1.Ko'chirma gapni ozlashtirma gapga aylantirganda, darak gap shaklidagi ko'chirma gap kesimi qaysi kelishik shaklida va qaysi gap bo'lagi vazfasida keladi?
A. Gapning kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgatiriladi.
B. Gapning kesimi qaratqich kelishigidagi sifatdosh bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgatiriladi.
C. Gapning kesimi jo'nalish kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgatiriladi.
D. Gapning kesimi chiqish kelishigidagi harakat nomi hilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgatiriladi.
2. Ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirishda darak gap shaklidagi ko'chirma gap egasi qanday shakliy o'zgarishga ega bo'ladi?
A. Egasi toldiruvchiga o'zgatiriladi.
B. Egasi sifatlovchi aniqlovchiga o'zgartriladi.
C. Egasi ozgarmaydi.
D. Egasi qaratqich aniqlovchiga o'zgatiriladi.
3. Qavsi fikr notog' ri?
A. Ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirganda, muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.
B. Ko'chirma gapni o'zlashtirma gapga aylantirganda. so'roq,buyruq shaklidagi ko'chirma gaplar darak gap shakliga aylantiriladi.
C. Muallif gapining kesimi vazifasidagi aytdi sozi dedi so'zi bilan almashtiriladi.
D. Ko'chirma gap tarkibidagi undov, kirish so'zlar tushirib qoldiriladi.
4. Qo'shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo'lmagan yoki ketma-ket sodir bo'ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo'llangan hollarda qaysi tinish belgisi ishlatiladi?
A. Ikki nuqta C. Vergul
B. Nuqtali vergul D. Tire
5. Quyidagi qayasi bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari o'rtasida nuqtali vergul ishlatiladi?
A. Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar qizlar maktab hovlisini supurdilar
B. Hamal keldi amal keldi
C. Bizning qarorimiz shu hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
D. Xadicha xola bolalik chog'idagi singari uning beliga non tugib berdi peshonasidan o'pdi duo qildi irim qilib o'zi kuzatgani chiqmadi.
6. O'zlashtirma gap berilgan qatorni aniqlang.
А. “Zulmlanayotgan kishining qarg'ishidan saql'aning”, -deyiladi hadisda. В. “Otam
о 'ttiz уil burun, - dedi u, - Kaykovus arig 'ining mirobi bо 'lib ishlagan”.
C. Buyuk shaxslardan biri ishyoqmas va tekintomoq odamlarni asalni уеb qo 'yuvchi tekintomoq ariga о xshashini aytgan.
D. Hadisi sharifda aytiladi: “Qo’l ostingdagilarga mehribon bо’l”.
7. Qismlari teng bog'lovchilar yordamida bog'langan qo’shma gaplar qanday qoshma gaplar sanaladi?
A. Ergashgan qo'shma gap C. Bog'lovchisiz qo'shma gap
B. Boglangan qo'shma gap D. Murakkab qo'shma gaplar
8. Nisbiy so 'zlar juftligidagi so' roq olmoshlari qaysi gap tarkibida keladi?
A. Bosh gap gap tarkibida C. Har ikkala gap tarkibida
B. Ergash gap tarkibida D. Bu olmoshlarning ishtiroki shart emas.
9. Nisbiy so'zlar juftligida qapday olmoshlar qatnashadi?
A. So'roq, ko'rsatish, belgilash, kishilik C. So'roq, ko'rsatish, belgilash
B. So'roq, ko'rsatish D. So'roq, ko'rsatish, kishilik
11. Komakchili qurilma yordamida boglangan qoshma gapni toping.
A. Istagim shuki, hammangiz ahil boling.
B. Rustam supaga joy qildirib berdi-da, ozi qayoqqadir ketdi
C. Kun issiq edi, shuning uchun chomilgani ketishdi.
D. Biz ishonamizki, siz hech qachon yengilmaysiz.
12. Shuni bilki, sen ozod Vatan farzandisan gapining qismlari qanday bog'lovchi vosita bilan bog'langan?
A. Teng bog'lovchi yordamida C. Yuklama yordamida
B. Ergashtiruvchi bog'lovchi yordamida D. A va B javoblar
13. Husayin voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs deb yozadi Najmiddin Komilov “Tafakkur karvonlari” asarida U Navoiyga bag‘ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do‘sti edi.
Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapning qolipini aniqlang.
A. “K, – M, – K”.
B. “K”, – M, – “K”.
C. “K – M – K”.
D. “K, – M. – K”.
14.Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar // qizlar maktab hovlisini supurdilar.
Ushbu qo‘shma gap qismlari orasiga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi?
A. ikki nuqta
B. vergul
C. nuqtali vergul
D. tire
15.Sodda gap berilmagan javobni aniqlang.
A. Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga
amal qilasiz.
B. Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi
mavj urib turgani uchun ham sevaman.
C. Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas.
D. Ko‘karmagan daraxtni, albatta, kesish va o‘rniga yangisini ekish kerak.
16. Koʻchirma gap deb nimaga aytiladi?
17. Koʻchirma gapli qoʻshma gap necha qismdan iborat boʻladi?
18. Koʻchirma gapli qoʻshma gapga misol yozing va uni oʻzlashtirma gapga aylantiring.
19. Undalma nima?
20. Qanday holatda koʻchirma gapli qoʻshma gap sodda gap shaklini oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |