A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Kaspiy gledichiyasi (G leditsia caspica Desf.)



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Kaspiy gledichiyasi (G leditsia caspica Desf.) 
tikani oddiy va 
shoxlamaydigan, dukkagi to ‘g ‘ri, enli bo‘lishi bilan oldingi turdan farq 
qiladi. Sharqiy Kavkazortida Talish pasttekisligida tabiiy o ‘sadi, 
sovuqqa chidamsiz, shuning uchun faqatgina janubiy hududlarda ekish 
maqsadga muvofiqdir.
BUNDUK (GYM NOCLADUS) TURKUM I
Bu turkum vakillarining guli har xil, kosachabarglari naychasimon, 
besh bo‘lakli, gulbarglari 5 ta, cho'zinchoq, changchisi 10 ta, erkin 
holda joylashgan. Mevasi cho‘ziq dukkak, po‘chog‘i qalin bo‘lib, 
b o ‘laklarga ajraladi. U rug‘i tarkibida oqsil bor, urug‘pallalari qalin. 
Turkumning eng tavsifli turi 
kanada bundugi (Gymnocladus


canadensis Lam.) yoki K entukki kofe daraxti (Gym nocladus dioicus
K. Koch.) 
hisoblanadi.
Kanada bundugi katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 m, diametri 1 m ga 
yetadi. Tanasi to‘g ‘ri o‘sadi, po‘stlog‘i tiniq kul rang, shox-shabbasi 
keng, yoyiq. Novdasi yo‘g ‘on, ko‘k kul rang. Barglari qo‘sh patsimon, 
uzunligi 50 sm dan ortadi. Bargchalarining cheti tekis, bandli, bo‘yi 5 
sm, eni 4 sm ga yetadi. Gullari to‘g ‘ri, ko‘p y ig ‘ilib shingilcha hosil 
qiladi, oq-sariq rangda b o ‘lib, limon hidi kelib turadi. May oyida 
gullaydi. Bunduk ikki uyli o ‘simlik. Mevasi dukkak, b o ‘yi 18-20 sm, eni 
3-5 sm bo‘lib, oktabr oyida yetiladi. Dukkagining ichi seret, yelimli. 
Ichida 1-8 ta yirik, qattiq, to‘q jigarrang urug‘lari bo‘ladi. Bunduk 
urug‘idan yaxshi ko‘payadi, lekin urug‘ini sepishdan oldin issiq suvda 
ivitish zarur. Ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Yon ildizlaridan 
bachkilaydi, ular bir yilda 1 m gacha o ‘sadi, to‘nkasidan yaxshi 
ko‘karadi.
Bunduk Shimoliy Amerikada tabiiy tarqalgan. Bizda manzarali 
daraxt sifatida parklarga ekiladi. Qrimda, Kavkazda, Markaziy Osiyoda, 
Ukrainada va MDHning Markaziy viloyatlarida madaniy holda 
uchraydi. U kech kuzgacha o ‘sadi, shuning uchun yog'ochlanmagan 
yosh novdalarini sovuq uradi. Bunduk yorug‘sevar o ‘simlik. Unumdor 
tuproqli yerlarda yaxshi o ‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Issiqdan va 
havoning quruqligidan anchagina bargini to ‘kadi, suvni kam bug‘latadi, 
bu hoi uni qurib qolishdan saqlaydi.
Bundukning yog‘ochi qattiq, og‘ir, pishiq, o ‘zakli b o iib , o ‘zagi 
pushti rangli. Undan shpal, telegraf ustunlari va mebel tayyorlanadi, zax 
joyda ko‘p vaqtgacha chirimaydi. U rugiaridan sun’iy kofe tayyorlanadi. 
Bunduk aholi yashash joylarini va ko‘chalami ko ‘kalamzorlashtirish va 
ihota o ‘rmonlari barpo qilish maqsadida Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, 
Qrimda, Moldaviyada va Rossiyaning janubiy yerlarida ko‘p ekiladi. U 
nihoyatda chiroyli daraxt, Toshkent sharoitlarida yaxshi о ‘sib, hosil ham 
beradi.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish