A k a d e m I y a axborot xavfsizligi


 Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana11.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#350251
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

1.3. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha 
me’yoriy huquqiy hujjatlar. Axborotni  muhofaza qilish sohasida 
xalqaro standartlar 
 
Me’yoriy-huquqiy hujjat tushunchasi.
 Ma’lumki, huquq – bu hukumat 
tomonidan  turmushning  ma’lum  bir  sohalariga,  davlat  organlari, 
tashkilotlari  yoki  aholiga  nisbatan  o‘rnatilgan  yoki  sanksiyalangan 
umummajburiy qoidalar va me’yorlar to‘plamidir. 
O‘zbekiston  Respublikasining  2012-yil  24-dekabrdagi  «
Normativ-
huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida 
(yangi  tahriri)»gi  qonunining
1
  3-moddasiga 
asosan «Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, 
umummajburiy  davlat  ko‘rsatmalari  sifatida  huquqiy  normalarni 
belgilashga,  o‘zgartirishga  yoki  bekor  qilishga  qaratilgan  rasmiy 
hujjatdir».
 
Me’yoriy huquqiy hujjat 
– bu huquq ijodkorligi hujjati bo‘lib, ma’lum 
bir  tartibda,  qat’iy  belgilangan  subyektlar  tomonidan  qabul  qilinadi  va 
huquq me’yoriga ega bo‘ladi. 
Me’yoriy  huquqiy  hujjat  huquqning  asosiy  manbai  hisoblanadi. 
Me’yoriy  huquqiy  hujjat  (boshqa  huquq  manbalariga  nisbatan)  kafolat 
doirasida  faqat  mas’ul  davlat  organlari  tomonidan  qabul  qilinadi  hamda 
ma’lum  bir  ko‘rinishga,  hujjat  shakliga  ega  bo‘ladi.  Me’yoriy  huquqiy 
hujjatlar mamlakat bo‘yicha amal qiladi va yagona tizimni hosil qiladi. 
Me’yoriy huquqiy hujjatlar belgilari: 
– me’yoriy xarakter 
                                           
1
  Ўзбекистон  Республикаси  қонун  ҳужжатлари  тўплами.  –    2012.  –  №  52.           
– 583-м. 


 
24 
– huquqiy akt 
– huquq ijodkorligi natijasi hisoblanadi 
– umummajburiylik 
– rasmiy hujjat ko‘rinishida tuziladi 
– huquq me’yorlarini guruhlashda ma’lum bir tartibga rioya qilinadi. 
Me’yoriy  huquqiy  hujjatlar  turlari.
 
O‘zbekiston  Respublikasining 
2012-yil  24-dekabrdagi  «
Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida 
(yangi 
tahriri)»gi qonunining 5-moddasi me’yoriy huquqiy hujjatlarning turlarini 
aniqlaydi: 
Quyidagilar me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanadi: 
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari; 
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 
– Vazirliklar, davlat komitetlari va tashkilotlari hujjatlari; 
– Davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari. 
Me’yoriy  huquqiy  hujjatlar  qonunchilik  hujjatlari  hisoblanadi  va 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini tashkil etadi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Qonunlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari  qarorlari 
qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmonlari,  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirliklar, davlat komitetlari 
va tashkilotlari aktlari, davlat hokimiyatining joylardagi organlari qarorlari 
qonunosti hujjatlari hisoblanadi  (ushbu qonunning 6-moddasi). 
Axborot  xavfsizligini  ta’minlashda  me’yoriy-huquqiy  boshqaruvning 
zarurligi. 
Huquqiy  baza  axborotga  egalik  huquqiga  va  uni  muhofaza 
qilishga oid vazifalarni yechish imkonini berishi zarur. Himoyalanayotgan 
axborotga tahdidni aniqlashi va uni himoyalash tartibini belgilashi kerak.
 
Huquqiy  davlatda  barcha  tashkilot  va  muassasalar,  rahbar  shaxslar  va 
fuqarolar faoliyati amaldagi qonunlar doirasida tashkil etilishi lozim. 
Axborotni muhofaza qilish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda: 
–  axborotni  muhofaza  qilish,  uning  maxfiyligi  va  himoya  uchun 
o‘rnatilgan qoidalar sohasida turli subyektlarning huquqlari ifodalanishi; 
–  himoyalanayotgan  axborotga  noqonuniy  tahdid  qilish  yoki  uning 
egasiga  zarar  yetkazuvchi  oqibatlarni  keltirib  chiqarishi  mumkin  bo‘lgan 
harakatlar  uchun  jinoiy,  ma’muriy,  moddiy  va  ma’naviy  javobgarlik 
belgilanishi kerak. 


 
25 
O‘zbekiston  Respublikasida  axborot  xavfsizligi  va  ma’lumotlarni 
himoyalash bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlar. 
Axborotni huquqiy himoya-
lash zaxira sifatida davlat va xalqaro miqyosda tan olingan hamda xalqaro shart-
noma, konvensiya va deklaratsiyalarda aniqlanadi. Davlat miqyosida axborotni 
huquqiy himoyalash davlat va tashkilot hujjatlari orqali nazorat qilinadi. 
Bizning  mamlakatimizda  bunday  me’yoriy  hujjatlarga  Konstitutsiya, 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat qarorlari, fuqarolik, ma’muriy 
va  jinoyat  kodekslarida  keltirilgan  tegishli  moddalar  kiradi.  Tashkilot 
me’yoriy  hujjatlariga  esa  ushbu  tashkilot  doirasida  amal  qilinuvchi  buyruq, 
yo‘riqnoma, ko‘rsatma kabilar kiradi. 
 
 
Axborot  xavfsizligi  va  ma’lumotlarni  himoyalash  sohasida  me’yoriy 
huquqiy  hujjatlarni  qabul  qilish  va  amal  qilishda  tizimli  ketma-ketlik.
 
Xavfsizlikni  ta’minlash  muammosi  kompleks  xarakterga  ega.  Uni  hal 
qilish  uchun  huquqiy  hamda  tashkiliy  choralar  va  dasturiy-texnik 
ta’minotni  (identifikatsiya  va  autentifikatsiya;  ruxsatni  boshqarish; 
protokollashtirish  va  audit;  kriptografiya)  birgalikda  ko‘rish  talab  etiladi 
(misol  uchun,  korxona  boshqaruvi  miqyosida  uning  kompyuter  axborot 
tarmog‘ida  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  uchun  xavfsizlik  siyosatini 
ishlab chiqish hamda kerakli resurslar talab etiladi). 
 
 
– 
bu  huquqiy  asosda  axborotni  muhofaza  qilishni 
ta’minlovchi  maxsus  huquqiy  aktlar,  qoidalar, 
jarayonlar va tadbirlardir
 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish