Hududiy nizolarni hal etishda uti possidetis iuris qoidasining roli.
“O‘zingiz ega bo‘lgan narsalarga egalikni davom ettirishingiz mumkin” (as you possess, so you may possess), degan Rim huquqidagi prinsipga asoslangan ushbu norma Ispaniyaning Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi eski mustamlakalarining mustaqillikka erishish paytida o‘z chegaralarini aniqlash maqsadida qo‘llanilgan. Bu qoida, mamlakatlarning hududiy chegaralarini aniqlab, ularni muvofiqlashtirish funksiyasiga egadir. Shundan so‘ng uti possidetis juris qoidasi Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari hisoblangan Niger va Benin o‘rtasidagi ko‘rib chiqilayotgan qo‘lingizdagi ushbu nizo, Burkino Faso va Mali davlatlari chegara nizosi, shuningdek Yugoslaviyaning parchalanishi paytidagi nizolarga ham qo‘llanilgach, butun dunyoda qo‘llaniladigan huquqning umumiy qoidasi darajasiga ko‘tarildi.
Ushbu tamoyil urushayotgan tomonga urush natijasida olgan hududni da’vo qilish imkonini beradi. Uti possidetis iuris prinsipi ayni paytdagi egalikni himoya qilib, u mulkning qanday qo‘lga kiritilganligiga qaramaydi. Shuningdek, de jure va de facto egalik o‘rtasidagi farqqa ham e’tibor bermaydi. E’tibor berish kerakki, mustamlaka davridagi ma’muriy chegaralar deyarli hech qachon aholi punktlari chegaralariga mos kelmagan va deyarli har doim ularni kesib tashlagan va natijada millatlar yangi davlatlar paydo bo‘lgan ichida qamalib qolishiga sabab bo‘lgan. Shu paytgacha, uti possidetis iuris barqarorlik va yakuniylik (stability and finality)ni qo‘lga kiritish uchun bunday bir xil qo‘llanishi millatlarning o‘z taqdirini belgilash (self-determination) va chegara masalalari bo‘yicha ko‘plab da’volarni keltirib chiqardi. Boshqa tomondan bu tamoyil dekolonizatsiya jarayonida paydo bo‘lgan yangi davlatlar tomonidan yuksak baholanadi, chunki bu ularning hududiy yaxlitligini kafolatlaydi. Bir necha yillar mobaynida ushbu prinsip hududlardagi chegaralarni tugatish, masalan, Yugoslaviya kabi vaziyatlarda chegaralarni nihoyasiga yetkazish uchun post-kolonial chegaralarga cho‘zilgan va qo‘llanilgan.
Xo‘sh, agar mustamlaka davridan yangi chiqqan ikki yangi davlatning o‘rtasidagi aloqalar, Uti possidetis iuris prinsipiga asoslanmagan bo‘lsa va ular orasidagi chegara masalalari yana ham murakkab bo‘lsa, u qanday yechilishi zarur degan haqli savol tug‘iladi. Chunki garchi tandiqiy tomonlar ko‘pligi qaramasdan, Uti possidetis iuris prinsipi huquqiy norma bo‘lib, taraflarning kuch ishlatish choralarini qo‘llashdan saqlab turadi. Bunday holatlarda esa Xalqaro Sud samaradorlik doktrinasidan foydalangan.
Sir emaski, uti possidetis iuris prinsipi Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlar uchun ham taalluqlidir. Chunki, SSSR rasman tugatilib, uning o‘rniga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligini tashkil etishni belgilagan 1991-yil 21-dekabrdagi Olmaota protokoliga muvofiq, sobiq ittifoqdoshlar har bir a’zo davlatning hududiy yaxlitligi va chegaralarining daxlsizligini tan olishgan va hurmat qilishga kelishib olishgan (recognizing and respecting each other's territorial integrity and the inviolability of the existing borders). Shunday ekan, sobiq Sovet Ittifoqidan ajrab chiqqan davlatlar uchun ham uti possidetis iuris prinsipining ahamiyati juda ham katta. Faqat ushbu muammoning ijobiy tomonlarini korish bilangina cheklanmaslik darkor. Sababi, xalqaro huquq bir paytning o‘zida uti possidetis iuris prinsipi orqali hududlarning yaxlitligini yoki bo‘linmasligini kafolatlasa-da, boshqa tomondan kamchilik millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipi (self-determination) masalasi ham borki, bu ikki prinsip hozirgi kunda nafaqat rivojlanayotgan dunyo mamlakatlari, balki G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika kabi dunyoning eng ilg‘or davlatlarida ham jumboqli huquqiy masalalarni keltirib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |