A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


IX-bob. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARI



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

IX-bob. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATLARI 
 
9.1. Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi 
9.2. Turizm marketingining ta’rifi 
9.3. Mehmonxona xo‘jaliklari marketingi 
9.4. Turizm marketingining zarurligi 
9.5. Turizm marketingining xususiyatlari 
 
9.1. Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi 
 
 
Turizm  industriyasida  marketing  faoliyatlari  XIX  asr  oxirlarida, 
tunash  va  sayohat  byurolari  bilan  birgalikda  Angliya  va  keyinchalik 
Yevropa  qit’asida  amalda  qo‘llanila  boshlagan.  Turizm  marketingining 
tizimli (tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950-yillarda 
Yevropada  amalda  qo‘llanilgan.  Ikkinchi  jahon  urushigacha  lyuks  bir 
iste’mol  soha  bo‘lgan  turizm  tarmog‘i,  urushdan  keyin  Yevropadagi 
sanoatlashuv  harakati  bilan  birga  rivojlanishga  va  tarqalishga  boshlagan. 
Iste’molchilarning  sotib  olish  imkoniyatlari  ortgan  va  turizm  tarmog‘i 
xalqaro  bir  xususiyat  qozonib  talab  va  taklif  muvozanati  buzilishni 
boshlagan.  1936-yildan  e’tiboran  Yevropada  pullik  ruxsat  haqining 
berilishi  bilan  ishchilar,  mutaxassislar  ta’tilga  chiqib  turizm  harakatlariga 
qatnashganlar.  Tunash  muassasalarida  o‘zgarish  ortgan,  yangi  tunash 
tarmoqlari  yuzaga  kelgan.  Sayohat  qilgan  insonlar  soni  har  yili  tez 
sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 
60%  ini  tashkil  qilgan.  Dunyoda  sayohat  qilgan  kishilar  soni    1970-yilda 
168  mln.    kishi  ekan.  1989-yilda  bu hisob 420  mln.  kishi,  2005-yilda  esa 
bu  raqam  685  mln.  kishiga  yetgan.  Sayohat  qilgan  insonlar  turizm 
tarmog‘iga qatnashib 1989-yilda 230 mlrd. dollar miqdorida turizmga sarf 
qilgan  bo‘lsalar,  2005-yilda    bu  ko‘rsatkich  475  mlrd.  dollar,  2007-  yilda 
esa ushbu ko‘rsatkich 480 mlrd. dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, 
mikro darajada turistik korxonalar iste’molga tayanib turizmda ma’lum bir 
miqdorda  talabni  oshirish  uchun  turizm 
marketingi  tizimlarini 
rivojlantirishga e’tibor qaratganlar.
17
  
 
Xususan  1970-yillardan  keyin  talabni  jonlantirish  uchun  turizm 
marketingi  tadqiqotlariga  e’tibor  berilgan.  Marketing,  mahsulotning 
bozorda iste’molchi bilan qarsqilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir 
degan edik. Turizm  marketingini ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan 
                                                           
17
  Дурович  А.П.  Маркетинг  в  туризме.  Учебное  пособие.  –  М,:  КНОРУС.   
2005г. 49-55 c           


 
70 
turizm bozori shakllantiradi. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch 
guruhda tavsiflanadi: 
1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari. 
2. Sayohat byurolari va turoperatorlar. 
3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar. 
 
Turizm  bozori  geografik  nuqtai  nazardan  ikki  qismga,  milliy    va 
xalqaro  turizm  bozoriga  ajratiladi.  Bozordagi  iste’molcqilar  turist  deb 
ataladi. 
Turizm 
marketingida 
mahsulotga 
qaraganda 
xizmatning 
bozorlanishi  asosiy  hisoblanadi.  Turizmda  ishlab  chiqarilgan  xizmatlar 
juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topmoqda. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish