A. D. Kayumov gruntshunoslik


Tarkibiy qismi bo‘yicha massivlarning muhandis-geologik tavsifi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Tarkibiy qismi bo‘yicha massivlarning muhandis-geologik tavsifi 
 
Massivlar 
Qoyatog„ 
gruntlaridan 
tuzilgan 
Magmatik tog„ jinslaridan tuzilgan 
Metamorfik tog„ jinslaridan tuzilgan 
Cho„kindi  
tog„ jinslari-
dan tuzilgan 
suvda 
erimaydi 
sementlashgan donador 
kremniyli mustahkam 
suvda 
eriydi 
karbonatli 
sulfatli va galoidli, ko„pincha sulfat-
dolomitli 
ko„pincha sulfatli va galoidli 
Dispers 
gruntlardan 
tuzilgan 
Yirik donali 
Qumli 
Changli (lyossimon) 
Gilli 
Aralash tarkibli 
Qoyatog„ va 
dispers grunt-
lardan tuzilgan 
Donador va dispers qumli-gilli sementlashgan 
Qoyatog„li eruvchan va dispers qumli-gilli 
Semenlashgan va donador, karbonatli, sulfatli va dispers qum-gilli 
 
Qoyatog„ gruntlaridan tuzilgan strukturasi buzilmagan (yoriqliklarsiz, nura- 


214
 
 
magan,  dislokatsiya  qilinmagan)  massivlar  yuqori  mustahkamlikka,  deformatsiya 
ko„rsatkichlarining  yuqori  qiymatiga,  juda  kam  suv  o„tkazuvchan-likka  ega 
bo„ladilar.  Ular  tabiiy  yon  bag„irlarda  va  yo„l  o„ymalari,  qurilish  kotlovanlari, 
karyerlar, har xil yer osti ishlanmalarini yon qiyaligida turg„un bo„ladi. Qoyatog„ 
gruntining fizik-mexanik va filtratsiya xossalarini belgilovchi asosiy omili ekzogen 
va endogen jarayonlar natijasida hosil bo„lgan uning yoriqliklaridir. Massivlarning 
petrografik  tarkibi  ikkilamchi  ahamiyatga  ega.  Bunga  faqat  massivning  bitta 
petrografik  xususiyati  –  eruvchan  tog„  jinslari  kirmaydi.  Bu  xususiyatidan  kelib 
chiqib  massivlar  eruvchan  va  erimaydigan  tog„  jinslaridan  tuzilgan  turlarga 
bo„linadi.  
 
Dispers  gruntlarning  massivi  ular  tuzilgan  jinsning  granulometrik  va 
mineralogik tarkibiga bog„liq ravishda juda xilma xil xossaga ega bo„ladi. Shuning 
uchun  qumli,  gilli  va  lyossli  jinsli  massivlarga  farq  qilish  kerak.  Kam  tarqalgan 
bo„lsa  ham  donador  gruntli  massivlarni  mustaqil  guruhlarga  ajratish  mumkin. 
Dispers gruntlarning umumiy xususiyati ularning suv ta‟sirida o„zining holatini tez 
o„zgartirishidir.  Bu  o„zgarishning  tavsifi  va  jadalligi  massiv  tuzilgan  gruntning 
granulometrik va mineralogik tarkibiga bog„liq bo„ladi.  
 
Gilli  va  lyossli  gruntlarning  massivlari  suvga  ta‟siriga  nisbatan  har  xil 
xossaga ega, o„zlarini inshoot asosida tog„ yon bag„ri qiyaligida har xil tutadilar. 
Avvalgi  bo„limlarda  lyosslarda  cho„kuvchanlik  bo„lishi,  gillarda  plastik 
deformatsiya  yuz  berishi  va  boshqalar  to„g„risida  so„z  borgan.  Qumli  va  yirik 
donali jinslarga suv ta‟sir qilganda yer osti ishlanmalarida, qurilish kotlovanlarida 
suffoziya, ivish va oqishlar ro„y berishi mumkin. 
 
Bir xil jinsli guruhlardan iborat dispers gruntlarning massivi keng tarqalgan. 
Masalan  qumli  massivlar  Belorussiyada,  Hitoyda,  Qoraqum  va  Qizilqumda, 
lyossimon  massivlar O„rta Osiyoda, gilli jinslrning massivlari Rus platformasida. 
Dispers  gruntlarning  har  xil  guruhlaridan  iborat  massivlari,  ko„pincha  gilli  va 
qumli  ko„pchilik  joylarda  uchraydi  va  keng  tarqalgandir.  Ularning  fizik-mexanik 
va filtratsion xossalari juda xilma xildir. 
 
«Massivning tuzilishi» tushunchasi juda kengdir. U o„ziga massiv hosil 


215
 
 
bo„lgan  geologik  tana  shaklini,  uning  ichki  strukturasini  (har  xil  tarkibli  jinslar 
nisbati,  qatlamlarning  ketma-ket  kelishi,  ularning  qalinligi,  joylashuvi  va  b.), 
tektonik buzilganligini qamrab oladi. Massivning bu har bir tavsifi ma‟lum omillar 
ta‟sirida  shakllangan  va  massivning  murakkab  geologik  tarixini  aks  ettiradi. 
Massivning  tuzilish  qonuniyatlari  ikkita  guruh:  petrogenetik  va  tektonik  omillar 
bilan belgilanadi. 
 
Petrogenetik omillar massiv tuzilishining moddiy kompleksi sifatida farqini 
aniqlaydi. Cho„kindi, magmatik yoki metamorfik jinslardan iborat jinsli massivlar 
har  xil  ichki  strukturaga  egadirlar.  Cho„kindi  qatlamlarning  shakllanishida 
paleogeografik sharoit, metamorfizmda termodinamik sharoit, magma eritmasining 
kiristallashuv  sharoiti  katta  ahamiyatga  ega.  Fatsiyalarning  almashinuvi, 
qatlamlarning  ketma-ket  kelishi,  ularning  qalinligi  yer  qa‟rini  tektonik  harakatiga 
bog„liq.  
 
Petrogenetik  omilni  tektonik  omildan  ajratib  bo„lmaydi.  Bunda  tektonik 
dislokatsiyalar  muhim  ahamiyatga  ega.  Jins  massivi  tektonik  tuzilishining  har  xil 
turlari mavjud: buramali, buramali-blokli yoki blokli, qatlamli va boshqalar.  
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish