A k s iy a d o r L ik k o m paniyasi bosh t a h r ir iy a t I t o s h k e n t



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/40
Sana03.07.2021
Hajmi2,74 Mb.
#108021
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
Bog'liq
2 5226871986872910301

71
www.ziyouz.com kutubxonasi


surib  m o‘raladi.  N echa  kunlardan  beri  bugun  quyosh 
charaqlab  ketgan,  qor  zarralari  oftobning  nurli  kukunia- 
riday  yaraqlah  k o ‘zni  olar,  daraxt  shoxlariga  q o ‘ngan 
uchqunlar  duv-duv  t kilib  tushardi.
Pishiq  g‘ishtdan  baland  qilib  o ‘ralgan  devor  tagidagi 
tepalikda  bolakaylar  chana  uchishardi.  Ana,  b o ‘ynini 
ola-bula  sharf  bilan  o ‘rab  olgan  qizaloq,  ukasi  bo‘lsa 
kerak,  besh-olti  yoshlardagi  bolakayni  chanaga 
0
‘tqazdi- 
da,  tepalikdan  itarib  yubordi.  C hana  u c h -to ‘rt  quloch 
surilib,  pastga  tushdi-yu,  birdan  yonboshiga  burilib 
ag‘darildi.  Rolakay  m ukkasidan  yiqilib,  qorga  dum alab 
ketdi.  Bir  am allab  qordan  ch iq d i-d a,  opasiga  o ‘girilib 
qarab  yig‘lay  boshladi.
M uqaddam   uning  d o ‘m boqqina  qoMlari  bilan  ko‘zini 
ishqalashini  ko‘rdi-yu,  zavqlanib  kulib  yubordi.
Y uqoridan  opasi  chopib  tushdi.  Bolakayning  tel- 
pakchasini  yechib,  qorini  qoqa  boshladi.  Biron  narsa 
va'da  qilib  ovutdi  shekilli,  ukasi  hali  yoshi  qurim agan 
k o‘zlarini  katta-k atta  ochib,  jilm ayib  q o ‘ydi.
M ana,  yana  to ‘rt  yilm i,  besh  yilmi  o ‘tib  uning  o ‘gMi 
ham   xuddi  shunaqa  yiqilib-surilib,  katta  b o ‘lib  qoladi. 
Keyin  jajjigina  papka  ko‘tarib  m aktabga  boradi.  U n d an  
keyin...  M uqaddam   shirin  xayollar  o ushida  huzur  qilib 
deraza  raxiga  suyandi.  Endi  adasi  ham   insofga  kirib 
qoladi.  O ta  boMdi,  axir.  A w algi  o ‘da ayIashlarini  tash- 
lasa  ajabm as...  Shunday  deydi-ku,  unga  ham   qiyin,  axir. 
Ishi  og‘ir,  k o‘pchilikning  ko‘nglini  olish  osonm i?
...YoMakdan  yig‘i  tovushi  eshitild i.  M uq ad d am  
ch o ‘chib  o ‘girildi.  U  onalarga  xos  ichki  bir  sezgi  bilan 
shuncha  chaqaloq  orasidan  o ‘g‘lining  ovozini  —  baland, 
azam at  yig‘isini  darrov  ajratib  olardi.
DimogMga oq  doka  tutib olgan  yoshgina  ham shira  qiz 
chaqaloqni  ko‘tarib  kirdi.  M uqaddam   uning  qoMidan 
o ‘g‘ilchasini  oldi,  m ehr  bilan  bariga  bosdi.  C haqaloq 
ko ‘zlarini  chirt  yum ib,  jahl  bilan  yigMar,  halitdan  bilinib 
qolgan  qoshi  chim irilib  ketgan  edi.
“ X uddi  adasining  o ‘zi,  —  o ‘yladi  M uqaddam   unga 
jilm ayib  tikilarkan.  —  Jahlini  ko ‘rmaysizm i  buning!”
H am sh ira  qiz  em ib   b o ‘lgan  c h a q alo q n i 
M u- 
qaddam ning  qoMidan  olayotganida  iym anib  so‘radi:
—  Kiyimlaringizni  olib  kelaymi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


M uqaddam   bugun  ketishi  kerakligini  ertalab  doktor- 
dan  eshitgan  edi.
—  M ayli,  —  dedi  xo‘rsinib.  —  O yim lar  kelgandirlar...
U ning  xo‘r!igi  keldi.  Hozirgi  holatini  atrofdagilardan
yashirish  u ch u n   teskari  qarab  kiyindi.  Bir  am allab   zini 
xushchaqchaq  kn>atib  xayrlashdi-da,  y o la k k a   chiqdi.
Issiq  adyolga  o ‘ralgan  o ‘g‘i!chasini  ko ‘tarib  olgancha 
sekin-sekin  yurib,  yo ‘lakdan  o ‘tdi.  T u g ‘ruqxonaning 
og‘ir,  oynaband  eshigini  ochib,  q o r  bosgan  sem ent 
zinalarga  oyoq  q o ‘ydi-yu,  birdan  quvonchdan  qichqirib 
yubordi:
—  M ardon  aka!
A lim ardon  zangori  “V olga”sini  k o ‘cha  tom onga 
burib  q o ‘ygancha,  m ashina  eshigini  lang  ochib  o ‘tirardi. 
U ning  bir  oyog‘i  m ashina  ichida,  ikkinchisi  yerda  turar, 
yonboshi  bilan  rul  cham baragiga  suyangancha  sigaret 
tu ta ta r  edi.
U  M uqaddam ning  ovozini  eshitib,  burilib  qaradi. 
Birdan  chehrasida  quvonchli  tabassum   charaqlab  ketdi. 
M ashinadan  sakrab  tushib,  q o ‘llarini  oldinga  c h o ‘zgan- 
cha  keldi.
—  
Q a n i y ,  
qaniy!  —  U  bolalarcha  shodlik  bilan 
chaqaloqqa  talpinar,  hadeb jilm ayar  edi.
M uqaddam   o ‘g‘ilchasini  uning  q o ‘liga  tutqazdi.
—  X uddi  o ‘zingiz...  —  dedi  birov  eshitib  qolib  uyat 
qilishidan  ch chib  shivirlab.
A lim ardon  chaqaloqni  b e o ‘xshov  quchoqlab  olgan- 
cha,  bir  q o lla b   yuzini  ochdi.
C haqaloq  birinclii  m arta  ko‘rayotgani  uchun  quyosh- 
dan  ko‘zlari  qam ashib,  sekin-sekin  yum ib-ochar,  qa- 
yoqqadir  javdirab  likilm oqchi  bo ‘Iar,  A lim ardon  bilan 
M uqaddam   esa  quvonchdan  kulishar,  shu  top d a  ular 
jahondagi  eng  baxtli  o dam lar  edi.
—  Q o ‘ying,  —  cledi  M uqaddam   chaqaloqning  yuzini 
berkitib.  —  Sham ollatib  q o ‘yasiz!
*  *  *
T aqdir  degan  gapni  odam lar  o ‘zini  yupatish  uchun 
o ‘ylab  topgan  b o ‘lsa  kerak.  Boshimizga  og‘ir  tashvish 
tushsa  uning  oqibatini  k o ‘ram izu  sababini  surishtirib 
o ‘tirm aym iz.  Q ism atdan  nolib  q o ‘ya  qolam iz.  K o‘pdan 
buyon  xuddi  shu  qism at  izim izdan  quvib  yurganini,  uni
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘zim iz  ergashtirib  yurganim izni  b o ‘ynimizga  olishdan 
q o‘rqamiz.
Alim ardon  ham   o ‘z  taqdirini  o ‘zi  ergashtirib  yur- 
ganidan  bexabar  edi.
Erta  bahor  kunlaridan  birida  u  konsertga  borm adi: 
katta  m agazinning  m udiri  qizini  uzatayotganini  aytib, 
qo‘y ard a-q o ‘ym ay  uni  t yga  olib  ketdi.  A lim ardon  bu 
“o ‘g ‘iI  bola”  yigit  bilan  k pdan  ulfat  edi.  Bir  nafas  ikki- 
lanib  turdi-da,  rozi  bo'ldi:  “ Bir  safar  konsertni  m ensiz 
ham   o ‘tkazib  ko‘rishsin-chi!”
U  ertasiga  erta  bilan  repetitsiyaga  ham m adan  ilgari 
yetib  bordi.  M ashinasini  endi  panjara  ichiga  q o ‘yib 
chiqayotgan  edi,  o ‘ziga  qarab  sekJn-sekin  yurib  kelayot- 
gan  Z ufar  Xodiyevichni  ko ‘rib,  to ‘xtab  qoldi.  Zufar 
Xodiyevich  yom g‘irpo‘shini  yechib  yelkasiga  tashlab 
olgan,  bo‘ynida  kostum iga  m onand jigarrang  sharfi  osilib 
yotar,  og‘ir  gavdasini  k o ‘tarolm agandek  xiyol  egilib, 
vazm in-vazm in  qadam   tashlab  kelardi.
“ H ozir  yana  diydiyosini  boshlaydi” ,  —  deb  o ‘yladi 
A lim ardon  g ‘ijinib.  K echa  o ‘ylab  q o ‘ygan  bahonasini, 
tobi  qochib  qolganini  aytishga  og‘iz  juftlab  turgan  edi, 
Zufar  Xodiyevich  uning  barm oqlarini  o ‘zining  yum shoq 
kaftlari  orasiga  olib  qisdi-da,  jilm ayib  so‘radi:
—  M ashina  yaxshi  ishlayaptim i?
“ N im a  dem oqchi  b u ?”  — A lim ardon  o ‘zining  holati- 
ga  mos  boMmagan  tetik  ohangda  kuldi.
—  Otdek!
—  Ketdik b o ‘lmasa!  —  Zufar Xodiyevich  ohista  yurib 
kelib,  m ashinan ing   orqa  eshigini  o c h d i-d a ,  y o m - 
g‘irp o ‘shini  o ‘rindiqqa  tashladi.  —  Bir  dalalarni  aylanib 
kelaylik.  H avoning  tiniqligini  qarang!  —  U  k o ‘zlarini 
xiyol  qisib,  quyosh  charaqlab  yotgan  osm onga,  pan- 
jaraning  narigi  yog‘idagi  yakkam -dukkam   yaproq  yoza 
boshtagan  sadaqayrag‘ochga  qarab  q o ‘ydi.
—  Q ayoqqa  boram iz?  —  dedi  A lim ardon  kabina 
peshanasidagi  kaftdek  oynadan  ko‘rinib  turgan  Z ufar 
Xodiyevichning  aksiga  qarab.
—  Zaxariqdagi  qirga  chiqsakm ikin,  —  dedi  Z ufar 
Xodiyevich  m ushtugiga  sigaret  qistirarkan.
A lim ardon  m ashinani  yeldirib  borarkan,  raqibining 
birinchi  b o ‘lib  m usht  tushirishini  kutib  turgan  boladek 
sergaklanib,  uning  gap  boshlashini  kutar  edi.  A m m o
www.ziyouz.com kutubxonasi


Z ufar  Xodiyevich  shahardan  chiqishguncha  bir  og‘iz 
ham   gapirm adi.
Beton  yotqizilgan  katta  k chaga  chiqishganidan 
keyin  o ‘tkinchi  m ashinalar  siyraldashib  qoldi.  Alimardon 
sochini  tortqilayotgan  m ayin  sham oldan  rohat  qilib, 
yonboshidagi  qiya  darchani  ochib  q o ‘ydi.
—  O ynani  tushirib  q yavering,  Zufar  aka!  —  dedi 
orqasiga  burilib  qarab.
Z ufar Xodiyevich  xuddi  shuni  kutib  turgandek  darrov 
eshik  oynasini  tushirdi.
—  B ahor  yaxsh:-da!  —  dedi  u  atrofiga  alanglab.  — 
B unaqa  paytda  ham m ayam   yoshligini  eslasa  kerak...
“ Kayfiyati  jo y id a -k u ” .  —  A lim ardon  m am nun  jil- 
mayib  q o ‘ydi-da,  gazni  bosdi.
U lar  yo‘ldan  besh  chaqirim cha  uzoqdagi  baland  adir 
ustida  to ‘xtadilar  Ikkovlari  baravar  sakrab  tushishdi. 
H avoda  endigina  erib  bitgan  qor  hidi  kezar,  hali  sel- 
gim agan  yerdan  bosh  ko‘targan  m ayin  m aysalar  olis 
ufqlargacha  gilam   to ‘shab  tashlagan,  onda-son d a  quyosh 
parchasiday  qoqigullar  yaraqlab  ko ‘rinib  qolardi.
A lim ardon  kksini  baland  tutgancha  to ‘y ib-to‘yib 
nafas  oldi.  K o‘klam  quvonchi  butun  borlig‘ini  larzaga 
soldi-yu,  bor  kuchi  bilan  yugurib  pastga  tushib  ketdi. 
Shu  topd a uning  k o ‘ngli  bolalarcha  shodlikka  lim m o-lim  
to ‘lgan,  yum shoq  inaysalar  silkinib  turgan  yer  ustidan 
qanot  chiqargandek  uchib  borardi.  A ncha joyga  borgan- 
dan  keyin  charchadi.  Shundoq  maysa  ustiga  o ‘zini  tash- 
ladi-da,  ch alqan cha  yotib  oldi.  K o‘zlarini  yarim   yum - 
gancha  quyoshga,  beg‘ubor  osm onga  tikilib  uzoq  yotdi. 
A trof  jim jit,  baland  osm onda  m uallaq  suzib  yurgan 
yakka-yolg‘iz  burgut  ham   qano t  silkimas,  butun  koinot 
tug‘ilish  gashti  bilan  hu zu r  qilayotgan  tabiatni  sukunat 
hukm iga  topshirganday  edi.
A nch adan   keyin  u  og ‘ir-o g ‘ir  qadam   tovushini 
eshitib,  burilib  qaradi.  Zufar  Xodiyevich  yaqin  kelib, 
yo m g ‘irp  sh in i 
yerga 
ta sh la d i-d a , 
yonb o shladi. 
Cham asi,  u  charchagan  shekilli,  ch u q u r-c h u q u r  nafas 
olar  edi.
Y ana  u zo q   vaqt  ik kovlaridan  sado  ch iqm ad i. 
A lim ardon  qayrilib  qaram asa  ham ,  Zufar  Xodiyevich 
m ushtugiga  sigaret  q o ‘ndirganini,  gugurt  chizganini  bilib 
yotdi.
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


—  T o ‘y  yaxshi  o ‘tgandir?..
“ Bari  bir  gap  o c h d i-y a ” ,  deb  o ‘yladi  AJim ardon vuju- 
di  qaqshab.  Hozirgi  quvonchidan  nishon  ham   qolm adi. 
B oshini  k o ‘tarib  burilib  qaradi.  Z u fa r  X odiyevich 
y o m g ‘irp o ‘shiga  tirsagini  q o ‘yib  yonbo sh lab  yo tar, 
sigaretning  tutuniga  o ‘ychan  tikilib  qolgan  edi.
A lim ardon  o ‘zi  o ‘ylab  q o ‘ygan  bahona  foydasiz  ekan- 
ligini  birdan  tushundi-yu,  rostini  aytdi:
—  Qalin  o ‘rto g‘im  edi,  hech  q o ‘ym adi.  —  U   bir nafas 
jim   q o ld i-d a ,  aybdor  ohan gd a  q o ‘shib  q o ‘ydi:  — 
Bilam an,  Z ufar  aka,  o dam lar  konsertga  m eni  deb 
kirishadi.  K echa  kelm aganim   yom on  b o ‘ldi.
—  Shunaqam i?..  —  Z ufar  Xodiyevich  ham on  sigaret- 
dan  k o‘z  uzm ay,  negadir  kuldi.  A m m o  A lim ardon  bu 
kulgida  har  galgidek  jahl  ham ,  zaharxanda  ohang  ham  
yo‘qligini  sezdi.  —  Y o ‘q,  A lim ardon,  o dam lar  konsertga 
sizning  ashulalaringizni  eshitish  uchun gin a  kelm aydi.  — 
U  A lim ardonning  ko‘zlariga   ychan  tikilib,  yana  qay- 
tardi:  —  Faqat  sizni  deb  kelm aydi...
A lim ardon  keyingi  paytlarda  odam lar  o ‘zini  ilgarigi- 
day  olqishlam ayotganini  esladi-yu,  qaysarlik bilan  qoshi- 
ni  chim irdi.
—  Bo‘lsa  bordir,  konsert  m ensiz  ham   o ‘tdim i  axir?!
Z ufar  Xodiyevich  uning  kinoyasini  payqam agandek
xotiijam   o ‘tirar,  uning  ko ‘zlarida  A lim ardon  hali  hech 
k o ‘rm agan  bir  tuyg‘u  —  achinish  to ‘la  tuyg‘u  bor  edi.
—  T eatrda  o ‘ttiz  yildan  beri  ishlaym an,  —  dedi  u 
ham on  o ‘sha  sokinlik  bilan.  —  Iste’dodini  qurbon  qilgan 
ko‘p  artistlam i  ko‘rdim .  Siz  ham   shunday  boMmang, 
deym an-da...
A lim ardon  hali  hech  kim dan  eshitm agan,  am m o 
yuragining  bir burchi  bilan  sezib  yurgan  haqiqatni  birdan 
his  qildi-yu,  shiddat  bilan  qaddini  rostlab  o ‘tirib  oldi. 
Zufar  Xodiyevich  sigaret  qoldig‘ini  uloqtirib  tashladi. 
M ushtugini  shim ining  c h o ‘ntagiga  solib,  A lim ardonga 
qarab  q o ‘ydi.
—  0 ‘zingiz  ayting,  bir yildan buyon  loaqal  bitta yangi 
qo‘shiq  aytdingizm i?  T om oshalaringizda  o dam lar  nim a 
u c h u n  
kun 
sayin 
kam ayib 
b o ray o tg a n in i 
o ‘ylab 
ko‘rdingizmi?
Y o‘q,  A lim ardon  bularni  o ‘ylam agan  edi.  A m m o 
g‘ira-shira  tushunardi.  Shunday  paytlarda  har  doim

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish