mehnatga haq to’lash tamoyillariga qat’iy amal qilish korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining
asosiy omillaridan biridir. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iboratdir:
1.
Ish haqi mikdorini muttasil oshirib borishi.
2.
Mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga muvofiqligi.
3.
Mehnatkashlarning mehnatda yuksak pirovard natijalarga erishishdan
manfaatdorliklari.
4.
Mehnat unumdorligi sur’atlari o’sishining mehnatga haq to’lash sur’atlari
o’sishidan yuqori bo’lishi.
Yuqorida keltirilgan har bir tamoyil bir necha iqtisodiy qonunlar amal qilishi
bilan bog’liq. Masalan, mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga
muvofiq bo’lishida mehnat va qiymat bo’yicha taqsimlash qonunlari bir yo’la amal
qiladi.
Mehnatga haqto’lash tamoyillari bazisli va asosan barqarordir.