O’z-o’zini baholash.
Xodimlarning ijroni baholash jarayonida ishtirok
etish imkoniyatlari, ayniqsa bu maqsadni belgilash bilan uzviy bog’liq holda amalga
oshirilsa, ishga qiziqishni kuchaytirish bilan birga baholashga qarshilik ko’rsatishni
kamaytiradi. Ikkinchi tomondan esa xodimlar odatda o’zlariga rahbarlariga nisbatan
yuqoriroq baho berishlari bu usuldan personal bo’yicha qarorlar qabul qilishda
foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi.
5.
Mijozlar.
Personalni baholashda mijozlar hamda korxona maqsadlari
hamisha ham bir-biriga mos tushmasdan, ularning fikri xodimlarni xizmat vazifasida
siljitish, ularni rivojlantirish, malakasini oshirish kabi qarorlar qabul qilishda muhim
axborot manbai hisoblanadi.
10.6 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |