A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a


Daraxtsim on ju z g ‘un yoki oq qandim (Calligonum arborescens



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

Daraxtsim on ju z g ‘un yoki oq qandim (Calligonum arborescens
Litw.) 
Qoraqumda k o ‘p tarqalgan bo‘lib, Amudaryoga yetib boradi. 3 m 
balandlikkacha o ‘suvchi butadir. Poyasining yo‘g ‘onlashgan qismlarida 
oddiy, bo‘laklangan egatchali mayda shoxlari tutam b o iib o‘sib chiqadi. 
Shoxchalari asosidagi boiakchalari kalta. Barglari birlashib o ‘sib, 
quvursimon shaklni eslatadi, uchki qismi parmasimon to ‘kilib 
tushmaydi. Gullari pushti rang -oq, xushbo‘y, hidli.
Mevasi-to‘rt qirrali buralgan yong‘oqcha, mayda tolachalar bilan 
qoplangan. Tolachalari 2 qator b o iib har bir qirrasida joylashgan. Bu tur 
tez o ‘sishi bilan ajralib turadi. Qumlami eng yaxshi to‘xtatuvchi 
o'simliklardan b o ig a n i uchun, katta maydonlarda ekiladi.
Terakqandim
(Calligonum
elatum
Litw.) 
Qoraqum 
va 
Qizilqumning qum barxanlarida o ‘sadi. 6-7 metr bo'yli daraxt, b a’zida 
buta sifatida uchraydi. Daraxt tanasi tik, shox-shabbasi siyrak. 
Yog‘ochining p o ‘sti tiniq oq rangda. Gullari xushbo‘y, yorqin, to‘q-qizil 
yoki karmin qizil rangda. Mevalari buralgan shaklda, siyrak joylashgan 
2sm diametrli tukchalari bor, may-iyun oylarida yetiladi.
Yog‘ochi och tusda, qattiq, urilganida jarangdor tovush chiqaradi. 
Barxan qumlarida birinchilardan b o iib o ‘sib, makon topadi. 0 ‘simliklar 
bilan qoplangan qumlarda uchramaydi. Shoxlanishi kuchsiz b oigani 
sababli, qumlami ushlab qolishda boshqa turlariga nisbatan kam 
foydalaniladi. K o ‘kalamzorlashtirishda qoilanishi mumkin, chunki 
manzarali ko‘rinishga ega (oq tanasi, chiroyli, xushbo‘y gullari).
Sertuk oyoqsim on 
qandim yoki norjuzg‘un (Calligonum
eriopodum Bge.) 
Oq saksovulzorlarda, o ‘simlik bilan qoplana boshla- 
gan qum barxanlarida, shuningdek, qora saksovulzorlarda uchraydi.
Balandligi 3-3,5 metr, ba’zida 8 metr boiadigan daraxt yoxud 
butadir. Yosh novdalarining po‘sti silliq, yupqa, qizil, qoramtir-qizil 
tusga kiradi. Assimilatsion poyalari och-yashil rangda, ko‘rinishdan


quruq bo‘lib, mayda tuklangan. Gullari barg qo‘ltig‘ida joylashgan, nafis 
xushbo'y hidli, pushti rang oq.
Aprel oyi oxirida gullaydi. Mevasi dumaloq may oyining oxirida 
yetiladi va butalarida osilib turadi. Yumshoq, momiq bo‘lib diametri 5 
sm, shamol yordamida uzoq masofalarga uchib borib yetadi. Ildiz tizimi 
kuchli rivojlangan, past-baland qumliklarda tarmoqlanib o'sishga 
moslashgan.
Boshqa turlarga nisbatan qurg‘oqchilikka bardoshli o ‘simlik. Tez 
o ‘sadi. 12 yoshida balandligi 5 metrga, tana asosining diametri 30 sm ga 
yetadi. Yog‘ochi qattiq, katta yoshdagi daraxtlarda ajoyib rangda 
bo‘ladi: nafis pushti rangdan tortib to qora-qizg‘ishgacha, po‘sti ostidagi 
yog‘och qismining rangi esa limon sariq Yaxshi polirovka qilinadi, 
mayda buyumlar yasashda foydalaniladi. Qum lam i to ‘xtatish uchun 
o ‘stiriladi. Markaziy Osiyoning cho‘l hududlarini ko‘kalamzorlash- 
tirishda ham qo‘llanishi mumkin.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish