lariga qaraganda. homiladorlik davrida OIV infeksiyasi zo'rayib.
OITS ga o'tishi tezlashadi. Homiladorlik davrida qonda virusning
p24 antigeni miqdori sezilarli darajada ortib ketadi. bola tug'ilgan-
dan keyin esa uning konsentratsivasi vana pasayadi.
Ammo bir
guruh olimlarning olgan ma'lumotlariga ko'ra. homiladorlik OIV
infeksiyasining kechishiga aytarli ta'sir ko'rsatmaydi. Demak. har
bir individual holatlarning o'zining kechishida variantlar bo'lishi
mumkin va ular faqat homiladorlikkagina bog'liq b o ’lib qolmas-
dan. boshqa ko'pgina holatlarga ham bog'liq deb xulosa chiqarish
mumkin.
Ayollarda OIV infeksiyasining quvidagi ko’rinishlari ko'proq
uchraydi:
1)
orofaringeal kandidoz;
2) bakterial zotiljam;
3) multifokal, progressivalovchi ensefalopatiya;
4 ) v i r u s l i p a p i l l o m a l a r :
5) servikal intraepiteal neoplazmoz.
Bu kasallikning agressiv kechishi va tezda rakka aylanishi ku
zatiladi, shuning uchun barcha OlVga
chalingan ayollarda har
6 oyda genitaliyadan surtma olib tekshirish zarur. agar o'zgarishlar
aniqlansa - kolposkopiya qilish kerak.
6) OlVga chalingan ayollarda yallig'lanish. asosan. jinsiy
a'zoiarda. o'ta og’ir kechadi.
7) 40 % da hayz sikli buzilgan. (sog'lom ayollarda 20-24
%)
ko'pincha qon ketish buziladi (gipennenoreya kuzatiladi). mens-
truatsiyada og'riq kuchli bo'ladi. predmenstrual sindrom og'ir ke
chadi, siklikligi buziladi (noregular).
OlVga chalingan ayol bemorlarda tilning tukli leykoplakiyasi.
Kaposhi sarkomasi, pnevmosistalar tomonidan chaqirilgan pnev
moniya. oddiy gerpesni invaziv shakli kabi kasalliklar.
erkaklarga
nisbatan kamroq uchraydi.
Aslida barcha ayollarda homiladorlik vaqtida immun tizimi sust-
lashgan bo'ladi. bu ularni fiziologik holatidir. Homiladorlikning
erta davrida immunoglobulinlarning miqdori pasayadi. Homila-
156
www.ziyouz.com kutubxonasi
dorlikni barcha davrida hujayra immuniteti sustlashadi.
Bunday
holatda homiladorlarda OIV infeksiyasining kechishi tezlashadi.
Tug'ishdan keyin OIV infeksiyasi rivojlanib. tezda OITSga olib
kelishi mumkin.
OIV infeksiyasiga chalingan homiladorlarda CD4 hujayralarni
soni kamayadi va borgan sari kamayib ketaveradi. Homiladorlarda
asoratlar ko'proq uchraydi. Yuzaga chiqqan tibbiy va ijtimoiy ho
latlar homiladorlikning kechishiga o 'z ta'sirini ko'rsatadi. OIV' in
feksiyasiga chalingan homiladorlarda
bachadondan tashqari homi-
ladorlik ko'proq uchraydi. bu har xil ikkilamchi infeksivalarning
ta'siri tufayli kuzatiladi.
OIV infeksiyasiga chalingan homiladorlarda zaxm, so'zak.
xlamidioz. trixomoniaz kabi kasalliklar 3 barobar ko'p uchraydi.
Muddatidan ilgari tug'ishlar ko'proq kuzatiladi. Tug'ilgan bo-
lalarning o'rtacha 25-30 % i OIV infeksiyasiga chalingan bo'ladi.
Infeksiyaning homilaga o ‘tishini kuchavtirib yuboruvchi omillar
quyidagilardir:
1. Homiladorlik davrida. tug'ishdan oldin:
- yuqori viremiva (qondagi viruslar miqdorining juda ko'pligi.
virus zalvorligi):
- OIV infeksiyasining erta (dastlabki)
bosqichlari;
- homilador ayolning ahvolining yomonlashuvi. immunosu-
pressiya. kasallikning zo'rayib borishi;
- p24 antigenemiya:
- CD4 hujayralar miqdori 200 mm' dan kam.
2. Tug'ish paytida:
- tug'ruqning uzoq vaqtga cho'zilishi. membranalarning yirti-
lis h i;
- homilaning shikastlanishiga olib keluvchi amaliyotlar;
- epiziostomiya:
- ona va bola suyuqliklarining y uqori kontakdaligi.
3. Tug'ishdan keyin:
- ko'krak suti bilan boqish (emizish).
157
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kasallikning homilaga o'tishini
kamaytirish maqsadida homi-
ladorlarga ximioprofilaktika (azidotimidin yoki nevirapin bilan)
o'tkaziladi yoki (va) chaqaloq Kesar usulida jarrohlik yo'li bilan
olinadi. Ximioprofilaktika va Kesar usuli birgalikda o'tkazilganda
homilaga kasallikning yuqishi 2
%
ni tashkil qilgan, agar Kesar
usuli ximioprofilaktikasiz o ’tkazilsa. 10,4 % ni tashkil qilgan. Ke
sar usuli homiladorning roziligi bilan o'tkaziladi.
unga bu usulning
asoratlari. infeksiyalar rivojlanishi mumkinligi tushuntiriladi.
Homiladorlarga ximioprofilaktika ACTG 076(MMWR, 1994,43.
R R - 1 :1—20) protokoli bo'yicha quyidagi usullarda o'tkaziladi:
I . Tug'ruqqacha b o ig a n davrda:
Homiladorlikning 24-34 haftasidan boshlab. to tug'ish jarayoni
boshlangunga qadar aziditimidin 300 mg dan kuniga 2 mahal, yoki
100 mg dan kuniga 5 mahal
p er os
berib boriladi.
Tug'ruq jarayoni davrida, asosiy sxema:
Do'stlaringiz bilan baham: