187
ustidan g‘alaba qozonish jamiyatning barcha qatlamlari va guruhlarining
harakatlarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari profilaktik chora-tadbirlarni olib
borayotganda zamonaviy terrorizmning asosiy g‘oyalari va mafkurasini,
mavqeini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakatlarni
tashkil etishlari
kerak. Profilaktik faoliyat davomida shaxsning birdaniga terrorchi bo‘lib
qolmasligi holatini hisobga olish lozim Terrorchilik faoliyatga shaxslarni
jalb qilish uzoq muddatli jarayondir. Odatda bu hol o‘ziga xos psixologik
tuzilishga ega bo‘lib, alohida guruhlar faoliyati bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham ushbu guruhlarni aniqlash va faoliyatining oldini
olish juda muhimdir.
Profilaktika faoliyati terrorchi guruh va tashkilotlarning shakllanishi
va amal qilishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini hisobga olishni
taqozo etadi. Bu guruhlarning psixologik tarkibi, bajarayotgan vazifalari-
ning taqsimlanishi, guruhlararo o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini
bilish juda muhimdir. Bunday uyushgan jinoiy guruhlarni bo‘lib tashlash
(ajratish) uchun ishlab chiqilgan taktik psixologik metodlarni qo‘llash
muhimdir:
– guruh liderlarini ajratish metodi;
– guruh liderlarini obro‘sizlantirish metodi;
– guruhni ichidan «buzish» metodi (portlash);
– guruhning ichki munosabatlarida ziddiyatlarni keltirib chiqarish
metodi;
«zaif bo‘g‘indan» foydalanish metodi va boshqalar
Terrorchilar narsa va shaxslarni garovga olgan vaziyatlarda aniq
kontrterror operatsiyalarni amalga oshirish psixologik
jihatdan juda
qiyindir. Bunday vaziyatlarda xodimlarning muvaffaqiyatli harakati
garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘g‘ri olib
borishiga bog‘liq.
Garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha olib boriladigan muzoka-
ralarda psixologik nuqtai nazardan nimani hisobga olish zarur?
1. Jinoyatchi shaxsini chuqur o‘rganish. Bu jinoyatchi bitta yoki ko‘p
bo‘lishidan qat’i nazar muvaffaqiyatli muzokara olib borishning birlamchi
asosidir. Bu masalaning murakkabligini hisobga olgan holda jinoiy
guruhning har bir qatnashchisi o‘rnini aniqlash, uning imkoniyatlari,
boshqa qatnashchilarga ta’sirini o‘rganish muhimdir.
2. Jinoyatchilar bilan muzokara olib borish majburiy xarakterga ega.
Bu fuqarolar erkinligi, sog‘lig‘i, hayotini himoya qilish zarurati hamda
boshqa huquqiy himoya qadriyatlari bilan bog‘liq.
188
3. Jinoyatchilar bilan muzokaralar olib
borishning yana bir muhim
xususiyati bor: ular ko‘pincha kim bilan muzokara olib bormoqchi bo‘lsa,
o‘sha odamni tanlaydilar. O‘rganilgan holatlar qolib, muzokaralar jinoyat-
chilar bilan aloqasi yo‘q vositachilar yordamida olib boriladi.
4. Barcha tugallangan muvaffaqiyatli muzokaralardan olingan asosiy
xulosa shuki, jinoyatchi garovga olinganlarning sog‘lig‘i va hayotini
kafolatlasa muzokara o‘tkazishdan ma’no bordir. Muzokara davomida
garovga olinganlarga nisbatan zo‘rlik ishlatilmasligi uchun jinoyatchilar-
ning talabi albatta qondirilishiga ishontirish kerak.
Garovga olinganlarni qutqarish uchun muzokara olib borishda quyi-
dagi psixologik omillar hisobga olish kerak:
1) garovga olgan jinoyatchining shaxsi;
2) garovga olishning odatiy motivlari;
3) garovga oluvchilarning o‘zini tutishini oldindan ko‘rish;
4) muzokaralar o‘tkazish jarayoni;
5) muzokara olib boruvchi va psixolog maslahatchini ta’minlash;
6) muzokara olib boruvchi, rahbar va qutqaruv guruhi o‘rtasidagi
o‘zaro harakat.
Muzokara olib boruvchining muhim kasbiy sifatlari:
1) hissiy barqarorlik va chidamlilik;
2) eshitish qobiliyati
va muloqotga kirishimlilik;
3) o‘zgalarni asoslarga tayangan holda ishontirish va mantiqiy hukm
chiqarishni bilish;
4) suhbatdoshining ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar oson
psixologik aloqa o‘rnata olishi;
5) sog‘lom tafakkur va nozik didga egaligi;
6) noaniq holatlarda harakat qila olishi va mas’uliyatni o‘z zimma-
siga ola bilishi;
7) muzokaraga jiddiy yondashishi;
8) agar muzokaralar ijobiy natija bermasa va garovdagilarning hayoti
xavf ostida bo‘lsa, kuch ishlatib bo‘lsa-da,
ozod etishga yordam bera
olishi.
Nima uchun odamlar garovga olinadi?
Odamlarni garovga olishning
motivlari turlicha bo‘lib, ularning hammasi ham ayon bo‘lavermaydi.
Siyosiy terrorizmda xususan jamoatchilikka hokimiyat aholini himoya
qilishga qodir emasligini singdirish haqida gap boradi. Shu bilan birga,
odamlarni garovga olish ommaviy axborot vositalarining e’tiborini jalb
qiladi. Terrorchilar shunday nizolar sonining ortishi oxir-oqibat aholining
qo‘zg‘alishi va hukumatni ag‘darib tashlashiga
olib keladi, deb umid
qiladilar.
189
Lekin garovga olishning birlamchi motivi qanday bo‘lishidan qat’i
nazar, ularni keyinchalik ushlab turish motivi o‘zgarishi mumkin.
Masalan, bankni talash paytida fosh qilingan jinoyatchi avvaliga katta
miqdorda pul talab qilishi, keyinchalik esa o‘zining jismoniy xavfsizligi
yoki sudning muruvvati kafolatlanishi bilan qoniqishi mumkin.
Terrorchilar dastlab zudlik bilan siyosiy o‘zgarishlar yoki boshqa shart-
larni talab qilish, lekin oxir-oqibatda ushbu shartlar yuzasidan muzoka-
ralarga rozilik berishi mumkin. Odamlarni garovga olishning
dastlabki
motivi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pincha ma’lum vaqt o‘tganidan
keyin garovga oluvchi o‘z da’volarini kamaytirishga rozi bo‘ladi.
Garovdagilarning o‘zi muzokaralarda muhim rol o‘ynaydi. Garchi
ularning har biri o‘zini turlicha tutsa-da, ba’zan xatti-harakatlardagi
«Stokgolm sindromi» degan nom bilan ma’lum bo‘lgan umumiy qirralar
aniqlanadi. Bu sindromning o‘ziga xos belgilar to‘plami quyidagicha:
– asirlar o‘zlarini qo‘lga oluvchilarga qiyoslay boshlaydilar;
– qurbon ko‘pincha qutqaruvchilar ko‘rayotgan
choralar unga zarar
yetkazishi ehtimoli borligini tushunadi;
– asirda uzoq vaqt bo‘lish qurbonning jinoyatchini odam sifatida bilib
olishiga olib keladi;
– asir hissiy tomondan vaziyatdan uzoqlashadi, bu narsa u bilan sodir
bo‘lmasligi kerak,
buning hammasi tush, deb o‘ylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: