Samsung'ning smartfon ishlab chiqarishi Android yoki iOS chiqarilishidan oldin boshlangan Samsung smartfon ishlab chiqarishda pioner bo‘lmasligi mumkin, biroq kompaniya bu sanoatga birinchilardan bo‘lib jiddiy kirishganligi bilan ahamiyatlidir. 2001-yilda koreys kompaniyasi AQSh bozorida rangli displeyli ilk cho‘ntak kompyuterini namoyish qildi. CPH-i300 nomini olgan qurilma Sprint telekommunikatsiya tarmog‘i uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Palm nomli operatsion tizimda ishlagan. Unda odatiy cho‘ntak kompyuterlarining barcha funksiyalari va bunga qo‘shimcha ravishda telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish imkoni ham bor edi.
Shunday qilib, CPH-i300ni Samsung'ning AQSh bozori uchun ilk smartfon chiqarishga bo‘lgan harakati, deb baholash mumkin.
Samsung'ning eng ko‘p sotilgan telefoni E1100 dir Samsung'ning eng ko‘p sotilgan telefoni siz taxmin qilgan telefon bo‘lmasligi mumkin: 2009-yili chiqarilgan E1110 modeli dunyo bozorini zabt etgan. 2012-yilda bu modelning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgunga qadar 150 mln dona qurilma sotilgan. Bu ko‘rsatkich bilan esa E1110 butun dunyodagi eng ko‘p sotilgan sakkizinchi telefon bo‘lgan.
Samsung'ning eng ko‘p sotilgan smartfoni— Galaxy S4 Samsung ishlab chiqargan ikkinchi eng muvaffaqiyatli telefon bu butun dunyoda xaridlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda turuvchi – Galaxy S4'dir. Smartfonni 80 mln foydalanuvchi xarid qilgan, bu ko‘rsatkich bilan esa u Samsung'ning smartfon sohasidagi o‘z rekordi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, aqlli telefonlar savdosida hozirgacha S4 eng ko‘p sotilganlik reytingida iPhone 6, iPhone 6 Plus va Symbian OTida ishlovchi Nokia 5230 dan keyingi 3-o‘rinni egallab kelmoqda.
Samsung Android'ni sotib olishi mumkin edi, lekin. . . Android fonlar haqida gapirar ekanmiz, bir jihat e’tiborga molikdir: Samsung'da Android startapini sotib olish imkoni bor edi, biroq buni qo‘ldan boy bergan.
O‘zining «Dahanaki jang: Apple va Google'ning janjallashishi va revolyusiya boshlashi» nomli kitobida Fred Vogelshteyn (Fred Vogelstein) 2004-yilda Android startapi ustida ishlayotgan jamoaning loyihani davom ettirish uchun mablag‘ qidirgan paytlari haqida so‘z borgan. Loyihaning 8 nafar barcha a’zosi Janubiy Koreyaga Samsung'ning 20 nafar ijrochi direktori bilan uchrshishga boradi. Jamoa direktorlar kengashiga o‘zining mobil telefonlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish g‘oyasini ma’lum qiladi.
Biroq Android yaratuvchilaridan biri Endi Rubin (Andy Rubin)ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng Samsung'dagilar bir og‘iz ham gapirmagan. Direktorlar bunday kichik startap bilan operatsion tizim yaratish mumkinligiga ishonchsizlik bilan qarashgan.
Ikki haftadan so‘ng esa jamoadagilar ayni taklifni Google'ga kiritadi va shunday qilib Google startapni 50 mln dollarga xarid qiladi. Keyingi yillar davomida Android jamoasi va Google hamkorlikda ishlab, OTni yaratdi. 2008-yil oktabr oyida tizim butun dunyoga namoyish qilindi. Samsung o‘sha paytda Android'ni sotib olganda qanday o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishini bir o‘ylab ko‘rish kerak. Lekin bir narsa aniqki, agar xarid amalga oshirilganida, Android'ni hozir Google emas, balki Samsung boshqarayotgan bo‘lardi.
Samsung kompaniyasi tarixi haqida nimalarni bilasiz? Biz izlanishlarimiz oqibatida dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Samsung haqida 10 ta faktni yig‘dik va uni iszning hukmingizga xavola qilishni joiz deb topdik.