A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


( ) ‘zbek estrada musiqasi



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

( ) ‘zbek estrada musiqasi 
Mavzu rejasi:
1.  0 ‘zbekistonda milliy estrada san’atining bunyodga kelishi.
2.  1950-80-yillarda  zamonaviy  o‘zbek  estrada  san’atining 
rivojlanishi.
3.  Estrada guruhlari,
4.  Estrada qo‘shiqchiligi. Taniqli ijodkorlar va ijrochilar.
5.  0 ‘zbek estrada musiqasi.B.Zokirov va “Yalla” repertuari.
1917-1950-yillar xalqimizning ko‘p asrlik boy musiqiy merosi, 
an’analari  negizida  yuzaga  kelgan  ma’naviy  dunyosi  keng  omma- 
lasha boshlandi. Shu davrda keng ommaning musiqa havaskorligiga 
jalb  etish  ishlari,  havaskorlik  to‘garaklarini  tashkil  qilish  avj  oldi. 
Musiqa  folklori  va  og‘zaki  an’anaviy  professional  musiqa  deb 
yuritilgan  xalq  qo‘shiqlari  va  cholg‘u  kuylari,  mumtoz  kuy  va 
ashulalarni  targ‘ib  etishda  professional  va  havaskorlik  jamoalari 
shakllana  boshlandi.  Shular  qatorida  bir  va  ko‘p  ovozli  uslubiy 
yo‘nalishda  o‘zbek  estrada  san’ati  ham  bunyodga  kela  boshlandi. 
Turli milliy vokal-cholg‘u ansambllar, «jaz», «simfo-jaz» orkestrlari 
shakllandi  va  ularda  ijro  etuvchi  havaskor va professional  xonanda 
va sozandalaming birinchi avlodlari yetishib chiqdi.
«Estrada san’ati» shakllanishidagi ilk jarayon, bu san’at yo‘na- 
lishini  ifoda  etuvchi  va  amaliyotda  keng  qo‘llanila  boshlangan 
atamalar bilan bog‘liqligini e’tirof etish lozimdir. Jumladan:
«Estrada»  (fransuzcha  ESTRADA,  lotincha  STRATUM) 
atamasi  aslida  taxtadan  pol  qurish  yoki  sahna  qurish  ma’nosini 
anglatadi.  Shu  bilan  birga  konstertlar  o‘tkazish  uchun  maxsus 
qurilgan sahna(joy)ni bildiradi;
1. 
«Estrada  konsterti»  -   bir  xil  yoki  turli  xil  san’at  namu- 
nalari yig‘indisidantuzilgan konstert tomoshasi.
147


2.  «Estrada  san’ati»  -   musiqaning  bir  turi  bo‘Iib,  ko‘p 
qamrovli,  ko‘pincha  yengil  cholg‘u  va  vokal  musiqa  asarlar 
yig‘indisi.
3.  «Estrada musiqasi» -  turli mavzu va mazmunda bastalan- 
gan  yengil,  rang-barang,  xilma-xil  qo‘shiq,  cholg‘u  musiqasi, 
musiqa san’atining bir turi.
4.  «Estrada  bastakori  (kompozitori)»  -   estrada  musiqasini 
bastalovchi ijodkorning nisbiy nomi.
5.  «Estrada  xonandasi  yoki  sozandasi»  -   ijrochi  san’atkor, 
kasbiy mutaxassisning nisbiy nomi.
6.  Estrada  musiqa  jam oalarining  nomiari:  «Estrada 
orkestri»,  «Estrada-simfonik  orkestri»,  «Jaz  orkestri»,  «Simfo-jaz 
orkestri»,  «Big-bend»,  «Estrada  vokal-cholg‘u  ansambli»  va 
boshqalar.
7.  «Pop  musiqa»  (inglizcha  -   popmusic)  -   G‘arb  mada- 
niyatida keng tarqalgan ommaviy musiqa tushunchasi.  Uning turlari 
va  uslubiy  yo'nalishlari  mavjud:  «Rok  musiqa»,  «Xard-rok», 
«Disko»,  «Rep»,  «Xevi»,  «Blyuz»  va  boshqalar.  Bu  atamalar  XX 
asrning  50-yillaridan  jahon  musiqa  olamiga  kirib  keldi.  Hozirgi 
kunda  “estrada  qo'shiqchiligi”  ommaviy  musiqa  madaniyatining 
yetakchi yo‘nalishi sifatida e’tirof etish lozim.
0 ‘zbek  estrada  san’atining  shakiianish  va  rivojianish 
jarayonlari.  XfX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  xalq  orasida 
«estrada»,  «estrada  konsterti»,  «estrada  san’ati»  kabi  atamalar 
iste’molga  kirib  kela  boshladi.  Bu  Turkiston  o'lkasining  shahar- 
lariga  Rossiyadan  gastrolga  kelgan  konstert  guruhlarining  chiqish- 
lari bilan bog1 liq edi.
XX 
asrning  20-30-yillarida  0 ‘zbekistonda  tashkil  etilgan 
«Ashula  va  raqs  guruhi»,  «Mashshoqlar  to‘dasi»,  «Musiqiy  etno- 
grafik  ansambl»laming  xalq  ommasiga  ko‘rsatgan  tomoshalarini 
«konstert»,  «estrada  konsterti»  deb  e’lon  qilish  asta-sekin  odat 
tusiga kirdi.  Shu davrdan boshlab musiqachilar ahli  va xalq orasida 
«konstert»,  «estrada»,  «ansambl»  kabi  atamalar  xalq  orasida 
ommalasha  bordi.  1927-yili  Ali  Ardobus  (Ibrohimov)  Samarqand 
shahrida  yosh  havaskorlardan  tuzgan  «Ко" к  ko‘ylaklar»  ansambl 
konstertini «estrada konsterti» deb e’lon qiladi.
148


0 ‘zbekistonda zamonaviy milliy estrada  san’atini tashkil etili- 
shi  va  rivojiga  Tamaraxonim  (1906-1987)  o‘zining  ulkan  hissasini 
qo‘shadi49.
0 ‘zbekistonda  Yevropa  uslubidagi  estrada  san’atining  turli 
xillari XX  asming 40-yillaridan boshlab amaliyotga kirib keldi. Bu 
asosan Moskva va Leningrad shaharlarida bunyodga kelgan estrada 
orkestrlariga  taqlid  qilgan  holda,  rusiyzabon  san’atkorlaming 
tashabbusi  bilan  respublikamizning  yirik  korxonalari  madaniyat 
saroylarida  paydo  bo‘ldi.  1940-yil  Toshkent  shahrida  M.  Jolkov 
rahbarligida  «Myuzik  xoll»  estrada jamoasi  va  0 ‘zbekiston  davlat 
filarmoniyasi  tarkibida  1942-yili  estrada  ansambili,  1944-yili 
N. Zinin rahbarligida «Simfo-jaz orkestri» tuzdi. Ushbu ansambllar- 
ning  ijro  dasturi  asosan  rus  kompozitorlarining  qo‘shiq  va  cholg‘u 
musiqalaridan tuzilgan edi.
49 Tamaraxonim ijodi haqida qarang.
Tamaraxonim  o'z  ijrochilik  ijodiy  feotiyarini  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  «Vostok»  agitbrigadasida 
boshlaydi  (1919).  1921-yil  davomida  Toshkent  shahar  rus  balet  maktabida  tahsO  oladi.  1922-yiK  Muhiddin 
Qoriyoqubov  ashula  va  raqs  ansatnblida  o‘zbck  musiqa  saa’atining  yeluk  namoyandalari  Usta  Oliro  Kornilov, 
Yusufjoa qiziq Shakaijonov,  Hojisiddiq  Islomov, To'xtasin Jaiilov,  Abduqodir Ismoilov kabi  ustozlar bilan birga 
faoliynt olib boradi.  Tamaraxonim o‘zbek va boshqa jahon xalqlanning qo‘shiq, lapar, yaiia va raqsfarim oVganadi 
va  mohirona  ijrochisigi  aylanadi.  J924-1925-yilIarda  Moskva  shabar  teatr  texnikumida  tabsil  oladi.  1925-yilda 
Parijda  o‘tkazilgan  jahon  xalqlan  amaliy  san’ati  ko’riginmg  kontsert  dasturida  M.  Qoriyoqubov  bilan  birga 
qatnashib,  o‘zbek xalq qo'shiq,  lapar, yalla  va raqs  namunalarim namoyish qiladi.  Tamaraxonim o‘z  ustozi  Usta 
Olim Kornilov bilan o‘zbek san’atining rivojiga samarali ulush qo'shdilar, Ular hamkorlikda xalq musiqa merosida 
mayjud qo'shiq,  lapar, yallalarai betakror raqs harakatlari  bilan uyg‘unlashtirib, yakka raqslami o4zbekooa milliy 
ko‘rmishda talqrn etadilar.  Tamaraxonim ijro etgan asarlar,  uning repertuaridagi «Oyijon», «Bo^g'macha bilagim», 
«Tanavor»,  «Oromijon»,  «Dilxiroj».  «Farg‘onacha  jonon»,  «Yali-yali»,  «Gulyor»,  «Zavq»,  «Tosadduqman», 
«Ro'molim»,  «Yana  niraa gaplar bor», «Joney»  yoki  «Olmani otdim  otganga»,  «Qoraqosh»,  «La’Ii Badaxshorm, 
«ПШа  yon»,  «Sanam  uforisi», bastakor P.  Rahimovning  «Jon, jon  O'zbekiston»,  «Bizning  davron»  kabi qo'shiq, 
yalla,  laparlar hamda  «Zang»,  «Sadr»,  «Gul  o‘yin»,  «Pilla»,  «G‘ayratli  qiz»,  «Buxorocha  raqs»,  bastakor  Orif 
Gannon(Toshmatov)ning  «Andijon  polbkasiw  kabi  raqslar  xalq  orasida  keng  ommalasbdi.  Ular  1930-yili 
Butimittifoq oKmpiadasida, 1932-yili 0 ‘zbekisfonda o'tkazilgan olimpiadada,  1935-yili Londonda o‘tkazilgan Jahon 
xalqlari raqs san'ati festivalida fool qatnashib, o'zbek musiqa san’aiini dunyoga lanitdibr.
1940-yil Ozbekiston davlat fUarmoniyasining tarkibida «Tamaraxonim» milliy estrada ansamblini tuzdi  va 
o‘z ishini davom ettirdi.
XX asming 60-70-yfllarigacha mazkur ansambl estrada san’atirri rivojlanishiga o ‘z 

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish