A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


qadar  saqlashga topshirgan  va



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

qadar 
saqlashga topshirgan 
va 
sing!jsi Maysarani ogohlantirgan.  Yiliar o ‘tadi.  Cho‘pon Ali 
voyaga yetib Oyxonrn  sevib,  unga uyianisbga abd 
qiiadi. 
C ho'pon Ali va M aysara Qozmi  huzuriga bir necha bor, 
puini va vasixani talab qilgani  borishadi. Lekin Qozi  turii bahonalar qilib talabni  qondirmaydi, chunki  niyati buzuq 
va ochko‘z  Qozi o ‘zi Oyxonga o'yoash bo'lmoqchi va tiilo {mini bergisi yo‘q. Mirshabiartu boshlig‘i Hoji D arg'a va 
Qozini o‘g‘li qonuashunos Hidoyatlar ham Oyxonga o'ynash boim oqchi niyatida xatti - harakatga kirishadilar.  Bu 
hukmdor  va  man&abdcrr kimsalami jirkanch -  yovuz myatiaritu fahml&gan Maysara aql  -  zakovati bilan ish tutib, 
puxta  o ‘ylab  rejali  hoJatda  to'ymas,  ochko‘z  Qozi,  badjahil  Mirshab  Hoji  D arg'a  va  qonunbuzar  Hidoyatlami 
laqillatib, o ‘ta  ketgan noqutay vaziyatga ulami soHb qo‘yadi. Maysara ulam i xalq oldida sharmanda qilib, kuladilar. 
Cho‘pon  Ali  va Oyxonning bir - birlariga b o ‘lgan sevgi  - muhabbatmi  saqiab  qoldi  va  ular murodu  maqsadlariga 
yetishadilar
82


“Maysaraning ishi” operasi aw al kirish cholg‘u musiqa, keyin 
muqaddima  bilan  boshlanadi.  Simfonik  orkestrga  kiritilgan  o‘zbek 
xalq  sozlaridan:  nog'ora,  doira,  rubob,  kamayni  trambon  va 
valtomalarda  emitatsiya  qilishlari  tufayli  muqaddimada  ijobiy 
obrazlardan:  Maysara,  Oyxon,  Cho‘pon  Ali,  Mulla  Do‘st,  salbiy 
obrazlardan:  Qozi,  Hoji  Darg‘a  va  Hidoyatlami  turli  tomonlarini 
xarakterlovchi “leytmotiv”lar operani rivojlanish jarayonida muhim 
rol  o‘ynaydi.  Muqaddimaga  kiritilgan  “leytmotiv”lar  jaranglash 
jarayonida har bir personajni qotib qolgan haykal siymosi namoyon 
bo‘ladi,  (sahnada  aktyor  oddiy  ovoz  bilan)  ulaming  qiyofalarini 
ta’riflaydi,  mavzu  oxirida  ular jonlanib  chiqib  ketadilar.  Ya’ni  har 
bir  personajning  xarakteriga,  yurish  -  turishlariga,  xatti  - 
harakatlariga  xos  leytmotivlar  orkestr  sadosida jaranglashi  tufayli 
tomoshabin  -   tinglovchilar  ulaming  qiyofalari  bilan  oldindan 
tanishadilar.  Aytish joizki,  operaning  rivojlanish jarayonida jiddiy 
lavhalar va ayniqsa hajviy epizodlar mavjud,  yengil,  hushchaqchaq 
musiqalar va hiyla-nayranglar, oddiy va juda tez so‘zlash rechitativ 
-  dialoglar bilan ham mavjud.
Operaning  bosh  qahramoni  zakovatli,  irodasi  kuchli  Maysa­
raning  musiqiy  obrazini  tasvirlashda  S.Yudakov  atoqli  shoir, 
dramaturg  va  bastakor  Hamzaning  “Hoy,  ishchilar”  mashhur  qo‘- 
shig‘ini  “leytmotiv”  sifatida  operaga  kiritgan.  Albatta,  Maysarani 
inqilobchi rahbar qilib ko‘rsatishga emas,  balki adolat uchun,  inson 
huquqini hamoya qiluvchi inson sifatida gavdalantiradi.
Umuman,  Maysara  obrazi,  uning  ikki  sevishgan  yoshlaming 
to‘ylarini  o‘tkazib, ulami  qovushtirisrh niyatidagi amaliy harakatlari 
va  to‘yga  to‘sqinlik  qilayotgan  kimsalarga  qarshi  kurashda  ruhiy 
kechinmalari  ariya,  arioza,  qo‘shiq,  vokal  -  ansambl  va  ommaviy 
xor  sahnalarda  insoniy  fazilatini  turli  qirralari to‘la  *  to‘kis  ochilib 
boradi. Opera uch parda ikki ko'rinishdan iborat.
Operaning  birinchi  pardasi  Maysaraning  kichkina,  ko‘rimsiz 
hovlisida  o‘tadi.  Go‘zal  qiz  Oyxon,  o‘zi  yakka  uy  yumushlarini 
bajarish  jarayonida  “Ishqida  yondim”  nomli  ma’yusli  -   lirik 
ariyasida  Cho‘pon  Aliga  bo‘lgan ehtirosli  muhabbatini  izhor etadi. 
Mazkur ariya o ‘zbek xalq ashula  shaklida,  do minorda yozilgan.  U 
oddiy  garmonik akkordlar, jo ‘r bo‘lgan  orkestmi  ravshanli  faktura,
83


sinkopalar  bilan  boyitilganligi  tufayli  Oyxonning  musiqiy  obrazi 
yorqin ohangdor milliy ruhi bilan namoyon bo‘ladi.
Oyxonning ariyasi  tugashi  bilan,  ishdan  qaytayotgan  Cho‘pon 
Ali  uzoqdan shodu xurramlik bilan,  quvnoq, jozibali  ariya  ijro  etib 
uyga  keladi.  Oyxon  va  Cho‘pon  Ali  bir  -  birlari  bilan 
hazillashadilar,  Cho‘pon  Ali  jiddiy  so‘zlashish  niyatida  “Kel, 
so‘zlashaylik” nomli ariyada izhor etadi.
Mazkur  ariya  orkestr  jo ‘rligida  qisqa  kirish  musiqa  bilan 
boshlanadi.  Orkestming  yorqin  fakturasi,  oddiy  akkordlar  bilan 
boyitilgan  ariyada  Cho‘pon  Ali  sevgilisi  Oyxonni  butun  diqqat  -  
e’tiborini  o‘ziga  tortadi.  Ikki  sevishganlar  bir  -  birlariga  boMgan 
muhabbat  his  -  tuyg‘ularini  izhor  etish  jarayonida,  tez  harakatli 
valssimon  sho‘x  musiqa  sadosida  ular  hazillashib,  bir  -  birlarini 
quvlab,  goh  hovlida,  goh chorbog‘  tomon  chopishib  ketayotganlari 
paytida,  favquloddan  simfonik  orkestr  sadosida  vahimali  tremolo 
akkordlar  bilan  birlikda  pasayuvchi  xrammatik  oktava  tovushlami 
siljishida  dahshatli  Qozini  va  jangovor  harakatli  Hoji  Darg‘ani 
“leytmotiv”lari nomoyon bo‘ladi.
Qozi  va  Hoji  Darg‘a  jin  ko‘chadan  o‘tayotganlarida, 
Maysarani hovlisidan sho‘x - o ‘ynoqi ovoz va qo'shiq eshitiladi va 
ular  e ’tibor  berib,  devordan  hovliga  qaraydilar.  Go‘zal  Oyxon  va 
Cho‘pon Ali  bir  -  birlarini  quvlab,  ikkinchi  duetlarida  ham  davom 
etib  yana  hovliga  qaytib,  quvlashib  o‘ynayotgan  paytda  Qozi  va 
Hoji  Darg‘a  ularga  zang  solib,  Oyxonning  yuzini  va  qomatini 
ko‘rib,  har  biri  dillarida  (ovoz  chiqarib)  to‘lqinlanib  hushomad 
qiladilar.  Oyxonga  ishqi  tushgan  Qozi  (murojaat  bilan)  Hoji 
Darg‘aga  “Maysara  bizni  buzuqchilikda  ayblagan  edi.  0 ‘zi  ikki 
yoshni uyda birga saqlashi  shariatga to‘g‘rimi?” deydi.  Hoji  Darg‘a 
“Mutlaqo  noto‘g‘ri”  endi  Maysara  o‘zi  tumshug‘idan  Hindi.  Uni 
hibsga qamayman deb javob beradi. Ular ketadilar. Ana shu birinchi 
pardada  sodir  bo‘ Igan  voqeadan  boshlab,  operada  qarama  -  qarshi 
(konflikt) to‘qnashuv boshlanadi.
Bozordan horib kelgan Maysara trio vokal  - ansamblda Oyxon 
va  Cho‘pon  Ali  bilan  muloqotda  boMadi.  Muloqot  davomida 
Maysara  bozordan  olgan  sarpo  -  tugunni  Oyxonga  berib,  uy 
yumushlarini  bajaraver  deb  jo ‘natadi  va  “Amma,  Qozidan  pulni 
undirdingizmi?” Cho‘pon Alining savoliga javoban “Qozi yana turli
84


bahona qilib puini  bermadi, yer yutgur!” deydi.  Cho‘pon Ali:  “Endi 
Qozini  o ‘ldiriman”  deydi.  Maysara:  “yo‘q!”,  uni  o‘ldirsang 
qamoqda chirib ketasan.  Men boshqa reja tuzib qo‘ydim: “Running 
yarmisi  yoruq,  ikkinchi  yarmisi  qorong‘i  degan  dono  xalqimizning 
maqoli  bor”  deb  jiyanini  yupatadi  va  trio  “mi  bemol”  major 
tonalligida yakunlanadi.
Mazkur trio  ulaming ikkinchi  “fa major”da yozilgan trio  bilan 
uzviy  bog‘lanib  ketadi.  Maysaraning  eshigi  oldida,  yurish  - 
turishlari,  xatti  -  harakatlari  qiz  bolaga  o'xshagan  Qozini  o‘g‘li, 
qonunshunos -  amaldor Hidoyat raqssimon  qo‘shiq aytib,  Oyxonga 
bo'lgan ishq - muhabbatini baralla izhor etadi va eshikni taqillatadi. 
Maysara  eshikni  ochib  Hidoyatga  “keling azizim”  deb  kutib  oladi. 
Ulaming  rechitativ  dialoglari  va  duetlari  boshlanadi.  Operaning 
dramaturgik  rivojlanish  jarayonida  mazkur  vasiqani  va  20  oltinni 
Qozidan undirish muammosi muhim rol o‘ynaydi. Hidoyat: “bulami 
undirsam  menga  nima  berasiz?”  Maysara  “Palov  tayyorlayman”. 
Hidoyat “Palov  bilan  ish  bitmaydi,  yuragim  baxt tilamoqda” deydi. 
Maysara  “Yuragingiz  nimani  tilayapti”  desa,  Hidoyat  “Go‘zal 
Oyxonni”.  Maysara  “0 ‘zi  qiz  bolaga  o‘xshaydi-yu,  Oyxonga 
xushtor  deb  kuladi  va  vasiqa  bilan  20  oltinni  undirsangiz  Oyxon 
sizniki”  deb  xayrlashadi.  Hidoyat  xursandchiligidan  “Ostonasida 
chilla  ultiray”  deb  kuylaydi,  ariqni  tuynukchasidan  Oyxonga  yana 
bir  qaray  deb  qaragan paytida  Oyxon  o‘choqni  kulini  ustiga  sepib 
yuboradi.  U  aksalar berib,  mayli  kul  sepsangiz  ham  sevaman,  deb 
qo‘shiqni  davom  etayotgan  paytida,  uzoqdan  Mulla  Do‘stni  ko‘rib 
qolib,  tezlik  bilan  devordan  chipta  qopni  olib  yopinib  tungakka 
o‘xshab  yotib  oladi.  Mulla  Do‘st  esa  uning  ustiga  chiqib  hovliga 
qaraydij  keyin esa “bu  it”- deb tepadi. Hidoyat og‘riqqa chidamay, 
o‘zini  oshkora  qiiadi.  Mulla  Do‘st  uning  ustidan  “bu  yo  baliq,  yo 
mahluq”  deb  kuladi  va  Hidoyat  qochib  ketadi.  Qarilik  chog‘ida 
bo‘ Isa ham uylanish orzusida yurgan Mulla Do‘st, Maysarani eshigi 
oldiga  yaqinlashib,'  “Kel  dilrabo  xushtoringman”  qo‘shig‘ini 
kuylaydi.  Mazkur  band  (kuplet)li  qo‘shiqda  uning  soddaligi, 
hazilkash  hajviy  -   qistirmali  qochirma  gaplarga  chechanligi 
rechitativ va musiqa sadolarda, mukammal ravishda, boshqa musiqa 
Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish