12.2. Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari
XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday
deyiladi: “Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos
sifatida olingan auditorlik dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”.
Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma
fikrni ifodalashi kerak.
Auditorlik xulosalari ushbu bo’limda batafsilroq muhokama qilinadigan
quyidagi asosiy elementlarni o’z ichiga olishi kerak:
nomi;
oluvchi;
kirish qismi;
- Moliyaviy hisobotlarni aniqlash;
- Sub’ekt rahbariyati va auditorning javobgarliklari haqida bayonnoma;
qayd etish qismi (audit tabiatini ta’riflash)
-AXSga yoki amaliyotga havola;
-Auditor tomonidan qilingan ishni ta’riflash;
moliyaviy hisobot haqida bildirilgan fikrning mazmuni;
hisobot sanasi;
auditorning manzili;
auditorning imzosi
Nomi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning
hisoboti (xulosasi) hisoblanishini aniq ko’rsatadigan nomga ega bo’lishi lozim.
Adresat
(
oluvchi
)
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat
ko’rsatilgan holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko’ra kompaniyaning yoki
aktsionerlarning yoxud kuzatuv kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi.
Nederlandiyaga o’xshash ayrim mamlakatlarda auditorlik hisobotlari umuman
255
ko’rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay jamoatchilikka
mo’ljallangan.
Kirish paragrafi
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
(a) Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo’yicha
o’tkazilganligini qayd etish;
(b) Mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha audit o’tkazilganini qayd etish;
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd
etish;
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifiga va boshqa
sharhlovchi izohlarga havola etish; va
(d) Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks
ettirilgan sana yoki davr aniq ko’rsatilishi lozim.
(e)Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
uchun javobgarligi
Masalan,
“Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova
qilingan buxgalteriya balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul
mablag’lari harakati haqidagi tegishli hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu
moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya rahbariyati zimmasida.
Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot
ishonchliligi haqida o’z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”.
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik
sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning
majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik
sub’ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning
me’yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim.
Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga
256
qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki
boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlar
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va tadbirkorlik
sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib
ko’rsatishlar mavjud bo’lmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb
hisoblagan ichki nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’lishi to’g’risida
tushuntirishni o’z ichiga olishi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq
tayyorlangan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti
rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi,
vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va haqqoniy taqdim
etish” yoki “to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash”ga havola etishi lozim.
Auditorning javobgarligi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Auditorning
javobgarligi” degan sarlavhali qismni ham o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik
hisoboti (xulosasi)da auditorning javobgarligi u moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zi
o’tkazgan audit asosida o’z fikrini bildirishidan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilishi
lozim.
Qayd etish qismi. Auditining ushbu holatda zarur deb hisoblanuvchi
auditorlik protseduralarini bajarish qobilyatiga taalluqli. Qayd etish xatboshisi
o’zida auditor tekshiruv davomida qilgan ishlarni haqiqiy tasdig’ini ko’rsatadi. Bu
o’quvchiga audit o’rnatilgan standartlar yoki bunday majburiyatlar uchun
amaliyotlarga mos o’tkazilganligiga ishonch tug’diradi.
Qayd etish xatboshisi, audit moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar
yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qilish uchun o’tkazilgani va o’tkazilgan audit o’z
257
fikrini bildirishi uchun etarlicha asos berishini isbotlash uchun rejalashtirilgan va
o’tkazilganligi haqidagi bayonnomani o’z ichiga olishi zarur. Bunday iboralardan
yoki shunga o’xshash rasmiyatchiliklardan foydalanish audit ishonchliligining
yuqori darajasini ta’minlashini bildiradi, lekin bu kafolat hisoblanmaydi.
Hisobotda auditda mamlakatda o’rnatilga auditning xalqaro standartlariga
(MSA) suyangan holda o’tkazilganligi borasida foydalanilgan standartlar
ko’rsatilishi kerak. Masalan, agar kompaniya AQSh fond birjalarida savdo qilsa,
audit bo’yicha auditning umum qabul qilingan standartlari, AQShda umum qabul
qilingan standartlar yoki AICPA o’rnatilgan standartlarga nisbatan havolalar
bo’lishini talab qiladi.
Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr”
degan sarlavhali qism bo’lib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq
tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda
auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarda boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa) teng (ekvivalent) deb baholanadigan quyidagi
iboralardan biri qo’llanilishi lozim:
(a) Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, ... [moliyaviy hisobotlarni
taqdim etish uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki
(b) Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi. Muvofiqlik
asosi
talablariga
binoan
tayyorlangan
moliyaviy
hisobotlar bo’yicha
modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida moliyaviy hisobotlar
barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko’rsatilishi lozim.
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo’yilishi lozim. Auditor xulosaga audit
tugagan kun sanasini qo’yishi kerak (qoidaga ko’ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu
o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy hisobotga ta’sirlarini ko’rib chiqishdava
hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu sanagacha nimalar ro’y
berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat tomonidan
258
tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi,
auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki
tasdiqlangan sanadan avvalgi sanani qo’yishi kerak emas.
Auditorning manzili
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan
aniq joy, shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham
auditor auditorlik xulosasi berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan
tashqarida bo’lsa, shahar va mamlakatni) qo’shishni talab qiladi. Eslatma: ayrim
mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili ko’rsatish
shart emas.
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki
vaziyatga ko’ra, ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda,
firma nomidan imzolanadi, chunki firma audit uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh, Buyuk Britaniya,
Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab qilinmaydi. Ularni
havola sifatida qo’shib qo’yilishi etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |