MURABBA — MURABBO
Murabba—to’rt tomoni baravar burchak kvadrat (she’riyatda — to’rtlik).
Murabbo — qiyom.
MURVAT-MURUVVAT
Murvat — burab ochiladigan narsa; vint.
M u r u v v a t — mardlik yuzasidan qilinadigan sahovat, yaxshilik shafqat.
NAV — NOV
N a v — biror narsa xili, turi.
Nov — yomg’ir, suvlarni oqizish uchun yog’och yoki tunukadan maxsus qilingan tarnov.
NAR — NOR
Nar — sher, mushuk yoki qushlarning erkagi.
Nor — bir urkachli tuya.
NASHA — NASH’A
Nasha — chekish tufayli kishiga zararli kayf beradigan modda va shu modda olinadigan o’simlik
N a sh ‘ a — zavq, kayf, safo.
OTALIK —OTALIQ
O t a l i k — ota so’zidan belgi oti.
Otaliq — biror korxona yoki muassasannng boshqa bir tashkilotni biror yordam ko’rsatish maqsadida o’z raxbarligiga olishi.
OQIM — OQIN
O q i m — biror narsannng harakat jarayoni.
O q i n — xalq shoiri, baxshi.
OQLIK —OQLIQ
O q l i k — oq so’zidan belgi oti.
O q l i q — sut-qatiq mahsulotlari.
OG’U —OG’UV
O g’u — zahar.
O g’ u v — og’moq fe’lidan ish oti.
PAY-POY
Pay — muskul.
Poy — juft narsalarning (ko’pincha oyoq kiyimlarining) biri.
PAYDO —FOYDA
P a y d o: paydo bo’lmoq— yuzaga chiqmoq, yuzaga kelmoq, hosil bo’lmoq.
F o y d a — naf, manfaat.
PAKT-FAKT
Pakt — siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro shartnoma, bitim.
Fakt — dalil, asos.
PALAK — FALAK
P a l a k — gul solingan choyshab, so’zana.
F a l a k — osmon gumbazi, osmon, ko’k
PANTON —FONTAN
P a n t o n: P a n t o n k o’ p r i k — suv ustiga vaqtincha qurilgan ko’prik
Fontan — truba yoki teshiklardan yuqoriga qarab-otilib turgan suv, favvora.
Do'stlaringiz bilan baham: |