A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


 Turizm marketingining xususiyatlari



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/86
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#766333
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Bog'liq
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

9.5. Turizm marketingining xususiyatlari 
 
Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingga o‘xshash ba’zi 
xususiyatlari mavjud. Turizm marketingini boshqa industriya mahsulotlaridan 
ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi:
18
1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material 
xususiyati yo‘q. Holbuki industriya mahsulotlari ideal o‘lchaniladigan yoki 
deyiladigan vositalardir. 
2. Imkonli iste’mol mahsulot va xizmatlardan farqli o‘laroq 2 xil tartibda 
bozorlanadi. 
a) rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to‘g‘ridan sotish maqsadi 
bo‘lmagan marketing; 
b) korxonalar tomonidan qilingan va o‘z mahsulotlarining sotilishlarini 
maqsadlagan marketing. 
Turizm marketingida industriya marketingiga qaraganda atrof – muhit
muammolari e’tiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy go‘zalliklarning 
mavjudligi va boyligi marketingni ta’sirlaydi.
3. Turizm marketingida iste’molchi xizmatga ega bo‘lish uchun ishlab chiqarish 
joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan 
iste’molchiga olib kelinadi va yetkaziladi. 
18
Diyarov Sh. Xalqaro turizmda markеting stratеgiyasi va rеklamalar rolini oshirish. Magistrlik dissеrtasiyasi. 
TDIU 2005. - 46 b. 


87 
4. Turizm marketingida, ishlab chiqarish va iste’mol bir xil vaqtda ro‘y beradi. 
Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar sotishga taqdim etiladi. 
5. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va 
uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir. 
6. Turizm industriyasida marka (etiket) nizomiga bog‘liqlik kamdir. Turizm 
bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo‘lgan bir mintaqa yoki madaniy 
markazdir. 
7. Turistik xizmatlar uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik
talabdir. Talab elastikdir. 
8. Turizm marketingining asosiy maqsadi iste’molchini mamnun etishdir. 
9. Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning iste’molchiga foyda 
keltirishidir. 
10. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko‘rsatiladi.
11. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotidir, faqat qo‘llanilishi bilan farq 
qiladi. 
12. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir. 
13. Turistik mahsulotlar yig‘ilmaydi. Shu sababli turizm marketingi tavakkaldir. 
14. Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo‘lganligi uchun ularni 
standartlashtirish imkoni yo‘qdir. 
15. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir. 
16. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo‘lganligi uchun nazorat funksiyasi 
juda qiyin yuzaga keladi. 
17. Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror 
restoran yoki mehmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish 
imkoni yo‘qdir. 
18. Xizmatning sotib olinishi va qo‘llanilishi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi 
o‘rtasida to‘g‘ri munosabatni keltirib chiqaradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar 
paydo bo‘ladi. 


88 
a) bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror 
mehmonxonaning yo‘lagi, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining 
olinishini ro‘yobga chiqarmoqda. 
b) munosabatlarda yuqori bir shaxsiylik ko‘riladi. Mashhur bir katta 
mehmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan chaqirilishidan yoki 
xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Aksi bo‘lsa mushtariy boshqa bu yerga 
kelmasligi mumkin. 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish