Hujjatlashtirish
. Hujjatlashtirish ko’pincha yozma tasdiq ataladi. Auditor
tomonidan moliyaviy hisobotga kiritilayotgan yoki kiritilishi lozim bo’lgan
ma’lumotlar asoslanganligiga ishonch hosil qilish maqsadida o’z mijozining
hujjatlari va yozuvlari o’rganilishini nazarda tutadi. Auditor o’rganib chiqayotgan
hujjatlar – mijozning xo’jalik operatsiyalari bo’yicha ma’lumotlarning tizimli
hisobga olish uchun mijoz tomonidan ishlatiladigan yozuvlardir. Har bir xo’jalik
operatsiyasi, odatda, mijozga tegishli kamida bitta hujjatda qayd qilingani bois,
katta miqdordagi shunday dalillar auditor ixtiyorida bo’ladi. Masalan, mijoz,
odatda, o’z mijozining buyurtmalar blankasi, transport hujjati, har bir tovar
chiqarish uchun yukxat nusxasi va boshqalarni o’zida saqlaydi. Ushbu hujjatlar –
ancha foydali dalillar bo’lib, ularning yordamida auditor sotish hajmi va boshqa
xo’jalik operatsiyalari bo’yicha mijozning hisob yuritishi aniqligini tekshirishi
mumkin. Hujjatlashtirish – barcha auditorlik tekshiruvlarida keng qo’llaniladigan
dalil shaklidir, chunki auditor ortiqcha sarf-xarajat qilmasdan ham bunday
200
ma’lumotlarni oson qo’lga kiritishi mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki,
hujjatlashtirish auditorning ixtiyorida mavjud dalillarning yagona foydali shakliga
aylanadi.
Hujjatlarni ichki va tashqi turlarga ajratib olish qulay. Agar hujjat xo’jalik
tizimi doirasida tayyorlangan bo’lsa, hech qachon uning chegarasidan chiqmay,
mijozlar yoki savdogarlar kabi begona shaxslar qo’liga tushmay o’sha erda
saqlansa, u ichki hujjat hisoblanadi. Ichki hujjatlarga misollar sirasida sotish
bo’yicha yukxatlar nusxalari, tovar chiqarish uchun hujjatlar, xodimlarning ish
vaqti yoki tovar-moddiy qimmatliklarni inventarizatsiyalash natijalari qayd
qilinadigan hujjatlar va boshqalarni eslatib o’tish mumkin. Mijozning xo’jalik
tizimidan tashqarida kimningdir birovning qo’lida bo’lgan hujjatlar esa tashqi
hujjatlar
hisoblanadi.
O’sha begona shaxs hisobga olingan xo’jalik
operatsiyalarining qatnashchisi bo’lishi mumkin. Bunday hujjat istalgan vaqtda
mijoz qo’lida bo’ladi yoki auditor undan bemalol foydalanishi mumkin.
Ayrim hollarda tashqi hujjatlar mijozning xo’jalik tizimidan tashqarida
paydo bo’ladi va faqat pirovardida mijozning qo’liga kelib tushadi. Bunday tashqi
hujjatlarga misol tariqasida etkazib beruvchilar yukxatlari, to’langan veksellar va
sug’urta polislarini keltirish mumkin. To’langan cheklar kabi boshqa hujjatlar
mijoz tomonidan tuziladi, keyin esa begona shaxslarga yuboriladi va oxir-oqibat
yana mijozga qaytadi.
Auditor birinchi navbatda hujjat ichki yoki tashqi ekanligiga e’tibor qilgan
holda, uni ishonchli dalil sifatida qabul qiladi. Agar bu hujjat ichki bo’lsa, u holda
uning ishonchliligining asosiy mezoni – uni xo’jalik ichki nazoratining samarali
tizimi sharoitida yaratish hisoblanadi. Kuchsiz xo’jalik ichki nazorati sharoitida
tuzilgan ichki hujjatlar ishonchli dalil bo’lishi mumkin emas.
Tashqi hujjatlar auditor mijozida ham, xo’jalik operatsiyasida qatnashuvchi
boshqa tomonda ham bo’ladi. Bu esa xo’jalik operatsiyasining ikkala ishtirokchisi
hujjatda mavjud ma’lumotlar va shartlarga bir xil darajada rozi ekanligini
201
ko’rsatadi. Shuning uchun tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq
dalil hisoblanadi.
Kuzatishlar. Kuzatishlar deganda biz muayyan xatti-harakatlarni baholash
uchun sezgi a’zolaridan foydalanishni nazarda tutamiz. Butun audit davomida
turli-tuman ob’ektlar va xatti-harakatlarni baholashda ko’rish, eshitish, hidlash va
paypaslash a’zolari kabilardan foydalanish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Masalan, auditor o’z mijozida mavjud vositalar haqida umumiy tasavvur hosil
qilish uchun, butun zavodni aylanib chiqishi mumkin; u asbob-uskunalar zanglab
ketmaganini ko’rishi, u qanchalik eskirganini baholashi, buxgalteriya hisobini
yurituvchi shaxslarni kuzatishi va shu orqali uni aynan shu ish bilan shug’ullanishi
lozim bo’lgan shaxslar amalga oshirayotganini aniqlashi mumkin. Kamdan-kam
hollarda kuzatishlarning o’zigina etarli bo’ladi. Dastlabki taassurotlarni turli
dalillar bilan tasdiqlash ham talab etiladi. Shunday bo’lsa-da, kuzatish – auditning
foydali qismidir.
Mijozlarni so’roqqa tutish
. So’roqqa tutish natijasida mijoz auditor
tomonidan berilgan savollarga yozma javob yoki og’zaki ma’lumot beradi. So’rov
natijasida mijozdan sezilarli hajmda ma’lumot olish mumkin bo’lsa-da, bu
ma’lumotlarni tugal deb bo’lmaydi, chunki u mustaqil manbadan olinmayapti va
dalillar mijozning foydasiga buzib ko’rsatilgan bo’lishi ham hech ehtimoldan yiroq
emas. Shuning uchun auditor so’rov natijasida ma’lumot to’plaganda, boshqa
usullar vositasida uni yanada mustahkamlovchi dalillar bilan boyitishi zarur.
Masalan, auditor tizimli buxgalteriya yozuvlarini yuritish, hisoblar bo’yicha
aylanmalar va saldoni tekshirish uchun mijoz qo’llaydigan usullar haqida
ma’lumot olish uchun, odatda, avvalo, uning o’zidan xo’jalik ichki nazorat tizimi
qanday ishlashi haqida so’raydi. So’ngra auditor xo’jalik operatsiyalarini tekshiradi
va ular rostdan ham aynan unga xabar qilinganidek yo’sinda hisobga olinayotgani
va nazorat qilinayotganligini aniqlaydi.
Arifmetik aniqlik
. Arifmetik aniqlikni tekshirish hisob-kitoblarni tanlanma
tekshirish va audit qilinayotgan davr uchun mijoz ma’lumotlarini ko’chirib
202
o’tkazishni nazarda tutadi. Hisob-kitoblarni qayta tekshirish mijoz tomonidan
amalga oshirilgan arifmetik yakunlar va operatsiyalar to’g’riligini aniqlashdan
iborat. U tovarlar va boshqa tovar-moddiy qimmatliklarini sotish bo’yicha
yukxatlarni to’plash, jurnallar va qo’shimcha buxgalteriya daftarlari yakunlari,
amortizatsiya va etkazilgan zararlar bo’nagi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish
kabi operatsiyalarni o’z ichiga oladi. Axborot uzatishni qayta tekshirish esa,
masalan, yakka tartibda tarqatishdan iborat. Agar ayni bir summa bir necha joyda
hisobga olingan bo’lsa, bunday holatda auditor u barcha joyda bir xil ekanligiga
ishonch hosil qilishi kerak. Masalan, auditor sotish hajmini debitorlik qarzi bilan
taqqoslagan holda, sintetik va analitik hisobga olish to’g’riligiga ishonch hosil
qilish uchun, Bosh kitob bilan uni qiyoslash uchun uncha katta bo’lmagan testlar
o’tkazadi. Ko’pchilik auditorlar bunday tekshirishni “takroriy operatsiyalar” deb
ataydilar.
Analitik amallar
. Analitik amallarni bajarishda taqqoslashdan foydalaniladi
va o’zaro bog’liqliklar belgilanib, ular balans bilan unga ilova qilingan hisobot qay
darajada haqqoniy ekanligini baholashga imkon beradi. Bunday amalga misol
sifatida o’tgan yil uchun yalpi foydaning foiz qiymati bilan joriy yil uchun yalpi
foydaning foiz qiymatini solishtirishni zikr etib o’tish mumkin. Ayrim nomoddiy
aktivlar va hisoblar bo’yicha analitik usullar yagona talab qilinuvchi dalil turi
bo’lib chiqishi mumkin. Qolgan hisoblarga kelsak, analitik amallar balans va
boshqa hisobotlar ishonarli ekanligini tasdiqlab turgan hollarda boshqa turdagi
dalillar hajmini kamaytirish mumkin. Ba’zi hollarda analitik amallardan kelgusi
tekshirish kerak yoki kerak emasligini belgilash uchun yanada kengroq tadqiq
qilish zarur bo’lgan hisoblar yoki xo’jalik operatsiyalarini aniqlash uchun ham
foydalaniladi. Joriy yil uchun umumiy ta’mirlash xarajatlari bilan o’tgan yilgi
xuddi shunday xarajat ko’rsatkichini taqqoslash va farqni o’rganish bunga misol
bo’la oladi. Agar farq sezilarli bo’lsa, u holda bunday xarajatlar ortishi yoki
kamayishi sabablarini aniqlash zarur.
203
Analitik amallar uchun foydalaniladigan axborot – bu, odatda, auditorning
o’zi tomonidan qilingan hisob-kitoblardir. Qaysi hisoblar kelgusi tekshirish talab
qilmasligi, qaysi sohalarni yanada batafsil o’rganish lozimligini hal etishga
ko’maklashishi uchun analitik amallarni audit boshida amalga oshirgan maqsadga
muvofiq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |