nomlangan. Ularda yer, uy, d o ‘kon, ustaxonalar kabi mulklar oldi-sotdisi
qayd etilgan.
Son jihatidan ikkinchi o ‘rinda turuvchi hujjatlar «bay’i joiz» deb
nomlanib, ularda mulk (yer, uy va boshqalar)
keyinchalik sotib olish
sharti bilan ijaraga q o ‘yilgan.
«Ibro» nomli, da'vodan voz kechish hujjatlari ham son jihatdan ko'p
bo'lib, unda d a ’vogar va javobgar orasidagi bahsni to'xtatiigani qayd etiladi.
Bu hujjatlar mazmuniga ko‘ra, d a ’vogarga javobgar m a ’lum m iqdor pul
berish evaziga uning d a ’vosini qaytarib olishga erishganini ko‘rish mumkin.
Bu m ajm u ad a v a q f n o m a la r h am bor. U la rd a masjid, qabriston,
madrasa va boshqalar uchun turli ko‘chm as va boshqa mulk-yer, d o ‘kon.
naqd pul va boshqalar vaqf qilingani qayd etilgan. Vaqfnomalar ichida
shundaylari ham borki, m azm uniga k o ‘ra, vaqf qilingan
mulk foyda olish
maqsadida, birovlarga ijaraga berilgan va foyda xayriya idoralari va ularning
xizmatchilarini m oddiy t a ’minlash uchun ishlatilgan.
Shuningdek, yerdan foydalanish, uni sug'o rish bo 'y ich a tuzilgan
hujjatlar ham bor.
Ushbu qozixona hujjatlari yer ijarasi, m eros taqsimoti, xatti nikoh,
vasiyatnoma, tuhfa, homiylik to'g'risidagi hujjat, janjalli masalalar, qo'vdi-
chiqdi
munosabatlari, mulk uchun mutasaddi t a ’minlash va boshqalar
bor. Shuningdek, qullik masalasiga oid hujjatlar ham bor. Ular 1873-
yilning 12 iyuniga q adar tuzilgan b o ‘lib, shu tarzda Xiva xoni Savyid
M uham m ad Rahim Bahodirhon Xiva xonligi hududidagi barcha qullarni
rasman ozod qilish to'g'risida farmon bergan edi. Bu paytda Xiva xonligi
rasman Rossiyaga qaram bo'lgan edi. Hujjatlar ichida qarz,
mol-mulkka
berilgan vasiqalar ham bor.
Xususiy hujjatlardan biri (86-raqamii) Xiva xoni Sayvid M uham m ad
Rahim soniy (1865—1910) yorlig'i bo'lib, u nda o 'n uchta xojalar -
M uham m ad pir Eshon avlodiarini davlat soliqlari, solqut, olg'ut, ham
bigar, hashar, qazuv ishlaridan ozod etganligini ko'rsatadi.
Hujjatlar orasida «rivoyat» nomi ostida yuridik, huquqiy ajrimlar ham
bor. Ularda fiqhiy kitoblarga asosan xususiy mulk mojarolari ajrim
qilingan. Bunday ajrim lar ushbu m ajm ua hujjatlardan farqli o'laroq,
«rivoyat» lar
yirik faqihlardan bir nechtasi, muftiy, raislar tom onidan
ham tasdiqlangan.
Har bir hujjat tuzish uchun m a ’lum q o n u n -q o id a , tartibga rioya
qilinganini ko'rishim iz m um kin. M asalan, hujjatga daxldor shaxslar
nomlari aniq-tiniq ko'rsatiladi, ularning joyi,
yer chegarasi, uy, do'k on
tafsilotlari qayd etilib, ularga qo'shni joy nomlari, guvohlar va hujjatni
31
tuzuvchi kotib nomi bitiladi. hujjat qozi muhri bilan tasdiqlanib, tarixi
yoziladi. Agar hoshiyaga bironta qo'shim cha kiritilsa,
u ham qozi muhri
bilan tasdiqlangan.
Shunday qilib, «Xiva qozilik hujjatlari» majmuasi Xiva xonligining
XIX asr va XX asrboshidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yorituvchi
boy m a ’lumotlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: