Samarqand, 
Buxoro,  Xiva  va  Toshkent  shaharlarida  yangi  tashkil  etilgan,  turizm 
faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab 
birinchi  daromad  orttirgunga  qadar,  lekin  uzog‘i  bilan  ro‘yxatdan  o‘tgan 
vaqtdan  e’tiboran  uch  yilgacha.  Samarqand,  Buxoro,  Xiva  va  Toshkent 
shaharlarida  turistik  faoliyat  bilan  shug‘ullanuvchi  yuridik  shaxslar  foyda 
olgan birinchi yili 50%, ikkinchi yili 75%, uchinchi yildan boshlab 100% 
miqdorida soliq to‘laydi",- deyiladi. 
Kodeksning  21-bobi  "qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  bo‘yicha  imtiyozlar",-
deb  nomlanib,  uning  71-moddasi  21-qismida:  "turistik-ekskursiya 
xizmatlari" qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinganligi bayon qilingan. 
Shuningdek,  28-bobi  "Mol-mulk  solig‘i  stavkalari  va  imtiyozlar",  -deb 
nomlanib,  uning  92-moddasida:  "Samarqand,  Buxoro,  Xiva  va  Toshkent 
shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati  bilan shug‘ullanayotgan 
yuridik  shaxslarning  mol-mulkiga,  tashkil  etilgan  vaqtidan  e’tiboran 
dastlabki  foyda  olgunga  qadar,  lekin  ular  ro‘yxatdan  o‘tgan  vaqtdan 
e’tiboran uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar 
belgilangan  imtiyozli  davrdan  keyin  bir  yil  o‘tgunga  qadar  tugatilgan 
taqdirda  soliq  summasi  ularning  butun  faoliyati  davri  uchun  to‘liq 
miqdorda undirib olinadi", -deyiladi. 
Kodeksning  31-moddasi  "Yer  solig‘i  stavkalari  va  imtiyozlar",-deb 
nomlanib,  uning  101-moddasida  soliq  solinmaydigan  yer  uchastkalariga: 
"tarixiy-madaniy ahamiyatga molik  yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, 
xotira  bog‘lari,  sag‘analar,  arxeologiya  yodgorliklari,  tarix  va  madaniyat 
yodgorliklari 
egallagan 
yerlar) 
kiritilgan. 
Shuningdek, 
davlat 
g‘o‘riqxonalari,  milliy  va  dendrologiya  bog‘lari,  botanika  bog‘lari,  ixota 
daraxtzorlari  egallagan  yerlar;  sport  inshootlari,  stadionlar,  suzish 
havzalari,  onalar  va  bolalarning  dam  olish  va  sog‘lomlashtirish  joylari, 
sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq 
to‘lashdan ozod etiladi. 
Kodeksning  102-moddasi  "Yer  solig‘i  to‘lashdan ozod  qilingan  soliq 
to‘lovchilar",-deb  nomlanib,  uning  7-qismida:  "Samarqand,  Buxoro,  Xiva 
va  Toshkent  shaharlarida  yangi  tashkil  etilgan  turistik  faoliyat  bilan 
shug‘ullanuvchi  yuridik  shaxslar  -  tashkil  etilgan  paytdan  e’tiboran 
birinchi foyda olgunga qadar, biroq bu muddat ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan 
paytdan e’tiboran uch yildan oshmasligi lozim", -deyiladi. 


 
115 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish