134
XV-bob. TURISTIK KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi
15.2. Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimidagi imtiyozlar va qulayliklar
15.3. Turizmda qo‘shimcha qiymat solig‘i
15.1. O‘zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi
Mamlakatimizda turizm ishiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy
davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy -
huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va
bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni
yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga
aylantirish uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining mazkur yo‘nalishga taa’lluqli qonun va kodekslari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari,
Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa
mutasaddi davlat idoralarining yo‘riqnoma, ko‘rsatma va tartiblari ishlab chiqilib,
hayotga tatbiq etildi. Shulardan kelib chiqqan holda, mazkur hujjatlarni o‘rganish
va tahlil qilishni quyidagi tematikalar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir, - deb o‘ylaymiz:
27
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va
kodekslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24-aprelda qabul
qilgan "O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid
imtiyozlar. Ushbu Kodeks 11 bo‘lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo‘lib, uning
asosiy vazifasi - O‘zbekistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq
27
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining "O‘zbеkiston Rеspublikasi soliq kodеksi" va unda turizm sohasiga oid
imtiyozlar. Xalq so‘zi / 1997 yil 24-aprеl
135
to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini
yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlikni tartibga solib turadi. Kodeksda yuridik va jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiya solig‘i, yer
osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i,
avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq, shuningdek, turli yig‘imlar
haqida ham fikr yuritiladi. Kodeksda soliq to‘lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat
turlariga soliq to‘lashda imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8-bob "Daromad
(foyda) solig‘I bo‘yicha imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 31-moddasi 12-qismida:
"Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm
faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi
daromad orttirgunga qadar, lekin uzog‘i bilan ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran
uch yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat
bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili 50%, ikkinchi yili
75%, uchinchi yildan boshlab 100% miqdorida soliq to‘laydi",- deyiladi.
Kodeksning 21-bobi "qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar",-deb
nomlanib, uning 71-moddasi 21-qismida: "turistik-ekskursiya xizmatlari"
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinganligi bayon qilingan. Shuningdek, 28-
bobi "Mol-mulk solig‘i stavkalari va imtiyozlar", -deb nomlanib, uning 92-
moddasida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil
etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning mol-
mulkiga, tashkil etilgan vaqtidan e’tiboran dastlabki foyda olgunga qadar, lekin
ular ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga.
Ana shu yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o‘tgunga
qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to‘liq
miqdorda undirib olinadi", -deyiladi.
Kodeksning 31-moddasi "Yer solig‘i stavkalari va imtiyozlar",-deb nomlanib,
uning 101-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalariga: "tarixiy-madaniy
136
ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari,
sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan
yerlar) kiritilgan. Shuningdek, davlat g‘o‘riqxonalari, milliy va dendrologiya
bog‘lari, botanika bog‘lari, ixota daraxtzorlari egallagan yerlar; sport inshootlari,
stadionlar, suzish havzalari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish
joylari, sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq
to‘lashdan ozod etiladi.
Kodeksning 102-moddasi "Yer solig‘i to‘lashdan ozod qilingan soliq
to‘lovchilar",-deb nomlanib, uning 7-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va
Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi foyda olgunga qadar,
biroq bu muddat ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yildan
oshmasligi lozim", -deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |