A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


V-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINING MOHIYATI VA UNI



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/113
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#277905
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

V-bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINING MOHIYATI VA UNI 
BOSHQARISH ASOSLARI 
 
5.1. Mehmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash  
5.2.  Mehmonxonalarda  turistlarga  xizmat  ko‘rsatish  texnologiyalari 
tasnifi 
5.3. Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar 
 
5.1. Mehmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash  
 
 
Mehmonxona industriyasi kishilarning o‘z uylaridan boshqa yerlarga 
sayohatlarga  chiqib  tunash,  ovqatlanish  kabi  zaruriy  ehtiyojlarini 
qondirishga  mo‘ljallangan,  tijoriy  xususiyatga  ega  bo‘lgan  korxonalar 
faoliyatidir. Mehmonxonalarning dunyodagi ilk bor ko‘rinishlarda bo‘lishi, 
karvonsaroylar  qurilishi  miloddan  keyingi  I  asrlarga  to‘g‘ri  keladi.  Bu 
vaqtlarga  kelib  sayyohlarning  dam  olish,  ovqatlanish    kabi  ehtiyojlarini 
qondirish  uchun  karvonsaroylarda  tunaganliklari  aniqlangan.  Asosan 
pulning  iqtisodiy  bir  o‘zgarishi  sifatida  qo‘llanishi,  ahamiyatining  ortib 
borishi  natijasida  tijorat  qilish  maqsadida  sayohatga  chiqishning 
ko‘payishi  hozirgi  kundagi  zamonaviy  mehmonxonalarning  namunalari 
bo‘lib hisoblangan. 
G‘arbdagi  texnologik  rivojlanish,  temir  yo‘llarining  qurilishi  va 
boshqa  tarmoqlarga  tarqalishiga  mehmonxona  industriyasining  ham 
rivojlanishi va katta shaharlardan kichik tumanlarga tarqalishiga olib keldi. 
1939-yilda  Amerikaning  Boston  shahrida  birinchi  shahar  mehmonxonasi 
qurilgandan  keyin  bu  soha  butun  mamlakatlarga  yoyildi.  XX  asrning 
boshlarida avtomobil yo‘llarining kengayishi, turmush harakatining ortishi  
kichik  otellar qurilishiga  sabab  bo‘ldi. Faqat Yevropa aristorkratiyasiga 
mos  keluvchi  katta  otel  turlari  va  o‘rta  sinfga  mos  bo‘lgan  o‘rta  otel 
turlarini  o‘z  ichiga  oluvchi  industriya  davomli  va  qoniqtiruvchi  shaklda 
rivojlanmagan.  Xalqaro  mehmonxona  industriyasi  korxonalarining 
qurilishi 
va 
ishga 
tushirilishida 
Amerika 
investitsiyasi 
va 
texnologiyasining  tobora  ko‘proq  kiritilishi  kuzatilmoqda.  Hilton,  Knott, 
Sheraton kabi trajmilliy korporatsiyalar vujudga kelmoqda. 
Texnologiyaning  rivojlanishi,  yalpi  daromadlarning  ko‘payishi, 
turizm  imkoniyatlarining  ortishi,  insonlarning  yashash  sharoitlarida 
o‘zgarishlar  davom  etar  ekan,  mehmonxona  industriyasi  kishilarning 
xohish  -  istaklarini,  moddiy  –  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirishi  uchun 
davlat  tomonidan  koordinatsiya  qilinishi,  tartibga  solib  turilishi  va    shu 


 
44 
sohada  mehnat  qilayotganlarning  fidokorligi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 
Xalqaro  turistlar  ko‘lamining  yildan-yilga  kengayib  borishi  turizm 
industriyasining  rivojlanishiga  yo‘l  ochib  bermoqda.  Mehmonxonalar 
quyidagicha tasniflanadi:
10
 
- joylashish o‘rniga ko‘ra; 
- ko‘rsatiladigan xizmat turlariga ko‘ra; 
- mulkiy shakliga ko‘ra; 
-  hujjatlashtirish shakliga ko‘ra; 
-  tunash ehtiyojlarini qondirish shakliga ko‘ra; 
-  ishlash davriga ko‘ra; 
-  kattaligiga ko‘ra mehmonxonalar. 
 
Joylashish  o‘rniga  ko‘ra  shahar  markazlarida  qurilgan;  dengiz 
qirg‘oqlarida joylashgan; aeroport, port, vokzal, terminal yaqinida qurilgan 
mehmonxonalar farqlanadi.  
 
Ko‘rsatiladigan xizmatlariga ko‘ra faqat tunash uchun mo‘ljallangan; 
hordiq chiqarish maqsadida qurilgan; konferensiya, majlislarni o‘tkazishga 
moslab qurilgan mehmonxona tipidagi xo‘jaliklarga ajratiladi. 
 
Mulkiy shakli jihatdan mehmonxonalar shaxsiy, xususiy, davlat, biror 
- bir shirkat mehmonxonasi shaklida faoliyat yuritadi.  
 
Hujjatlashtirish  shakliga  ko‘ra  mehmonxonalar  ko‘p  davlatlarda 
xalqaro  standartlarga  va  davlatlarning  ichki  shart-sharoitiga  asoslangan 
holda sinflarga bo‘linmoqda. Bunga ko‘ra mehmonxonalar turistik hujjatli 
va davlat ichki boshqaruv hujjatli mehmonxonalarga bo‘linadi. 
Turistik  hujjatli  mehmonxonalar  hujjatlashtirilayotgan  xalqaro 
yulduz  berish  va  kriteriyalash  amalga  oshiriladi.  Tunash  ehtiyojlarining 
qondirilishi  shakliga  ko‘ra  tog‘  mehmonxonasi  shahar  mehmonxonasi, 
konferensiya mehmonxonalari, dengiz bo‘yida joylashgan mehmonxonalar 
kiradi.  
Ishlash  davriga  ko‘ra  mehmonxonalar  yil  davomida  ishlaydigan  va 
mavsumiy 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
mehmonxonalarga 
bo‘linadi. 
Ikkinchisining  sababi,  dam  olish  davrining  har  mavsumda  o‘ziga  xos 
xususiyatga 
ega 
bo‘lishi. 
Masalan, 
dengiz 
bo‘yida 
joylashgan   
mehmonxonalarga   faqat   yoz oylarida turistlar kelishi mumkin. 
Kattaligiga ko‘ra mehmonxona xo‘jaligi dunyo miqyosida 4 guruhga 
bo‘linadi: 
                                                           
10
 Сенин В.С., Денисенко А.В. Гостиничный бизнес: классификация гостиниц и 
других  средств  размещения:  Учебное  пособие.  -  М.:  Финансы  и  статистика, 
2006. – 44-48 с.  
 


 
45 
1)  juda kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tagacha; 
2)  kichik mehmonxonalar: xonalar soni 25 tadan 99 tagacha; 
3)  o‘rta mehmonxonalar: xonalar soni 100 tadan 299 tagacha; 
4)  yirik mehmonxonalar: xonalar soni 300 va undan ortiq. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish