A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


  DA RA XTLAR M ORFOLOGIYASI VA HAYOTIY



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

2. 
DA RA XTLAR M ORFOLOGIYASI VA HAYOTIY
SHAKLLARI. FENO KUZATUV VA U N IN G AHAMIYATI
Daraxt va butalar evolutsion rivojlanish davrida hamda turli tabiiy 
sharoitlarda o'sishi natijasida ulaming xilm a-xil hayotiy formalari 
vujudga kelgan. D araxt o ‘simliklari turli sistem atik guruhlarga mansub 
b o ‘lib, asosan b arch a ochiq urug‘lilar daraxt o ‘sim liklari hisoblanadi. 
Lekin yopiq u ru g ‘lilarga mansub b a ’zi oilalar (qoraqayindoshlar, 
toldoshlar, ra’noguldoshlar, 
dukkakdoshlar) 
tarkibi 
ham 
asosan 
daraxtlardan iborat. 0 ‘tgan geologik davrlarda y er sharida paporotnik- 
simonlarga mansub daraxtsim on o'sim liklar keng tarqalgan b o ‘lib, 
hozirda ular qirilib ketgandir.
Asrlar 
davom ida 
b o iay o tg an
tabiiy 
tanlanish 
jarayonida 
daraxtsimon o‘sim liklam ing turli shakllari paydo b o ‘lgan. U shbu 
belgilariga k o ‘ra, ular bir necha tiplarga ajratiladi. Asosiy tipga yaxshi 
rivojlangan, balandligi 40-50 m, diametri 0,5-1,5 m gacha b o ig a n
daraxtlar kiradi. D araxt o ‘simliklami quyidagi kategoriyalarga ajratish 
qabul qilingan:
— birinchi kattalikdagi daraxtlar - 25 m etrdan baland (qarag‘ay, 
tilog‘och, qoraqarag‘ay, sekvoyya, evkalipt);
— ikkinchi kattalikdagi daraxtlar - balandligi 15-25 metr (oq 
qarag‘ay, terak, chinor, qayrag‘och);
— uchinchi kattalikdagi daraxtlar - balandligi 7-15 metr (zarang, 
eman, qayin, oq akatsiya);
— past daraxtlar - balandligi 5-7 m etr (pista, tol, shumtol, jiyda);
— baland b o ‘yli butalar - 2,5-5 m etr balandlikda (chakanda, 
marjondaraxt, zirk qoraqand);
— o ‘rta bo‘yli b utalar - 2,5 metr balandlikda (n a ’matak, qizil zirk, 
irg‘ay, shilvi);
— past bo'yli b u talar 0,5-1 metr;
—butachalar 0,5 m etr balandlikkacha o ‘sib rivojlanadi.
Daraxt o ‘sim liklarining morfologik tu rlich a shakllari ham irsiy 
belgilami keyingi avlod g a o ‘tkazadi. U shbu irsiy xususiyatlar m uayyan 
tuproq-iqlim sharoitlari o ‘zgarishi ta’sirida, turning rivojlanish jarayoni 
va 
madaniylashtirish 
davrida 
yuzaga 
kelgan. 
Masalan, 
oddiy 
qoraqarag'ay (Picea excelsa) ikki xil shaklda: qizil va yashil qubbalarga 
ega bo‘lib, ko‘p ho llard a yonma-yon o ‘sadi. L ekin yashil qubbali oddiy 
qoraqarag‘ay drenajli tuproqlarda ko‘proq uchraydi, tez o ‘suvchanligi va 
yog‘ochining sifatiga k o ‘ra alohida ajralib turadi.


M orfologik belgilarga ko ‘ra shakllam ing turli-tumanligi juda yuqori 
b o ‘lishi ham m um kin. 0 ‘zbekistonda o ‘suvchi mahalliy archa turlari 
ham tabiatda ninabarglarini rangi, uzunligi, shox-shabbasini shakli tik 
o ‘suvchi, sharsim on, konussim on va stlantik shakllami yuzaga keltirgan. 
Daraxtlaming k o ‘p tarqalgan va asosiy tipi b ir tanali daraxtlardir. Ular 
yaqqol ko ‘zga tashlanuvchi va yaxshi rivojlangan yagona tanaga ega 
b o ‘lib, m uayyan balandlikda shoxlanadi va shox-shabba hosil qiladi. 
Baland tanali daraxtlam ing xususiyatlaridan biri - ulaming asosiy tanasi 
uzoq davr yashashi (bir necha yuz yillardan ming yillargacha) hamda 
yaxshigina, yillik o ‘sish k o‘rsatkichlariga eg a bo‘lishidir. Bir tanali 
daraxtlar k o ‘p tanali daraxtlarga nisbatan kam shoxlanadi, shu sababli 
ham asosiy tanasini tez o ‘sishini va yuqoriga ko'tarilishini ta’minlaydi.
Daraxt o ‘sim liklarining ikkinchi keng tarqalgan tipi ko‘p tanali 
daraxtlar b o ‘lib, ulam ing bo ‘yi 10-20 m etr, diametrlari 0,3-0,6 
metrgacha yetadi. U shbu daraxtlami bir tanali daraxtlardan farqi 
shundaki, ulam ing asosiy tanasi bir necha o ‘n yillardan so‘ng o ‘sishdan 
to ‘xtaydi va baland ham da yirik daraxt tanasi shakllanmaydi., Ularda 
tinim holatidagi kurtaklar uyg‘onib o ‘sa boshlaydi va yosh novdalam i 
hosil qiladi, bu o ‘sish oxir-oqibatda asosiy tanaga yonma-yon 2-3 ta 
q o ‘shimcha tanalar paydo qiladi. Oziq m oddalar barcha tanalar b o ‘ylab 
teng taqsim langanligi sababli, ular asosiy tana balandligiga yetib oladi 
va shu tariqa k o ‘p tanali daraxt yuzaga keladi. Daraxtlaming ushbu 
hayotiy shakli tanasining minimal o ‘lcham lari v a qisqa hayotiy shakli 
bilan bir tanali daraxtlardan farqlanadi. U lar k o ‘p tanali bo‘lgani holda 
past b o ‘yli b o ‘lib o ‘sadi.
Bir tanali va k o ‘p tanali daraxt shakllari irsiy belgilar sifatida 
avloddan-avlodga o ‘tadi, lekin b a’zi ho llard a tashqi sharoit ta ’sirida 
o ‘zgarishi ham m um kin. Masalan, k o ‘pgina daraxtlaming (qarag‘ay, 
terak, eman) o ‘rm onda va ochiq m aydonlarda o ‘suvchi nusxalari bir- 
biridan farq qiladi: ochiq maydonlarda o ‘suvchi daraxtlar tanasi yirik, 
yon atrofga kuchli shoxlangan b o ‘lib, b o ‘yi unchalik baland bo'lm aydi, 
aksincha o ‘rm onda o ‘suvchi daraxtlar y ashash uchun ichki raqobat 
kurashi oqibatida kuchli o ‘sib, baland b o ‘yli v a tekis rivojlangan tanaga 
ega bo'ladi.
Tundra va baland to g ‘lardagi og ‘ir iqlim omillari ta’sirida daraxtlar 
yer bag‘irlab o ‘suvchi shakllami yuzaga keltiradi (archa, qarag‘ay, 
qayin). Ular stlantik o ‘simliklar deb ataladi. U shbu o ‘simliklar sharoiti 
yaxshi joylarda o ‘stirilsa, shox-shabbasini yer yuzidan ko‘tarib o ‘sishi 
mumkin. Dem ak, ushbu hollarda d araxtlam ing tashqi ko‘rinishining



Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish