Auditorning bevosita bilimlari
. Haqiqatda tekshirishlar, kuzatishlar, hisob-
kitoblar va tadqiqotlar natijasida auditor tomonidan bevosita olingan ma’lumotlar
ishonchliligi u bilvosita oladigan ma’lumotlarga nisbatan yuqoriroq sanaladi.
Masalan, agar auditor yalpi foydani savdo hajmining muayyan foizi sifatida
hisoblasa va uning dinamikasini oldingi davr ma’lumotlari bilan solishtirsa, u
holda bunday dalillar auditor nazorat tizimiga tayangan holda qo’lga kiritgan
ma’lumotlarga ko’ra ishonchliroq bo’lishi mumkin.
Ma’lumot etkazuvchi shaxslarni baholash
. Axborot manbai hatto mustaqil
bo’lgan taqdirda ham, dalillar maqomi ishonchli dalillar bilan ishlashga imkon
beruvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan holatdagina ularni ishonchli deb
hisoblash mumkin. Shu sababga ko’ra, advokatlar va banklar keltirgan dalillar,
odatda, mijozning ishga oid operatsiyalari bilan yaxshi tanish bo’lmagan
shaxslardan olingan ma’lumotlarga ko’ra ishonchliroq sanaladi. Bundan tashqari,
bevosita auditor tomonidan to’plangan dalillar, agar u dalillarni to’g’ri baholash
uchun etarlicha malakali bo’lmagan holatda ham etarli darajada ishonchli bo’lib
chiqmasligi mumkin. Masalan, agar tekshiruvchi haqiqiy olmosdan shishani ajrata
olishiga aniq imkon beruvchi tegishli bilimlarga ega bo’lmasa, brilliant
buyumlardan iborat tovar-moddiy qimmatliklarni tekshirish ularning haqiqatda
mavjudligiga oid ishonchli ma’lumotlar bermaydi.
Ob’ektivlik darajasi
. Xolis dalillar ishonchliligini puxta baholash talab
qilinadigan dalillarga qaraganda ishonchliroqdir. Debitor hisoblar tasdig’i, bank
195
ko’chirmalari, qimmatli qog’ozlar va naqd pul mablag’lari inventarizatsiyasi
natijalari, shuningdek, hisoblar bo’yicha aylanmalar va yakunlarni balans va bosh
daftar bilan solishtirishni xolis ma’lumotlar sirasiga kiritish mumkin. Sub’ektiv
axborotlarga misollar tariqasida esa mijoz advokatining ushbu mijozga nisbatan
davom etayotgan sud ishining ehtimoliy natijalari bo’yicha da’volari, tovar-moddiy
qimmatliklarni inventarizatsiya qilish jarayonida ularning eskirishini baholash,
shuningdek, kredit bo’limi boshlig’ining muddati o’tib ketgan debitorlik qarzini
to’lash imkoniyati haqida xabarnomasi tilga olinadi. Sub’ektiv ma’lumotlarning
haqqoniyligini baholashda uni taqdim etayotgan shaxsni baholash muhim ahamiyat
kasb etadi.
To’plangan dalillar etarliligi ularning soni bilan belgilanadi. Shuning uchun
auditor o’ziga dalillar etarli yoki etarli emasligini belgilab olishida auditorlar
tomonidan qo’llaniladigan saralash hajmi muhim ahamiyatga ega. Aniq amal
bo’yicha u 200 yoki 100 ta elementli saralashdan dalillar olishi mumkin va ular,
odatda, birinchi holatda etarliroq bo’ladi.
Dalillar etarliligiga saralash hajmidan tashqari aniq elementlar tabiati ham
ta’sir ko’rsatadi. Agar dollarda ifodalangan yirik miqdorli majmua elementlari
tanlab olingan bo’lsa, u holda bu xatolarni aniqlash ehtimolini unchalik
oshirmaydi. Lekin majmuaning reprezentativ elementlaridan iborat saralash,
odatda, etarli hisoblanadi. Aksincha, aksariyat auditorlar dollarda ifodalanuvchi
yirik miqdorlarga ega majmui elementlarinigina o’z ichiga oluvchi saralashlarni
etarli deb hisoblashmaydi.
Auditorlik dalillarining o’z vaqtidaligini ikki yoqlama ko’rib chiqish
mumkin: yoki ushbu dalillar to’plangan vaqt bo’yicha, yoki umuman audit
qilinayotgan davr bo’yicha. Agar dalillar balans sanasiga iloji boricha yaqinroq
to’plangan bo’lsa, ular, odatda, ishonchliroq bo’ladi. Masalan, balans sanasi uchun
qimmatli qog’ozlar likvidligining auditor baholash ularni ikki oy avval
baholashdan ko’ra anchayin ishonchlidir. Foyda va zarar hisobotiga kelsak,
davrning qandaydir bir qismini emas, balki to’lig’icha o’z ichiga qamrab olgan
196
saralashga ega bo’lingan holatda dalillar yanada ishonchli hisoblanadi. Misol
uchun, butun yil uchun sotishlar bo’yicha xo’jalik operatsiyalarining ixtiyoriy
saralashi ushbu yilning faqatgina dastlabki olti oyini o’z ichiga olgan saralashdan
ishonarliroqdir.
Birlashgan samara
. Dalillarning ishonarlilik darajasini ishonchliligi,
etarliligi va o’z vaqtidaligini umumiy baholashdan keyingina baholash mumkin.
Yuqori darajali ishonchli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan saralash agar o’sha
axborot o’z vaqtida bo’lgan holatdagina ishonarli bo’ladi. Xuddi shuningdek,
hajman katta, biroq ishonchsiz axborotlarni o’z ichiga olgan saralash ishonarli
bo’lmaydi.
Dalillarga nisbatan to’rt qaror bilan ularning ishonarlilik darajasini belgilab
beruvchi uch xususiyat o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa mavjud.
Auditor moliyaviy hisobotning muhim pozitsiyasi hisoblanuvchi tovar-
moddiy qimmatliklar bahosini tekshiryapti, deb tasavvur qilaylik. Umum qabul
qilingan auditorlik standartlari auditor tovar-moddiy qimmatliklari bahosida
haqiqiy ahvolni buzib ko’rsatuvchi holatlar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil
qilgan bo’lishini talab etadi. Shuning uchun, auditor ushbu tovar-moddiy
qimmatliklari bahosi bo’yicha ishonchli va o’z vaqtida olingan dalillarni etarli
hajmda to’plashi kerak. Bundan kelib chiqsak, u tovar-moddiy qimmatliklari
bahosini audit qilish uchun ishonarlilik talablarini qondiradigan amallarni,
shuningdek, tarkibida etarlilik talablarini qondirishi mumkin bo’lgan elementlar
mavjud saralash hajmini tanlashi lozim. Nihoyat, auditor ushbu amallarni qachon
bajarish lozimligini hal qilishi kerak bo’ladi. Dalillarga nisbatan ushbu to’rt qaror
uyg’unligi natijasida esa auditorda tovar-moddiy qimmatliklarini baholashda jiddiy
xatoliklar yo’qligiga ishonch paydo bo’lishi kerak. Tovar-moddiy qimmatliklari
bahosi haqida so’z yuritiladigan audit dasturi bo’limi esa bu qarorlarni aks ettirishi
lozim.
Ishonarlilik va qiymat
. Auditorlik dalillari haqida qarorlar qabul qilishda,
ularning nafaqat ishonchliligi va ishonarliligini, balki qiymatini ham hisobga olish
197
zarur. Axborotni tekshirish uchun faqat allaqanday bir turdagi dalillar zarur
bo’lgan holatlar juda kamdan-kam kuzatiladi. Bunday axborotning eng yaxshi
turini (yoki eng yaxshi turlari birikmasini) tanlashdan oldin, barcha muqobil
variantlarning ishonarliligi va qiymati diqqat bilan tahlil qilinishi kerak.
Auditorning maqsadi – ushbu ma’lumotlarni tekshirishda foydalanish mumkin
bo’lgan ishonchli va o’z vaqtida olingan dalillarni etarli hajmda qo’lga kiritishdan
iborat. Shuningdek, bu maqsadga imkon qadar kamroq xarajatlar bilan erishilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |