22
14-rasm. To‘rt taktli sikl: a-kiritish; b-siqish; v-ish yo‘li; g-chiqarish.
KIRITISH
KLAPANI
OCHIQ
CHIQARISH
KLAPANI
YOPIQ
Kiritish quvuri
orqali yonuvchi
aralashma
kiritiladi
Porshen pastga
harakatlanadi
Porshen
IKKALA
KLAPANI
YOPIQ
Porshen yuqoriga
harakat qilib,
yonuvchi
aralashmani siqadi.
IKKALA
KLAPANI
YOPIQ
Yonuvchi
aralashma
yonmoqda
O’t oldirish
shami
uchqun
beradi va
porshenni
pastga
itaradi
CHIQARISH
KLAPANI
OCHIQ
Chiqindi
gazlar
chiqariladi
Porshen
yuqoriga
ko’tariladi va
chiqindi
gazlar
chiqariladi
YucHN
PChN
PChN
YucHN
a
g
v
b
23
Chiqarish takti
, porshenning PCHN dan YUCHN ga tomon
harakatlanishi bilan boshlanadi va tirsakli valning 540...720°
S
gacha
burilishida davom etadi. Bunda chiqarish klapani ochiq bo‘ladi. Bu takt
davomida, porshen yuqoriga harakatlanib ishlatilgan gazlarni
atmosferaga siqib chiqaradi va silindrni tozalaydi. Takt oxirida silindr
ichida qolgan gazlarning harorati esa 600...950°
S
ni tashkil etadi (14g
rasm).
Ikki taktli
dvigatelning ish sikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli
valning bir marta aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda ham xuddi
to‘rt taktli dvigatellar kabi ish aralashmasini silindr tashqarisida yoki
ichida tayyorlanadi. Shunga qarab bu sikl bo‘yicha ishlaydigan
dvigatellar karburatorli, injektorli yoki dizel bo‘lishi mumkin. Bu
dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashqariga haydash bilan silindrni
tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karburatorli dvigatelda) yoki havo
oqimidan (dizelda) foydalaniladi.
Dvigatelning turli silindrlarda bir xil nomli taktlarning
takrorlanishidagi ketma-ketlik dvigatelning
ish tartibi
deb ataladi. To‘rt
silindrli to‘rt taktli dvigatellarning ish tartibi 1-3-4-2 yoki 1-2-4-3
ketma-ketligida bajarilishi mumkin.
1-jadval
To‘rt taktli to‘rt silindrli ish tartibi 1-3-4-2 bo‘lgan dvigatelda
taktlarning takrorlanishi
Silindrlar
Tirsakli valning
aylanishi
Tirsakli valning
burilish burchagi
1
2
3
4
0-180°
Ish yo‘li
Chiqarish
Siqish
Kiritish
Birinchi aylana
180-360°
Chiqarish
Kiritish
Ish yo‘li
Siqish
360-540°
Kiritish
Siqish
Chiqarish
Ish yo‘li
Ikkinchi aylana
540-720°
Siqish
Ish yo‘li
Kiritish Chiqarish
Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda
birinchi
takt
boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos
yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo
kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib
yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga
24
harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish
darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish takti boshlanadi va
porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami
bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki
yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda),
natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.
15-rasm. NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi
.
1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish
quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar
blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-taqsim-
lash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini to‘g‘rilov-
chi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi; 18,19-klapan-
ning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar
blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa;
26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-tirsakli val; 30-shatun
qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich.