229
Obyektlar o‘zining tashkiliy tuzilishiga qarab, umumiy butun modda
va yaxlit tizimlarga bo‘linadi.
Umumiy butun tizimlar (sochiluvchan jism,
suyuqlik, gaz) o‘zining
ichki tashkiliy tuzilishiga ko‘ra jiddiy xislarlarga ega emas. Ularning
o‘ziga xos xususiyati umumiy xususiyatlarining tarkibiy qismlar
xususiyatlariga mosligidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, umumiy
butun tarkibida bo‘lgan yoki undan chiqayotgan vaqtda obyektlarning
faqat hajmi o‘zgaradi, modda esa hech qanday sifat o‘zgarishlariga
uchramaydi.
Daliliy ashyolarga muvofiq ravishda yaxlit tizimlarga qattiq jismlar
kiradi. Ularning ichki tuzilishi faol xususiyatga ega bo‘lib,
ularga nisbatan
tashqi ta’sirga ta’sirchan xususiyatga ega bo‘ladi. Shuni alohida qayd etish
kerakki, umumiy butun modda yaxlit tizimga aylanishi mumkin (masalan,
turib qolgan reaktivlar, qurib qolgan avtomobil bo‘yog‘i va hokazo).
Kriminalistika fanida uch turdagi yaxlit tizimlar ajratiladi:
1.
Bir jinsli (monolit) buyumlar (pichoq tig‘i, fara shishasi, lom va
hokazo)
2.
Qo‘shma predmetlar, o‘zaro alohida qismlar (detal)lar bilan
birikkan bo‘ladi (pistolet, qulf, velosiped, yozuv mashinkasi va hokazo)
Qo‘shma narsa-buyum (predmet)ni tashkil etuvchi detal o‘z navbatida
yaxlit butunlikni tashkil etadi. Qo‘shma buyum komplektlik xususiyatga
ega bo‘ladi. Ya’ni muayyan vazifalarni bajarishga qaratilgan buyumlar
yaxlit bo‘lib, ularning o‘zgarmasligi mazkur obyektning turi va kelib
chiqishiga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat mahsulotlari tarkibidagi detallarning
yuqori darajada o‘zgarmasligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, bir xil
turdagi o‘q otar qurol, bir seriyada chiqarilgan
avtoulov barcha nusxalari
oldindan belgilangan detallar to‘plamiga ega bo‘ladi. Binobarin, detalni
qo‘shma predmet – standart mahsulotga taalluqliligini aniqlash uchun eng
avvalo, u mazkur predmet detallari tarkibiga kiradimi degan masalani
aniqlash zarur.
Individual ishlab chiqarilgan obyekt detallarining tarkibini aniqlash
birmuncha murakkab, zero bunday obyektni yasash jarayoni qat’iy tartibga
solinmagan.
Harakatlanuvchi qo‘shma predmetning detallari uchun qo‘shimcha
ishlash xos bo‘ladi. Ularning bir-biri bilan ishqalanishi yeyilishning u yoki
bu turini yuzaga keltiradi. Bundan tashqari ko‘p hollarda qo‘shma
predmetning detallariga ko‘pincha tashqi omillar ta’sir qiladi (zang bosish,
ifloslanish va hokazo).
230
Mazkur belgilar kelib chiqishi tasodif bo‘lganligi bois detallarni bir
butunga tegishliligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
3.
Komplekt yaxlitlik – bir turdagi va qo‘shma buyumlarning majmui
bo‘lib, bir-biri bilan fizikaviy bog‘lanishga ega bo‘lmay, birgalikda
ishlatish va saqlash xususiyatiga ega (bir juft poyabzal,
bir quti gugurt, bir
quti papiros, pichoq va g‘ilof, futlyar va ko‘zoynak v.h.) Buyumlar
komplekti (jufti) birgalikda ishlatish va birga saqlanishga mo‘ljallangan.
Ekspert-trasolog tomonidan butunni qismlar orqali aniqlashga
qaratilgan ekspertizani amalga oshirishda hal qilinishi kerak bo‘lgan
masalalar tekshirish uchun taqdim etilgan obyekt turlariga bog‘liq.
Agar ekspertizaga bir turdagi obyektlar yuborilsa, ekspert oldiga
quyidagi masalalarni hal etish vazifasi qo‘yiladi:
1. Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan shisha siniqlari muayyan
avtoulov farasining nur tarqatgichi bo‘laklari hisoblanadimi?
2. Hodisa sodir bo‘lgan joyda topilgan parcha muayyan avtoulov
kuzov bortidan ko‘chib tushganmi?
3. Ayblanuvchidan olib qo‘yilgan andaza va charm parchasi bir butun
narsaning bo‘lagi hisoblanadimi?
4. Hodisa sodir bo‘lgan joyda
qoldirilgan mato parchasi
ayblanuvchidan olib qo‘yilgan gazlama bo‘lagini tashkil qiladimi?
5. Hodisa sodir etilgan joyda qoldirilgan gazeta parchasi K.dan olib
qo‘yilgan gazeta qoldig‘i bilan yaxlit bo‘lakni tashkil qilganmi?
Qo‘shma predmetlarga tegishli obyektlarni ekspertiza qilishga
yuborishda quyidagi masalalar hal qilinadi:
1. Hodisa sodir etilgan joyda olingan tepki va ayblanuvchidan olib
qo‘yilgan Makarov pistoleti yaxlit bir butunlikni tashkil etganmi?
2. Gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan avtoulov eshigining qulfi va
muayyan avtoulov eshigi yaxlit bir butun bo‘lganmi?
Bir butun komplekt (juft)ni tashkil qilgan obyektlarni o‘rganishda
savollar quyidagicha beriladi:
1. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan g‘ilof va gumonlanuvchidan
olib qo‘yilgan pichoq bir-biriga to‘g‘ri keladimi?
2. Gumonlanuvchidan olib qo‘yilgan qo‘njsiz botinka (maxsi) hodisa
sodir etilgan joydan topilgan kalish bilan birga kiyib yurilganmi?
Yuqorida sanab o‘tilgan savollar o‘zgartirilishi va kengaytirilishi
mumkin.