A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Grunt massivining asosiy tektonik tuzilishi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
5.1-rasm. Grunt massivining asosiy tektonik tuzilishi: 1 – gruntlari gorizontal 
yotgan; 2 – gruntlari monoklinal yotgan; 3 – oddiy buramali tuzilish; 4 – murakkab 
buramali tuzilish; 5 – uzilgan dislokatsiyali monoklinal yotish; 6 – uzilgan 
dislokatsiyali murakkab buramali tuzilish; 7 – o„zgargan gruntlar tutash joyidagi 
oreolli yirik magmatik intruzi; 8 – intrudirlangan magmatik jismli murakkab 
buramali tuzilish. 
 
Keltirilganlardan, tog„ jinsi muhandislik inshootining asosi yoki bu inshoot 
joylashgan  joy  sifatida  o„zini  tutishini  baholash  uchun  faqat  gruntlar  xossalarini 
namunalarda  aniqlab  qolish  kerak  emas,  balkiy  tabiiy  yotish  sharoitida  ham 


210
 
 
aniqlash  lozim.  Bu  juda  muhim,  chunki,  ko„pchilik  gruntlarning  xossalarini 
qiymati o„xshash emas. Tog„ jinslarining har xil fizik-mexanik tavsiflarini ko„plab 
aniqlash 
(elastik 
to„lqinlarning 
tarqalish 
tezligi, 
deformatsiyalanishi, 
mustahkamligi va b.), bu ko„rsatkichlar sinalayotgan namunaning hajmiga bog„liq 
ravishda  o„zgarishini  ko„rsatadi.  Bunda  sinalayotgan  namunaning  hajmi  deganda 
bir  necha  kub  santimetr  o„lchamli  yoki  og„irligi  bir  necha  gramm  bo„lgan 
laboratoriya  namunalari  (proba),  shuningdek,  tabiiy  yotishda  olingan  qandaydir 
jinsning,  o„lchami  o„nlab  metr  kub  yoki  og„irligi  bir  necha  tonnali  hajmi 
tushuniladi. Tog„ jinslarining xossalarini ko„rsatkichlarining sinalayotgan namuna 
o„lchamiga bog„liq holdagi farqlari, uni tarkibi va tuzilishining bir emasligi bilan 
belgilanadigan, masshtabli effekt deb ataladi.  
«Tog„  jinslarining  massivi»  tushгnchasiniтп  muhandis-geologik  talqini 
quyidagi  aniqlashtirishda  to„liq  keltiriladi:  «Tog„  jinslarining  massivi»  deganda 
geologik strukturani yoki uning qismini hosil qiluvchi va faqat unga xos bo„lgan 
tarkibi,  tuzilishi  va  muhandis-geologik  qonuniyatlarini  tavsiflovchi  geologik  jism 
tushuniladi. Inshootlarning tog„ jinslariga ta‟sir doirasi ayrim hollarda massivning 
bir qismini qamrab olishi mumkin, boshqa hollarda – bir necha massivga tarqalishi 
mumkin,  masalan  yirik  temir  yo„l  yoki  gidrotexnik  tunnelniтп  ta‟sir  doirasiga 
o„xshab.  «Tog„  jinslarining  massivi»  ko„pincha  qoya  tog„  jinslariga  nisbatan 
qo„llaniladi,  hamma  yuqorida  keltirilgan  tushuncha  dispers  gruntlarga  nisbatan 
ham taalluqli bo„lishi to„g„ridir. Alohida, qoya tog„ jinslaridan iborat massivlarga 
tegishliligi,  ularni  muhandis-geologik  baholash  uchun  tog„  jinslarining  tavsiflari 
umuman  yetarli  emas;  massivning  fizik-mexanik  va  suv-fizik  xossalarini 
belgilovchi  ko„plab  omillarni  o„rganish  kerak  bo„ladi.  Dispers  gruntlardan  iborat 
massivlar ko„pincha «gruntli qatlam» deb ataladi. 
Keltirilgan  aniqlashtirishlardan  tog„  jinslarining  massivi  deb  har  xil 
o„lchamdagi geologik jismni tushгnish kerak bo„ladi. Oxirgisiga bog„liq ravishda 
to„rt  xil  tartibli  massivlarga  farqlanadi.  Birinchi  tartiblisi  –  bu  o„zining  hajmi 
bo„yicha  yirik  jism,  burama,  monoklinal  yoki  strukturali-tektonik  blokka  to„g„ri 
keluvchi  geologik  struktura.  Birinchi  turdagi  massivlar,  odatda,  bitta  geologik 


211
 
 
formatsiyaga mos keluvchi jinslardan tuzilgan bo„ladi, ularning chegarasi geologik 
formatsiyaning  chegarasi  yoki  regional  yoriqliklar  chegarasi  bo„lishi  mumkin. 
Birinchi  turdagi  massivning  u  tuzilgan  litologik  komplekslarning  nisbati  va 
yeg„indisi, ichki formatsiyali dislokatsiyaning nisbati va tavsifidan iborat bo„ladi.  
Ikkinchi tartibli massivlar kichik o„lchamga ega bo„ladi  – o„nlab va yuzlab 
metrga,  ular  ko„pincha  hajmiga  nisbatan  litologik  makro-fatsiyaga  to„g„ri  keladi. 
Asos  va  har xil  muhandis  inshootlarning muhiti sifatida ikkinchi tartibli  massivni 
baholashda  ular  murakkab  va  bir  xil  bo„lmagan  tarkibli,  tuzilishli  va  xossali 
geologik jism sifatida ko„riladi.  
Uchinchi  tartibli  massiv  –  o„lchami  bir  necha  metrdan  bir  necha  o„n 
metrgacha  bo„lgan  litologik  (petrografik)  bir  xil  bo„lgan  jism,  to„rtinchi  tartibli 
massiv – bu uchinchi darajali massivning alohida qismlari, faqat bir xil petrografik 
tarkibi  bilan  tavsiflanmasdan,  jinslarning  bir  xil  holati  (bir  xil  yoriqliklari, 
bloklarining bir xil o„lchami) bilan tavsiflanadi.  
Tog„  jinslarining  massivlari  ko„pincha  bir  biridan  yoriqliklar  bilan  uzilib 
ajratiladi.  Bu  buzilgan  yoriqliklar  (diz‟yunktivi)  ham  har  xil  o„lchamli  geologik 
jism  sifatida  ko„riladi.  Uzunligi  bir  necha  ming  metrdan  o„nlab  va  kengligi  bir 
necha  kilometrdan  bir  necha  metrgacha  bo„ladi.  Dizyunktivlarning  ichki  tuzilishi 
va  o„lchamlariga  bog„liq  ravishda  massivlar  bir  necha  tartibga  bo„linadilar. 
Ularning  ichida  eng  yirigi  –  birinchi  tartibli  massiv  –  bir  necha  surilish  yuzali 
murakkab  hudud  tuzilishga  javob  beruvchi  hisoblanadilar.  Ikkinchi  tartibli 
massivga  bitta  surilish  yuzali  dizyunktivi  oddiy  tuzilishga  ega  bo„lgan  va 
jismlarning tektonik buzilish hudud bilan aniqlanuvchilar taalluqli bo„ladi. Har bir 
bunday  hudud,  o„zining  navbatida  uchinchi  tartibli  massiv  sifatida  ko„rilishi 
mumkin.  Uchinchi  tartibli  massivning  har  bir  maydoni  jinslarning  bir  xil 
dinamometrik ishlashi bilan tavsiflanuvchi, to„rtinchi darajali massivni aks ettiradi. 
Shunday  qilib,  ikkala  holda  ham  ikkinchi  tartibli  massiv  bir  xil  tarkibli, 
tuzilishli,  holatli  va  xossali  geologik  jismni  aks  ettiradi.  Bunday  massivlar 
muhandis-geologik element deb ataladi. 
Har xil tartibli massivlarning o„zaro ajratilishi katta amaliy ahamiyatga ega. 


212
 
 
Har bir konkret holat uchun, qo„yilgan masalaga bog„liq ravishda, tog„ jinslarining 
massivlari  har  xil  darajali  mufassallikda  o„rganiladi  va  baholanadi.  Regional 
muhandis-geologik tadqiqotlarda, har xil turdagi qurilish uchun qidirish ishlari olib 
borishda birinchi tartibli massivlarni ajratish yetarli bo„ladi, massivning bo„linish 
mufassalligi  muhandis  inshootining  tavsifiga  va  muhandis-geologik  qidirishning 
bosqichiga  bog„liq  bo„ladi.  Bu  masalalar  maxsus  muhandis-geologik  kurslarda 
alohida ko„riladi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish