A burxanov, O. Sattorqulov, G‗. Berdiyev, D. Eshpulatov mintaqaviy iqtisodiyot darslik


Energetika sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rivojlanishi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/253
Sana17.07.2022
Hajmi6,22 Mb.
#816715
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   253
Bog'liq
portal.guldu.uz-Mintaqaviy iqtisodiyot

Energetika sohasining hozirgi holati va istiqboldagi rivojlanishi. 
«O‗zbekenergo» aktsiyadorlik jamiyati O‗zbekiston Respublikasidagi 
elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan 
biri hisoblanadi hamda respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr 
energiyasiga bo‗lgan ehtiyojlarini to‗liq qondiradi. 
Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyojni 
qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va 
rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish 
texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish obyektlarini qurish, elektr 
energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‗i-


179
energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining 
asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning 
barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish 
ko‗zda tutilgan. 
Respublika 
elektr 
energetikasi 
xaqli 
ravishda 
O‗zbekiston 
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish 
va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq 
farovonligiga salmoqli hissa qo‗shib kelmoqda. 
«O‗zbekenergo» AJ elektr energetika sohasidagi maxsus vakolatli 
organ 
bo‗lib, 
respublika 
iqtisodiyoti 
tarmoqlari 
va 
aholisini 
markazlashtirilgan holda elektr energiyasi bilan ta‘minlaydi, shuningdek 
respublikaning bir qator shaharlaridagi sanoat va kommunal-maishiy 
iste‘molchilariga issiqlik energiyasini yetkazib beradi. 
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining, elektr energiyasini taqsimlash 
va iste‘mol qilishning o‗ziga xosligi jamiyat tarkibiga kiruvchi elektr 
stansiyalar, 
magistral 
va 
taqsimlovchi 
elektr 
tarmoqlarini 
markazlashtirilgan holda boshqarishni saqlash zarurligini taqozo etadi. 
2017 yilda elektr stansiyalarning o‗rnatilgan quvvati jami 14,1 mln.kVt 
dan ortiq bo‗lib, «O‗zbekenergo» AJ tomonidan 13,6 mln.kVt elektr 
energiyasi ishlab chiqarilgan. 
2017 yilda respublika bo‗yicha 58,9 mlrd.kVt∙s elektr energiyasi ishlab 
chiqarilgan bo‗lib, bundan 52,14 mlrd.kVt∙s issiqlik elektr stansiyasi (IES) 
hissasiga to‗g‗ri keladi, shuningdek 7,3 mln.Gkal issiqlik energiyasi 
yetkazib berilgan. 
Elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalardan umumiy uzunligi 8,8 
mingdan ortiq bo‗lgan 220-500 kV quvvatli magistral elektr tarmoqlari 
orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini yetkazib 
berish ishlari «O‗zelektrtarmoq» unitar korxonasi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Elektr energiyasini respublika iste‘molchilariga sotish har bir hududiy 
tuzilmada aktsionerlik jamiyati sifatida faoliyat ko‗rsatuvchi 14 ta hududiy 
taqsimlash-sotish korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Korxonalar balansida umumiy uzunligi 226,2 ming kilometrdan ortiq 
elektr uzatish liniyalari va kuchlanishi 110 kV gacha bo‗lgan kichik 
stansiyalar mavjud. 


180
Umumiy uzunligi 196 ming kilometrdan ortiq 0,4-6-10 kV kuchlanishli 
elektr tarmoqlari eng keng tarqalgan bo‗lib, ular orqali elektr 
energiyasining ko‗p qismi respublika iste‘molchilariga yetkazib beriladi. 
«O‗zbekenergo» AJ loyihalash, qurilish-montaj va sozlash ishlarini 
amalga oshiruvchi hamda elektr stansiyalari va tarmoqlarining asosiy va 
yordamchi uskunalarini ta‘mirlash va ulardan foydalanish bilan 
shug‗ullanuvchi yagona ishlab chiqarish majmuasi hisoblanadi. 
«O‗zbekenergo» AJ da rivojlangan ishlab chiqarish bazasi va yuqori 
malakali xodimlarning mavjudligi, energetika sohasidagi qurilish ishlarini 
yuqori darajada olib borish imkonini beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‗zbekenergo» AJ da 2018 
yildan 2021 yilgacha bo‗lgan davrda tarkibiy o‗zgarishlar, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish» bo‗yicha 
farmoniga muvofiq umumiy qiymati 11 mlrd. AQSH dollariga teng bo‗lgan 
52 ta, shu jumladan issiqlik energetikasida 25 ta investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish nazarda tutilmoqda. 
Issiqlik energiyasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan, 
energobloklarning foydali ish koeffitsiyenti 60 foizgacha yetadigan yuqori 
samarali bug‗-gaz va gaz-turbina qurilmalari asosida zamonaviy energiya 
ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish imkonini beradi. 
Shuningdek, «O‗zbekenergo» aktsiyadorlik jamiyatida, elektr 
energiyasini 
yetkazib 
berishni 
nazorat 
qilish 
va 
hisoblashning 
avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bilan respublikaning barcha 
hududida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadigan 
elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiya qilish masalalariga 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
Noan‘anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni 
rivojlantirish sohasida, Samarqand, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 
quvvati 100 MVt dan bo‗lgan quyosh elektr stansiyalarini hamda Navoiy 
viloyatida quvvati 102 MVt ga teng shamol elektr stansiyasini qurish 
rejalashtirilgan. 
Zamonaviy texnologiyalar va energiya tejovchi uskunalarni joriy etish 
bilan belgilangan dasturni amalga oshirish, elektr energiyasini yetkazib 
berish uchun maxsus yonilg‗ining solishtirma sarfini 10 foizgacha 
qisqartirish bilan elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini 
sezilarli 
darajada 
oshirish, 
yoqilg‗i 
energetika 
balansining 
diversifikatsiyasini qattiq yoqilg‗ining ulushini 2016 yildagi 5,2 foizdan 


181
2021 yilda 7,1 foizgacha ko‗tarish bilan amalga oshirish va 
iste‘molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyojini 
qondirish imkonini beradi. 
Mamlakatimizda jami 14 ming megavatt elektr energiyasi ishlab 
chiqarish quvvatlari mavjud bo‗lib, uning 86 foizi issiqlik elektr 
stansiyalari hissasiga to‗g‗ri keladi. 
Biroq, issiqlik elektr stansiyalari quvvatlarining 84 foizi qariyb yarim 
asr avval ishga tushirilgan bo‗lib, ular ham 83 foizga ishlamoqda, xolos. 
Rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish 
uchun 240-260 gramm yoqilg‗i sarflansa, mamlakatimizdagi ayrim 
stansiyalarda 2 barobar ko‗p yoqilg‗i sarflanadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida elektr energiyasiga 
bo‗lgan talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga etadi. 
Mamlakatimizda elektr energiyasi asosan tabiiy gazni yoqish evaziga 
ishlab chiqariladi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda 2030-yilga 
borib uni yanada ko‗proq sarflash – tiklanmaydigan tabiiy resurslarning 
juda katta miqdorini uvol qilish deganidir. 
Mamlakatimizda 2030-yilga borib qo‗shimcha talab etiladigan 12,5 
ming megavatt quvvatlarni yaratish chorasini ko‗rish, jumladan, bug‗-gaz 
qurilmalari, atom elektr stansiyasi, gidroelektrstansiyalar barpo etish va 
mavjudlarini modernizatsiya qilish, Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh 
issiqlik elektr stansiyalaridagi energobloklarni yangilash, shuningdek, 
davlat-xususiy sheriklikni elektr energiyasi tizimiga ham joriy qilish orqali 
zarur bo‗ladigan quvvatlarni qoplash ishlari amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda sohaga xususiy sektorni jalb qilish, shuningdek, davlat-
xususiy sheriklik mexanizmining huquqiy, institutsional, texnologik 
asoslari ishlab chiqilishini ta‘minlash masalalariga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. Oddiy misol, Turkiyada 60 foiz, Janubiy Koreyada 20 foiz 
elektr energiyasi xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. 
Hozirgi holatda sohada 30 yildan ko‗proq vaqtdan buyon foydalanib 
kelinayotgan tarmoqlar ulushi 62 foizni tashkil etadi, taqsimlovchi 
tarmoqlarda liniyalarning 57 foizi va 39,6 mingta transformator manan 
eskirgan. 
2017-2021 yillarga mo‗ljallangan dasturga asosan joriy yilda 34 ming 
kilometrlik elektr uzatish tarmog‗i va 7 ming transformator punktida, 2019-
yilda 7 ming kilometr elektr uzatish tarmog‗i va 2 ming transformator 
modernizatsiya qilinishi lozim. 


182
Bugungi kunda sohaning energiya ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar 
barpo etish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, qayta 
tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish asosiy vazifasi sifatida 
belgilangan. 
«O‗zbekenergo» AJning 1,4 mln. kVt quvvatga ega bo‗lgan gidroelektr 
stansiyalari kaskadlarga bo‗linib, suv oqimida ishlaydi. 
2018 yilda gidroelektr stansiyalar tomonidan 5501,0 mln.kVt·soat 
elektr energiyasi ishlab chiqarildi. 
«O‗zbekenergo»AJda bir qator investitsiya loyihalari doirasida ishlar 
amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Farhod GESni modernizatsiya qilish», 
«Quyi-Bozsuv GESlar kaskadini modernizatsiya qilish (GES-14)», 
«Qodiriya GESlar kaskadini modernizatsiya qilish (GES-3)», «Toshkent 
GESlar kaskadini modernizatsiya qilish (GES-9)», «Shahrixon GESlar 
kaskadini modernizatsiya qilish (GES JFK-2)» investitsiya loyihalaridir. 
Modernizatsiya 
qilish 
jarayonida 
gidroagregatlarni 
turbina, 
generatorlari, elektrotexnik va gidromexanik uskunalarini almashtirish 
rejalashtirilgan. Buning natijasida uskunalarning mustahkamligi va 
foydalanish muddatini uzaytirish ko‗zda tutilgan. 
O‗zbekistonda 430dan ortiq daryolar mavjud. Har yili Oʻzbekistonda 
ishlab chiqarilayotgan 60 milliard kVt/soat energiyaning 6,5 mlrd GESlar 
hisobidan amalga oshiriladi. Yaqin bir necha yil ichida Respublika 
energosanoatida GESlar ulushi 27,4 milliardov kVt/soatga yetkazish 
kutilmoqda. 
Mamlakatda O‗rta Osiyoda eng yirik gidro obyektlardan biri — Pskom 
GESini qurishni boshladi. 
Toshkent viloyatining Bo‗stonliq tumanida Pskom daryosida 
joylashgan yangi gidroelektrostantsiya, yirikligi bo‗yicha O‗zbekistonda 
Chorvoq GESidan keyin, ikkinchi o‗rinda bo‗ladi. Uning quvvati 400 
MVtni tashkil qiladi, yillik energiya ishlab chiqarish hajmi — 900 mln 
kVtG‗soatni tashkil qiladi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish