sharqidagi taygada ko‘p uchraydi. Bu yerdagi yillik o ‘rtacha harorat
11°C dan +3°C gacha bo‘lib, qarag‘ay 120 kun davomida o ‘sadi. Bu
qarag‘ayzorlarda qoraqarag‘ay, qayin va zarang daraxtlari ham uchraydi.
Veymutov qarag‘ayi Yevropaga 1700-yilda introduksiya qilingan,
Rossiyaga esa XVIII asming boshlarida keltirilgan. MDH ning o ‘rmon-
dasht va dasht mintaqalarida yaxshi o ‘sadi. U jumladan, Belorussiya,
Ukraina, Moldaviya Respublikalarida ko‘p ekiladi. Qarag‘ayning eng
katta kamchiliklaridan biri uning zang zamburug‘i bilan kasallanishidir.
Bu kasallik qoraqat va krijovnik butalari orqali tarqaladi. Shuning uchun
Veymutov
qarag‘ayi
ekiladigan joylarda qoraqat
va
krijovnik
ekilmasligi kerak. 0 ‘zbekistonning t o g ii hududlardagi o ‘rmon xo‘ja-
ligida katta ahamiyatga ega.
Kalabriysk qora tusli qarag‘ayi (Pinus laricio Poir.) bo‘yi 40-50
m ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi silindrsimon yoki cho‘zinchoq -
tuxumsimon
shaklda
tuzilgan.
Novdalari
qo‘ng‘ir kul
rangda.
Ninabarglari bukik, egiluvchan, yashil kul rangda, 8-12 sm uzunlikda.
Qubbalari 5-7 sm, qo‘ng‘ir kul rangda. Urug‘i 4-6 mm, kul rangda. Bu
qarag‘ay yer tanlamaydi. Botanika bog‘ida 8 yoshida 1-2 m gacha
o ‘sgan. U xushmanzara daraxt. Italiyada, Sitsiliyada va Korsika
orollarining janubi-g‘arbiy hududlarida tarqalgan bo‘lib, ohakli yerlarda
o ‘sadi.
Kalibriysk qarag‘ayi XVIII asrdan boshlab Yevropa mamla-
katlarida, jumladan, Fransiya, Germaniyada va Angliyada o ‘stiril-
moqda. Rossiyaning Qora dengizi b o ‘ylarida ekilgan.Bulardan tashqari
karib qarag‘ayi, kanar qarag‘ayi, arizona qarag‘ayi kabi qimmatli
Do'stlaringiz bilan baham: |