52
Tafakkurni yo‘naltirish usuli tadqiq etilayotgan vaziyatda ruhiy
yo‘nalish olish (masalan, gumon qilinuvchining xatti-harakatlari
motivlarini tushunishga harakat qilish), shuningdek psixologik tahlil
o‘tkazish va uning asosida vaziyatning bundan keyingi rivojlanishini
bashorat qilishdan iborat. Ba’zi murakkab vaziyatlarda refleksiya
usulidan, ya’ni raqib nuqtai nazaridan mulohaza qilishdan foydalaniladi.
Tafakkur jarayonida nazoratni kuchaytirish usuli. Xodim o‘zini
nazorat qilishning so‘zda ifodalangan formulalaridan («Men buni qanday
qilib bajara oldim?», «Nima uchun men bunday xulosaga keldim?» va
h.k.) foydalangan holda tekshirib turishi zarur. O‘z xulosalari va
baholarida subyektivlikka yo‘l qo‘ymaslikka,
shaxsiy moyillik va
xusumatni yo‘q qilishga harakat qilishi kerak.
Tafakkurni shakllantirish usullari:
1) mustaqil fikr yuritish, javobgarlik hissini anglash kabi shaxsiy
xususiyatlarni rivojlantirish;
2) kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma
va tajribani egallashga harakat qilish;
3) kasbiy masalalarni hal qilishda talab etiladigan bilim, ko‘nikma va
tajriba egallashga harakat qilish;
4) bir-biriga qarama-qarshi fikrlar chigalini yechish, qiyin, mavhum
vaziyatlarda yechim topish mashqlarini mukammallashtirish;
5) mantiqiy fikrlash, tafakkur operatsiyalar mohiyatini anglash,
masalani yechishdagi g‘ayritabiiy usullar bilan tanishish;
6) aqliy imkoniyatlarni takomillashtirish.
3.6. Xayol va uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida tutgan o‘rni
Xayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari
qatoriga
kirib, har bir kishida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mehnatning
tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo‘lmaydi.
Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish inson
mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan
mehnat jarayoni zarur tarzda xayolni o‘z ichiga qamrab oladi. Xayol
badiiy, konstruktorlik, ilmiy-adabiy,
musiqaviy va, umuman, ijodiy
faoliyatning zarur tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.
Xayol – inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mehnatning
oxirgi va oraliq mahsulotlarida o‘z ifodasini topadi, shuningdek,
muammoli vaziyat, noaniq holatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishini
ta’minlaydi. Shu bilan birga, xayol faol faoliyatni yo‘naltiruvchi emas,
53
balki uning o‘rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida
yuzaga keladi.
Xayol tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Xayol ham tafakkur
singari kelajakni oldindan ko‘rish imkonini beradi.
Tafakkur singari xayol
shaxslarning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real
jarayonidan oldin ularni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir
bo‘ladi, ya’ni bu ehtiyojlarning qondirilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni
jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Xayol o‘zining faolligi bilan tavsiflanadi. Ayrim hollarda xayol
faoliyatning o‘rnida, uning sun’iy aralashmasi sifatida namoyon bo‘lishi
mumkin. Mana shunday holatda odam hal qilib bo‘lmaydigandek
ko‘rinadigan masalalar, turmushning og‘ir sharoitlari, o‘z xatolarining
taqibi va shu kabilardan qochish uchun real tasavvurlardan uzoq bo‘lgan
fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.
Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga
oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish-harakat
dasturlarini belgilaydi.
Xayolning bunday shakli passiv xayol deyiladi.
Kishi passiv xayolni oldindan o‘ylab yuzaga keltirishi mumkin. Ataylab
yuzaga keltirilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hayotda
gavdalantirishga qaratilgan xayolning mana shunday obrazlari
shirin
xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida
shirin xayol surish hamma odamlarga xos. Mana shunday shirin
xayollarda fantaziya bilan ehtiyoj o‘rtasidagi aloqa yengil namoyon
bo‘ladi. Ammo insonning xayoliy jarayonlarida shirin xayol kechirish
hollari ko‘proq bo‘lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi
nuqson hisoblanadi. Agar kishi passiv bo‘lsa, u kelajakda yaxshi hayot
kechirish uchun kurashmasa, uning hozirgi hayoti esa qiyin, ko‘ngilsiz
bo‘lsa, bunday holda u o‘zining ehtiyojlari to‘la qondiriladigan, istagan
narsasini ho‘lga kirita oladigan, hozirgi paytda
umid qila olmaydigan
biror mansabni egallaydigan soxta hayotni ko‘p xayol qiladi.
Agar passiv xayolni oldindan o‘ylab va o‘ylamasdan qilingan
turlarga bo‘lish mumkin bo‘lsa,
aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi
xayol turlariga bo‘lish mumkin bo‘ladi. O‘z asosida tasviriga muvofiq
keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol
qayta tiklovchi xayol deb
ataladi.