A L g o r I t m I k t I l L a r V a d a s t u r L a s h



Download 383,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana11.01.2022
Hajmi383,21 Kb.
#339240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza



3

 | 


A l g o r i t m i k   t i l l a r   v a   d a s t u r l a s h

 

 



1-ma’ruza. Istisnolarni qayta ishlash 

 



Istisnolar, xato va kamchiliklardan qutulish 

 



.NET platformasida istisnolarni qayta ishlash bloklarining tuzilishi. 

 



try operatorlari va istisnolar 

Kalit soʻzlar

: catch, CLR, Data, Exception, finally, HelpLink, InnerException, 

istisno, Message, Source, StackTrace, TargetSite, try, using, when, xato 

Istisnolar, xato va kamchiliklardan qutulish 

Texnologiyalar  qanchalik  rivojlanmasin,  ideal  dasturchining  mavjud  emasligi 

hammaga  ma’lum.  Dasturiy  ta’minotni  ishlab  chiqish  murakkab  jarayon  va  bu 

murakkablik sababli, hatto eng yaxshi dasturlar ham turli muammolarga duch kelishi 

tabiiy  hol.  Ba'zi  hollarda,  muammo  "yomon  yozilgan"  kod  tufayli  yuzaga  keladi 

(masalan, qator chegaralarining oshib ketishi tufayli), boshqalarida esa, foydalanuvchi 

kod bazasida hisobga olinmagan notoʻgʻri ma’lumotlar kiritilishi natijasida (masalan, 

telefon raqami uchun ajratilgan maydonga Chucky qiymati kiritilganida). 

Muammoning  sabablaridan  qat'iy  nazar,  dastur  oxir-oqibat  kutilganidek 

ishlamaydi.  Kelgusida  istisnolarni  strukturali  qayta  ishlashga  zamin  yaratish  uchun  

anomaliyalarni  tafsiflashda  ishlatiladigan  uchta  keng  tarqalgan  atamani  koʻrib 

chiqaylik. 



Nuqsonlar

. Sodda qilib aytganda, dasturchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar. 

Misol tariqasida, tasavvur qilaylik, Siz boshqarilmaydigan C++ da dastur tuzayapsiz. 

Agar Siz dinamik ajratilgan xotirani tozalashni unutsangiz, bu xotiradagi nuqsonlarga 

sabab boʻladi. 

Foydalanuvchi  xatoliklari

.  Boshqa  tomondan  qaralganda,  foydalanuvchi 

xatoliklari odatda ilovani yaratgan dasturchi tomonidan emas, balki ishga tushiruvchi 

tomonidan  yuzaga  keladi.  Masalan,  oxirgi  foydalanuvchining  matn  maydoniga 

notoʻgʻri  shakllantirilgan  satrni  kiritishi,  agar  kod  notoʻgʻri  kiritilishni  boshqarishni 

nazarda  tutmagan  boʻlsa,  katta  ehtimol  bilan  kutilmagan  xatoliklarning  kelib 

chiqishiga sabab boʻladi.   

Istisnolar

.  Istisnolar  deyilganda,  odatda,  ilovalarni  dasturlash  bosqichida 

hisobga  olish  qiyin  (hatto  mumkin  boʻlmagan),  dastur  bajarilishi  jarayonida  yuzaga 

keladigan kutilmagan holatlar nazarda tutiladi. Mavjud boʻlmagan (yoki oʻchirilgan) 

ma’lumotlar bazasiga ulanishga urinish, buzilgan XML faylini ochish yoki joriy vaqtda 

avtonom  rejimda  boʻlgan  mashinaga  ulanishga  urinishlar  ham  istisnolarga  misol 




Ma’ruzalar matni 



4

 

 

boʻlishi  mumkin.  Yuqorida  sanab  oʻtilgan  har  bir  holatda,  dasturchi  (yoki  oxirgi 



foydalanuvchi) bunday "istisno" holatlarni nazorat qila olmaydi. 

Keltirilgan  tavsiflarni  hisobga  olganda  shuni  tushuntirish  lozimki,  .NET  da 

istisnolarni strukturali qayta ishlash – bu dastur bajarilishi jarayonida istisno holatlari 

bilan ishlash usulidir. Dasturchi nazaridan chetda qolgan nuqsonlar va foydalanuvchi 

xatoliklari uchun ham CLR muhiti yuzaga kelgan muammolarni identifikatsiyalovchi 

tegishli 

istisnolarni 

generatsiyalaydi. 

.NET 

asosiy 


sinf 

kutubxonalarida 



FormatException, 

IndexOutOfRangeException, 

FileNotFoundException, 

ArgumentOutOfRangeException

 va boshqa shu kabi koʻplab istisnolar mavjud. Garchi 

dasturchilar  har  bir  anomaliyani  alohida  muammo  sifatida  koʻrib  chiqishsada,  .NET 

terminologiyasi  doirasida 



istisnolar

  nuqsonlar,  foydalanuvchi  tomonidan  notoʻgʻri 

kiritilish  holatlari  va  dastur  bajarilishi  jarayonidagi  xatoliklar  bilan  izohlanadi. 

Tafsilotlarga  kirishdan  oldin,  keling,  tuzilgan  istisnolarni  boshqarish  rolini 

rasmiylashtiraylik  va  uning  an’anaviy  xatoliklardan  qanday  farq  qilishini  koʻrib 

chiqaylik.  




Download 383,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish