Ish hajmini kengaytirish va mazmunini boyitish uslublari charchashning
salbiy oqibatlari va ular bilan bog’liq mehnat unumdorligining pasayishiga barham
beradi. Ishning zeriktirishini kamaytirish maqsadida ish hajmini kengaytirish buning
bir vositasidir. Bu xodimga bir-biri bilan bog’liq xilma-xil vazifalarni o’z kasbiy
malakasi darajasida hal etishiga imkoniyat yaratadi. Ish mazmunini boyitish katta
malaka talab etadigan vazifalar qo’yish, qaror qabul qilish mas’uliyatini oshirish,
ayrim tashabbuslarni ko’tarishda kenfoq erkinlik berishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |