Q ichishqoqni spetsifik davolash:
1. Psoriazda, tarkibida 2 % salitsil va 5 % qatron bor m azlar
qo'llaniladi. 3 0 -6 0 daqiqaga «солнечные ванны » tayinlanadi.
2. Kuchli qichishishda 4 mg dan kuniga 2 marta xlorfeniram in
yordam berishi m umkin.
Yo‘tal va hansirashni davolash:
1. Bronxial astm ada-ingalator yordam ida bronxodilatator yubo-
rish. dorilardan prednizolon tavsiya etiladi.
2. Y urak yetishmovchiligi b o 'y ich a hansirashda morfin, tra
m adol. furosemid kabi dorilar beriladi. A g ar yo'tal b a lg 'a m bilan
kechsa va b a lg 'a m quyuq bo 'lsa. ingalator orqali fiziologik erit
ma yuboriladi. A gar b a lg 'a m suyuq b o 'lsa. giostsin butilbromid
(m-xolinoblokator) tavsiya etiladi. A g ar y o 'tal quruq va uzoq
d avom etuvchi bo'lsa. kodein yoki morfin (2.5-5 m g dan o g 'iz
orqali) yoki trimadol beriladi. Uy sharoitida. parvarish jarayonida
oddiv y o 'ta l paydo bo'lsa. asal, lim on beriladi. issiq bug' ingalat-
sivasi o'tkaziladi. Y o'tal uzoq vaqt davom etsa va b a lg 'a m paydo
bo'lsa. o 'p k a siliga tekshiruv o'tkaziladi. N afas yetishmovchiligi
rivojlansa, kislorod bilan nafas olishni ta'm in la s h kerak.
www.ziyouz.com kutubxonasi
OIV7 infeksiyasiga chalinganlarni parvarish
qilishning um um iy tamoyillari
Bem orga xizm at qiluvchilarga O IV yuqib qolishining oldini
olish kerak. Buning uchun barcha harakatlar va m uolajalar jarayo-
nida bemorning qoni va boshqa biologik suyuqliklari bilan mulo-
qotda b o ' 1 ish ehtimoli b o 'lg an d a rezinali qo 'lq o p d an foydalanish
kerak. Jarohatlangan teri boylangan bo'lishi kerak (bem orda ham,
parvarish qiluvchida ham). Bem orning qoni. siydigi, najasi tush-
gan joylarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berish zarur.
Idish-tovoqni. vannalarni, kiyimlarni va boshqa materiallarni yu-
vishda oddiy yuvuvchi vositalar qo'llaniladi. Bem orning chovshab,
kiyimlari va boshqa narsalarini y ig'ishtirganda perchatkadan foy
dalanish zarur. O 'tk ir asbob-uskunalar (igna. soch-soqol olish
asboblari. tish yuvish c h o ’tkasi va boshqalar) q a t'iy individual
b o ’lishi kerak. Bem orning kiyimlari, choyshablari va boshqalarini
y ig ’ishtirgandan keyin. albatta. qo'llarni sovun bilan yuvish zarur.
Dem ensiya
holatida b o ’lgan bemorni parvarish qilishda bem or
ga o'z i odatlangan sharoitda uzoqroc] hayot kechirishini ta'm inlash
m a'qul. B em or kerakli narsalarini tezda topib olishi uchun barcha
narsalarni o 'z jo y id a saqlash darkor. Kun tartibini odatdagicha
saqlash kerak. Xavfli narsalarni bem or k o'zid an chetga olib q o ’\ ish
kerak. Bem or bilan suhbatlashganda oddiy so'zlardan foydalanish
zarur, ikki kishi bir vaqtning o 'z id a gapirishiga y o 'l q o 'y m aslik
kerak. Televizor, radiolarning tovushini pasaytirib q o 'y ish kerak.
Bem or m untazam nazorat ostida bo'lishi kerak.
Parhez.
Sersabzili suyuq taom lar tavsiya etiladi. K o'p in c h a
taomlarni guruch va kartoshkadan tayyorlash tavsiya etiladi. Pomi-
dor. bananni ko'p ro q iste'm ol qilish zarur. Taomlarni tez-tez (kuni
ga 5 - 6 m ahaldan) va oz-ozdan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kofe.
achchiq choy, spirtli ichimliklar ichish man etiladi. Sovuq holdagi.
yog'li taomlar, pishm agan taomlarni iste'm ol qilish man etiladi.
Bem or yaxshi k o'radigan taomlarni tavsiya etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |