Jo’natilgan tovarlar va tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqlash
(ming so’m)
Ko’rsatkichlar
Hisob narxi haqiqiy tannarxi
Farq
Oy boshiga ombordagi tayyor maxsulot qoldig’i
245
210
35
Ishlab chiqarishdan hisobot oyida qabul qilingan tayyor
mahsulot
2800
2900
100
Jami
3045
2810
235
Xaqiqiy tannarxini hisobdagi narxiga nisbati, %
2,28
Mahsulot qiymati
2700
2492
208
Oy oxiriga tayyor mahsulot qoldig’i
345
318
27
Bunday hisob kitoblarga aniqlik kiritish maqsadida jadval tayyor
mahsulotning guruhlari bo’yicha tuziladi.
9010 schetning debetidagi oborotlarni to’g’ri hisoblanishini aniqlash uchun
auditor sotilgan mahsulotni haqiqiy tannarxi hisob-kitobi tekshiradi.
Sotilgan maxsulotni haqiqiy tannarxini hisoblash. (ming so’m)
Ko’rsatkichlar
Hisob
narxi
Haqiqiy
tannarxi
Farqi (Q-)
Jo’natilgan mahsulotni oy boshida qoldig’i
4412
400
-12
Hisobot oyida jo’natilgan mahsulot
2700
2492
-208
360
Jami:
3112
2892
-220
Haqiqiy tannarxini hisobdagi na ishlab chiqarishga nisbat %
92,92
Hisobot oyida sotilgan mahsulot
2640
2453
-187
Jo’natilgan mahsulotning oy oxiriga qoldig’i
472
439
-33
Auditor jo’natilgan mahsulot bo’yicha xaridorlardan pul kelib tushishi
tekshiriladi. Xaridorlarni korxona oldidagi qarzlar muddati bo’yicha ko’rib
chiqiladi.
15.5. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy faoliyatlari bo’yicha boshqa
daromadlarni ham olishi mumkin. Bu daromadlarni moddalari va turlari «xarajatlar
tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq quyidagi elementlardan tashkil topgan.
-shartnoma talablarini bajarmaganligi uchun olingan jarima, penya va
boshqa mablag’lar;
-hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillarda olingan foyda summasi;
-mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa
muomalalar va faoliyatdan olingan daromadlar;
-idishlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalardan olingan daromadlar;
-moddiy vositalarni va boshqa mulklarni tugatish va sotishdan olingan
daromadlar;
-da’vo muddati o’tgan kreditor qarzlar va deponent qarzlarni hisobdan
chiqarish natijasida olingan daromadlar;
-tovar moddiy boyliklarni va tayyor mahsulotlarni qayta baholash natijasida
olingan daromadlar;
Ushbu muomalalarni amalga oshirish natijasida tushgan daromad
summalarining buxgalteriya hisobi quyidagi schyotlarda yuritidadi:
9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"
9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"
361
9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish"
9340 "O’tgan yillar foydalari"
9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar"
9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan
daromad»
9370 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»
9380 «Beg’araz moliyaviy yordam»
9390 «boshqa operatsion daromadlar»
Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub. Yuqoridagi
schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foydaning ko’payishi,
debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri
boshiga qoldig’i qolmaydi.
9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"
schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan
chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha provodka
beriladi:
Dt 9210 «Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi»
Kt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"
9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chikimidan olingan foyda" schyotida
nomoddiy aktivlar, immatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni
sotishdan olingan foyda summas kuyidagi provodka bilan aks ettiriladi:
Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi»
Kt 9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"
9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" schyotida shartnoma
shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan
jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa xil jazo jarimalari,
shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini
hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 "Penya, jarimalar va boshqa
362
to’lovlarni undirish" schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima aybdor tomonidan
tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4800 «Da’volar bo’yicha olinadigan
schyotlar» schyoti debetlanib 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni
undirish" kreditlanadi.
9340 "O’tgan yillar foydalari" schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab
yuborilgan
materiallar
bo’yicha
qaytadan
hisoblash
natijasida
mol
yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan
maxsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot
yilida olingan summa kiradi.
Bunday summa o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan
schyotlar debetlanib 9340 "O’tgan yillar foydalari" schyoti kreditlanadi. Agar
bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010 «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9340 "O’tgan yillar
foydalari" schyoti kreditlanadi.
Ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq
bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar va
shunga o’xshash boshqa daromadlar 9390 schyotida hisobga olinadi.
Bunday tushumlar kirimga olinganda 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»-
tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ortiqcha chiqqan materiallar qiymatiga; 2510
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» -umumishlab chiqarish omborlarida ortiqcha
chiqqan materiallar qiymatiga;
9450 «Yordamchi xo’jaliklar» schyoti — kommunal xo’jaligidan olingan
foyda summasiga;
1060 «Idish va idishbop materiallari» schyoti — idish va idishbop
materiallari bo’yicha olingan foyda summasiga.
363
1010-1090 schyotlar-inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan materiallar
kirimga olinadi.
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti inventarizatsiya natijasida
kassada ortiqcha chiqqan pul mablag’lari kirimga olinsa.
9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan
daromadlar» schyotida da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Bunday tushumlar kirimga olinganda 9360 «Kreditorlik va deponentlik
qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi
schyotlar debetlanadi:
6720 «Deponentlangan ish haqi» schyoti - da’vo bildirish muddati o’tgan
deponentlik qarzlari hisobdan chiqarilsa;
6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti-da’vo bildirish muddati o’tgan aliment
qarzlari hisobda chiqarilsa;
6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadagan schyotlar» schyoti-undirib olish
muddati o’tgan da’volar bo’yicha to’lanadigan qarzlar summasi hisobdan
chiqarilsa;
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti»,
5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyotlari-zararga o’tkazilgan
to’lashga qobiliyatsiz debitor qarzlar undirib olinsa. Shu bilan birga balansdan
tashqari 007-«To’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilgan qarzi»
schyotidan chiqariladi.
9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar" schyotida operativ
ijaraga berilgan mulkdan olingan daromad hisobga olinadi.
9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» schyotida pul mablag’lari va pul
ekvivalentlari tarzida qaytarib bermaslik sharti bilan olingan daromadlar hisobga
olinadi. Bunday pul mablag’lari kirimga olinganda 5110 «Hisob-kitob schyoti» va
5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» debetlanib 9380 «Beg’araz
moliyaviy yordam» schyoti kreditlanadi.
364
Bu xil daromadlar hisobot davri oxiridagi quyidagi provodkalar bilan
yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:
Dt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda"
Dt 9320 "Boshka aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda"
Dt 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarii undirish"
Dt 9340 "O’tgan yillar foydalari"
Dt 9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar"
Dt 9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan
tushgan daromadlar»
Dt 9370 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»
Dt 9380 «Beg’araz moliyaviy yordam»
Dt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar»
Kt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija».
Do'stlaringiz bilan baham: |