168
Texnik xizmat tizimining «ogohlantiruvchi» deb atalishining mohiyati shundan
iboratki, davriy texnik xizmatlarda bajariladigan
texnologik operatsiyalar
nosozliklarning vujudga kelishini, detallar eyilib sinishini oldini oladi.
XUJJATLAR.
Qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish konstruktorlik
xujjatlari normativ-texnik xujjatlar jumlasidan bo‗lib ular quyidagilardan iborat:
Texnik
tavsifnoma, foydalanish bo‗yicha yo‗l yo‗riqlar to‗plami, formulyar va
pasport.
Texnik tavsifnomada mashinaning tuzilishi va ishlash tamoillari hamda texnik
xarakteristikasi keltiriladi. Foydalanish bo‗yicha yo‗l-yo‗riqlar to‗plamida mashinani
ishlatish qoyidalari va texnik xizmatga oid ma‘lumotlar beriladi. Formulyarda
mashinaning
parametrlari, ko‗rsatkichlari, uni ishlatilganligi va texnik holatiga oid
ma‘lumotlar beriladi. Pasportda mashinaning asosiy xarakteristikasi,
parametrlari
hamda mashina ishlab chiqarish korxonaning kafolat majburiyatlari keltiriladi.
Formulyarda va texnik xizmat ko‗rsatish oylik-reja grafigida har bir texnik
xizmatning o‗tkazilish vaqti, traktorning umumiy bajargan ish hajmini, ma‘sul shaxs
haqida aniq ma‘lumotlar yozib boriladi.
25.2-§. Traktor va mashinalarga texnik xizmat ko„rsatish
turlari va davriyligi
Qishloq xo‗jalik korxonalarida traktorlarga, mashinalarga
va avtomobillarga
ko‗rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning turlari, davriyligi GOST20793-86 da
belgilangan [10, 11, 12].
Barcha turdagi traktorlar uchun texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mir qilish turlari
belgilangan:
-
CHiniqtirishda texnik xizmati ko‗rsatish (CH-TXK)
-
Har smenada texnik xizmati ko‗rsatish (KTXKT)
-
Raqamli texnik xizmati ko‗rsatishlar (TXK-1, TXK-2 TXK-3)
-
Mavsumiy texnik xizmati ko‗rsatish (baxorgi-yozgi
ishlatish mavsumiga
o‗tishda, kuzgi-qishgi ishlatish mavsumiga o‗tishda)
-
Alohida sharoitlarda ishlatishda texnik xizmati ko‗rsatish (qumli, toshli-tog‗,
balchiq joylarda, cho‗l va baland tog‗li joylarda, hamda
past haroratli joylarning
hususiyatlarini e‘tiborga olgan xolda o‗tkaziladi)
-
Mashinalarni saqlashda texnik xizmati ko‗rsatish (uzoq saqlashga
tayyorlashda, uzoq saqlash jarayonida, uzoq saqlashdan olishda)
-
Joriy ta‘mir
169
-
Asosiy ta‘mir
-
Texnik ko‗rikdan o‗tkazish.
Traktor va mashinalarga saqlash davrida o‗tkaziladigan texnik xizmatlar
(saqlashga tayyorlash, saqlash jarayonida va saqlashdan olish davrida) GOST7751-85
ga muvofiq amalga oshiriladi.
Traktorlarga va murakkkab texnikalarga texnik xizmati ko‗rsatish
quyidagi
ketma ketlikda amalga oshiriladi:
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-JR
1-1-1-2-1-1-1-3-1-1-1-2-1-1-1-AR
Do'stlaringiz bilan baham: