A. B. Xayitov, A. M. Akbarov personalni



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/562
Sana02.01.2022
Hajmi3,6 Mb.
#312213
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   562
Bog'liq
3641-Текст статьи-9417-1-10-20201126

Anri Fayolning 
ham boshqaruv nazariyasini boyitishda 
munosib  o’rni  bor.  U  ishlab  chiqqan  tamoyillar  bugungi  baynalmilal  menejment, 
xususan  Evropa  mamlakatlari,  AQSH  va  Yaponiya  mamlakatlari  uchun  o’z 
ahamiyatini yo’qotmagan. 
A.  Fayolning  fikricha,  mehnatni  tashkil  etishda  quyidagi  tamoyillarga  amal 
qilish lozim: 
1.
 
Mehnat taqsimoti. 
Mehnat  taqsimotining  maqsadi  bir  xil  kuch-g’ayrat  sarflagan  holda  ishlab 
chiqarish miqdori va sifatini oshirishdir. 
2.
 
Rahbariyat - majburiyatdir. 
Rahbariyat  farmoyish  beruvchi  hamda  bu  farmoyishga  bo’ysundiruvchi 
kuchdir.  Rahbariyatni  mas’uliyatsiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi,  ya’ni  rahbarlik  amal 
qiladigan hamma joyda mas’uliyat ham paydo bo’ladi. 
3.
 
Intizom. 
                                                        
1
 
Бернол Дж.Десмонд. Мир без войны. М.: Иностранная литература, 1960. – С. 241 – 242.
 
2
 
Богданов А.А. Тектология (всеобщая организационная наука), Москва, 1989. – С. 30. 


 
20 
Intizom  -  mohiyat jihatidan bo’ysunish, o’zini  idora etish qobiliyati, korxona 
va  uning  xizmatchilari  o’rtasidagy  bitimga  muvofiq  ko’rsatiladigan  tashqi  hurmat 
belgilaridir.  U  yoki  bu  ijtimoiy  tuzilmadagi  intizomning  ahvoli  ko’p  jihatdan  uning 
rahbarlari fazilatlariga bog’likdir. 
4.
 
Farmoyish berish birligi. 
U  yoki  bu  ish  yuzasidan  xizmatchiga  faqat  bitta  boshliq  buyruq  berishi 
mumkin.  Ushbu  qoidani  mutlaq  haqiqat,  deb  tan  olib  bo’lmasligi  sababli,  uni 
tamoyillar qatoriga qo’yish kerak. 
5.
 
Rahbarlik birligi. 
Ushbu  tamoyilni  bitta  rahbar  va  yakka-yu  yagona  maqsadni  ko’zlovchi 
operatsiyalar uchun bitta dastur, deb ifodalash mumkin. 
6.
 
Xususiy 
manfaatlarni 
umumiy 
manfaatlarga 
bo’ysundirish. 
Bu tamoyil korxonada ishchilar yoki xizmatchilar guruhi 
manfaatlari  korxona  manfaatlaridan  yuqori  qo’yilishi  mumkin  emas,  degan 
ma’noni anglatadi. Bu boshqaruvning eng mushkul muammolaridan biri hisoblanadi. 
7.
 
Personalni mukofotlash. 
Personalni mukofotlash bajarilgan ish uchun to’lov hisoblanadi. Mukofot adolatli 
bo’lishi  va  imkon  darajasida  personal  va  korxonani,  ishga  yollovchi  va  xizmatchini 
qanoatlantirishi lozim. 
8.
 
Markazlashtirish. 
Markazlashtirish  boshqaruv  tizimi  hisoblanmaydi,  u  o’z-o’zicha  yaxshi  yoki 
yomon bo’lishi mumkin emas. U rahbar qarashlari hamda shart-sharoitga qarab qabul 
qilinishi yoki rad etilishi  mumkin. Biroq, markazlashtirish katta yoki kichik darajada 
hamisha  mavjuddir.  Gap  korxona  uchun  eng  maqbul  bo’lgan  markazlashtirish 
darajasini topishda qolgan. 
9.
 
Mansab darajalari. 
Mansab  darajalari  quyi  lavozimdan  eng  yuqori  lavozimgacha  bo’lgan 
rahbarlik mansablari pillapoyasidir. 
10.Tartib. 
Moddiy  tartib  qoidasi  hamma  uchun  ma’lum:  har  bir  buyum  uchun  muayyan 
o’rin va har bir buyum o’z o’rnida. Ijtimoiy tartib qoidasi ham shunday: har bir shaxs 
uchun muayyan o’rin va har bir shaxs o’z o’rnida. 
11.Adolat. 
Personalni  o’z  xizmat  vazifalarini  sidqidildan  va  sadoqat  bilan  ijro  etishiga 
rag’batlantirish  uchun  unga  yaxshi  munosabatda  bo’lish  kerak.  Adolat  -  yaxshi 
muposabat bilan huquq tartiboti yig’indisidir. 
12.Personal tarkibining doimiyligi. 
Personalning  qo’nimsizligi  bir  vaqtning  o’zida  ishlar  ahvoli  qoniqarsiz 
ekanligining  sababi  va  oqibatidir.  Shunga  qaramasdan,  tarkibda  o’zgarishlar  bo’lishi 
muqarrar: personal yoshi, kasalligi, iste’foga chiqishi, vafoti ijtimoiy tuzilma tarkibini 
o’zgarti-radi.  Ayrim  xizmatchilar  o’z  vazifalarini  ijro  etish  qobiliyatini  yo’qotadilar, 
boshqalar esa zimmalariga yuksakroq mas’uliyat olishga qodir bo’lmaydilar. 
Shunday  qilib,  boshqa  tamoyillar  kabi  ishchi  kuchi  tarkibining  doimiy  bo’lishi 
tamoyili ham o’z chegaralariga ega. 
10.
 
Tashabbus. 


 
21 
Tashabbus deb, reja tuzish va uni amalga oshirish imkoniyatiga aytiladi. Taklif va 
amalga oshirish erkinligi ham tashabbus kategoriyasiga taallukdidir. 
14.  Personalning birlashishi. 
Personalni  ayirish  kerak  emas.  Biz  uchun  dushman  kuchlarini  ojizlashtirish 
uchun ularni bir-biridan uzish mahoratdir. Biroq korxonadagi o’z kuchlaringizni uzish 
qo’pol xatodir
1

Menejmentni rivojlantirishda klassik davr hisoblangan, F.Teylor, G.Emerson, 
A.Fayol  tomonidan  ishlab  chiqilgan  boshqaruv  tamoyillari  XX  asrning  hech 
mubolag’asiz  eng  muvaffaqiyatli  tadbirkori  hisoblangan  amerikalik 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   562




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish