A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.3-rasm. A.I.Vasilev muvozanatli konusi: 1 – taglik; 2 – belgi; 3 – qo„l bilan 
ushlagich; 4 – konus; 5 – grunt namunali stakan; 6 – muvozanatlovchi shar. 
 
David  George  Price  [2]  bo„yicha  gilli  tuproqlarning  muhim  bo„lgan 
omili  Atterberg  (BS1377)  chegarasi  bo„lib,  u  suv  miqdorining  gilli 
tuproqlarda o„zgarishini  samarali  o„rganish  uchun ishlatiladi.  Gilli  material 
juda  yumshoq  bo„lib,  suv  ajralib  chiqish  chegarasida  bo„ladigan  uning  suv 
miqdorining  chegarasi  suyuq  chegara  (LL)deb  belgilanadi.  Materialning 
 


94
 
 
qurishi  natijasida  undan  kuchlanish  olinganda  shaklini  o„zgartirmasdan  qolsa  va 
suvning miqdori undan kam bo„lganda mo„rt holda sinsa, bunday namlik plastiklik 
chegarasi deb ataladi. Plastiklik indeksi (PI) – tuproq plastmassali material sifatida 
bo„lgandagi  suv  miqdorining  diapazonini  belgilaydi  va  u  quyidagi  ifoda  bilan 
aniqlanadi:  
                                                   PI LL – PL                                                 (3.2) 
 
Keltirilgan  hamma  chegaralar,  gruntlarning  plastik  holatida  mexanik  bo„l-
magan  xossalarini  tavsiflamasdan  namlikning  qandaydir  qiymatida  grunt 
tarkibidagi  minerallarning  xossalarini  tavsiflashini  anglash  qiyin  emas.  Shulardan 
kelib  chiqib,  qo„llanilayotgan  plastiklik  chegaralari,  namlikning  chegarasini  aks 
ettiruvchi, gruntlarning shartli bilvosita plastiklik ko„rsatkichlari hisoblanadi.  
 
Bog„langan gruntlarning plastikligi gruntning qattiq zarralarini, shuningdek, 
unga  ta‟sir  qiluvchi  suyuqlikning  tarkibi  va  xossalari  bilan  aniqlanadi.  Birinchi 
guruh  omillariga  granulometrik  va  mineral  tarkibi,  zarraning  shakli,  almashinuv 
tarkibi  taalluqlidir.  Suyuq  komponentlarning  xossalari  va  ularning  plastiklikka 
ta‟siri  ularning  kimyoviy  tarkibi  va  erigan  moddalar  konsentratsiyasi  bilan 
aniqlanadi.  
 
Gruntlarning  plastikligiga  ta‟sir  qiluvchi  eng  muhim  omillardan  bir  granu-
lometrik  tarkib  hisoblanadi.  Plastiklik  xossalarini  diametri  5  mkm  dan  kichik 
bo„lgan zarralarda keskin yuzaga kela boshlashi aniqlangan deb hisoblasa bo„ladi. 
P.F.Melnikov  fikri  bo„yicha  3-2  mkm  o„lchamli  fraksiyalarning  plastikligi  bo„sh 
namoyon  bo„ladi.  1  mkm  dan  kichik  bo„lgan  zarralar  plastikligi  katta  bo„ladi.  U 
gilli fraksiyalarning dispersligiga juda katta bog„liq bo„ladi va unda kolloidlarning 
miqdori oshishi bilan proporsional oshadi. Organik kolloidlar bo„lganda, xususan, 
kuchli oshadi. 
 
Gruntlarning mineral tarkibi ham ularning plastikligini (3.3-jadval) sezilarli 
darajada belgilaydi. Chunki har xil minerallar suv bilan o„zaro har xil ta‟sirlanadi. 
Bundan tashqari, minerallarning kristall panjarasining tuzilishida zarralar shakliga 
bog„liq  bo„ladi,  u  o„z  navbatida  plastiklik  qiymatiga  ta‟sir  qiladi.  Eng  katta 
plastiklikka shakli plastinkali va bargsimon bo„lgan mineral ega bo„ladi.  


95
 
 
3.3-jadval 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish