GLOSSARIY
SCORM
(ingl. Sharable Content Object Reference Model) — obyekt tarkibida birgalikda foydalanish
uchun namunali model.
Subtitr (Субтитр, Subtitle) — 1) videorolikning asl tili yoki tarjimasini ifodalovchi matn bo‘lib, videokadr
tagi yoki ustida beriladi; 2) kompyuter yoki dasturlar tomonidan uzatiladigan signallarni ekranda belgi
yoki xabarlar bilan almashtiruvchi vosita.
Shablon (Шаблон, Template) — mazmuni (matn, rasm, multimedia va b.) sayt tizimi mexanizmi
tomonidan to‘ldiriladigan, dizayn va tuzilmaga ega HTML teglar to‘plamidan iborat sahifa.
Tarmoq (Сеть, Network) — o‘zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega kompyuter yoki qurilmalar
guruhi.
Tizim (Система, System) — yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro
bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi elementlar majmuasi.
Web-sayt statistikasi (Статистика web-сайта, Web-site statistics) — saytlar egasini saytdagi
tashrifchilar soni, qaysi bo‘lim eng mashhur ekanligi va boshqa ma’lumotlardan xabardor qiluvchi
hisobot.
Web-sahifa nomi (Название веб-страницы, Webpage title) — web-sahifani identifikatsiyalovchi
matn. Ochiq sahifaning nomi web-brauzer oynasining sarlavha qatorida aks etadi.
Web-interfeys (веб-интерфейс, Web-interface) — foydalanuvchiga web-brauzer orqali turli dasturlar
bilan o‘zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, Internet do‘konida o‘z buyurtmasini boshqarish
yoki tarmoq printerini sozlash). Web-interfeyslar turli joylardagi xodimlarga birga faoliyat yuritish imkonini
beradi. Masalan, web-interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to‘ldirish yoki Internet OAVda materiallarni
chop etishda ishlatiladi.
Web-server (Веб-сервер, Web-server) — WWW doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi server. Web-sahifalarni
saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so‘rovlarga javob beradi.
WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) — 1) Internet xizmati turi. Dunyo bo‘yicha Web-
serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; 2) Internetda mavjud bo‘lgan elektron
hujjatlar orasida gipermurojaatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.
Xavfsizlik (Безопасность, Security) — 1) tizim yoki tarmoq axboroti muhofazasini, saqlanishi,
ishonchliligi va puxtaligini ta’minlash qobiliyati; 2) obyektning tasodifiy yoki maxsus qilingan tahdidlarga
qarshi tura olish qobiliyati; 3) kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni buzilish va yo‘qolishdan saqlash
hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.
Xavfsizlik administratori (Администратор безопасности, Security administrator) — mas’ul
mansabdor shaxs. U o‘rnatilgan ish tartibi va vakolatlari doirasida ikki yo‘nalishda: axborot muhofazasi
hamda axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i)ni sanoat miqyosida ishga solish
bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Хаker (Хакер, Hacker) — maxfiy axborotlarni olish va ularni virus bilan zararlash maqsadida yopiq
axborot tizimlari, ma’lumotlar ombori kabi tarmoqlar himoya tizimini buzib kiradigan kompyuter.
Xosting (Хостинг, Hosting) — 1) mijozlarning web-saytlarini web-serverlarda joylashtirish va doimiy
ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash xizmati; 2) har qanday sayt biror serverda joylashadi va ma’lum
hajmni egallaydi. Sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turi ham xosting hisoblanadi.
Yangiliklar tasmasi (Лента новостей, News line) — birin-ketin joylashgan yangiliklar sarlavhalari
ro‘yxati. Yangi xabarlar ro‘yxat boshidan joy olib, eskilari arxivga ketadi.
http://eduportal.uz
110
Do'stlaringiz bilan baham: |