Qattiq fazali immunoferment analizi (ELISA) eng keng tarqal-
gan usuldir. IFAning bir necha modifikatsiyalari mavjud: bevosita.
bilvosita. konkurentii. bloklovchi va h. k. Bunda maxsus reagentlar-
dan biri qattiq fazaga
immobilizatsiya qilinadi, keyin navbat bilan
tekshirilayotgan zardobni. konyugatni. xromogenni qo'shiladi. har
bir inkubatsivadan keyin uni vuviladi. Natijani k o ‘p kanalli spek-
trofotometr orqali qayd qilinadi va kontrol namuna bilan solishtirib
ko'riladi. Qattiq faza sifatida har xil polimer materiallar ishlatila-
di:
polisterol, polivinil. poliamid. polipropilen va h. k. Qattiq faza
planshet. probirka. sharik shaklicia b o ' lishi murnkin.
IFA usulini q o ila s h d a bir necha xil test-sistemalar ishlatiladi va
bugungi kunga kelib uni IV-avlodi mavjud.
I avlod - OIV-1 ni tozalangan va planshetani chuqurcha (lunka)
lariga joylashtirilgan lizatni q o ilash g a asoslangan. Asosan virus-
ning 2-3 ta oqsili, masalan, GR 120. GR 41. R24
kabi diagnostika
uchun muhimlari qo'llaniladi. Immunoglobulinlarni G sinfini virus
yuqqandan 27 kun o'tgach aniqlaydi. Sezuvchanligi va spetsifikligi
95 % dan yuqori emas, ammo bu avlod test sistemasi yolg'on mus
bat natijalarni k o'p beradi.
Test-sistemalaming II avlodi OIV-1 va OIV-2 ni rekombinat
oqsillari yoki su n ’iy peptidlarni antigen sifatida ishlatishga asos
langan. K o'pincha env genining (ya'ni virus qobig‘ining) oqsillari
qo'llaniladi. shuning uchun bu test-sistemaning spetsifikligi yuqori.
ammo sezuvchanligi lizat test sistemalarinikidan past.
Test sistemalarning 111 avlodi sendvich IFA hisoblanadi.
plan-
shetga sorbsiya qilingan antigenlar peroksidaza bilan belgilangan
(mechenaya). Ularni farqi shundaki bu test sistema yordamida im-
munoglobulinlarning
M
sinfi aniqlanadi. ya'ni tashxisni ertaroq
qo'yish mumkin (yuqishdan keyin 21 kun o'tgach). Sezuvchanligi
va spetsifikligi biroz yuqoriroq (97 %).
Test-sistemalaming IV avlodi yordamida
antitanachalar bilan
bir qatorda p-24 (virusni oqsili)ni erta aniqlash mumkin (yuqishdan
keyin 12 kun o'tgach). chunki konyugatda OlVning p24 oqsiliga
nisbatan monoklonal antitanachalar qo'llaniladi.
164
www.ziyouz.com kutubxonasi
Test sistemalarning barcha avlodi «Soxta-musbat»; «Soxta-man-
fiy» natijalar berishi mumkinligini esda tutish kerak.
« S o x t a - m a n f i y » - « s e r o l o g i k d a r c h a » p a y t i d a , y a ' n i k a s a l l i k n i
b o s h l a n g ' i c h d a v r l a r i d a a n t i t a n a c h a l a r h a l i i s h l a b c h i q i l m a g a n p a y -
t d a b o ' l i s h i m u m k i n .
Undan tashqari, manfiy natijalar immun tizimining o'ziga xosli
gi yoki kasallikning oxirgi bosqichlari bilan bog'liq bo'lishi mum-
«Soxta-musbat» esa immun tizimida
har xil jarohatlanish mav-
judligida yoki homiladorlikda kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: