A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


British  Museum  by  Rieu



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/420
Sana31.12.2021
Hajmi6,54 Mb.
#275149
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   420
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

British  Museum  by  Rieu 
Charles.  -   London:  1888.  432  p.)  katalogidagi 
manba  tavsifi  tamoyilini  keltiramiz.  Unda  yozma  manbaning  muzeydagi 
tartib raqami birinchi bo'lib sarlavha o'm ida berilib, so'ngra qo'lyozmaning 
kodikologik  xususiyatlari,  varaqlar  soni,  o'lchami,  sahifadagi  satrlar  soni, 
satr uzunligi,  xati,  ziynatlari  alohida,  ixcham  tarzda  berilgan.  So'ngra  asar 
nomi asl  nusxada,  ya’ni  arab alifbosida va  uning taijimasi  ajratilib berilgan. 
So'ngra  muallif nomi  va  asaming  boshlanishi  va  oxiridagi jumlalar aslida, 
arab  alifbosida  keltirilgan.  Ana  undan  keyin  muallif to'g'risidagi  ma’lumot 
va asar tarkibi,  mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi,  ya’ni 
o'iganilishi  to'g'risidagi  ma’lumotlar berilgan.
Qator  mavjud  kataloglar  asosida  O 'zbekiston  Respublikasi  Fanlar 
akademiyasining Abu  Rayhon  Beruniy nomidagi  Sharqshunoslik instituti 
olimlari ham mustaqil  ravishda qo'lyozm a manbalami  ilmiy tavsifga olish 
usulini  ishlab  chiqqanlar.  Unda  manbaning quyidagicha  tavsifi  berilgan: 
Sarlavha  sifatida  asar  nomi  asl  nusxada  va  uning  ruscha  tarjimasi, 
qo'lyozmaning  xazinadagi  tartib  raqami  va  ushbu  katalogdagi  raqami 
keltirilgan.  So'ngra  asar  muallifi  nomini  asli  arab  yozuvida  va  ruschada 
keltirish  bilan  asosiy  tavsif boshlanadi.  Undan  keyin  muallif to'g'risida 
(imkon  darajasida  to'liq),  asar  m azm unining  tarkibi  va  qisqacha  bayoni 
(annotatsiyasi)  keltiriladi.  Ba’zi  o'rin lard a  asar  boshlanish  va  oxirgi 
jumlalari  qo'lyozmadan  aynan  arab  yozuvida  keltiriladi.  Taijimon  va 
xattotlar  nomlari  arab  yozuvida  va  ruscha  yoziladi.  Tavsif  ixcham 
kodikologik  m a ’lu m o tla r  —  xati,  q o g 'o z i,  ziy n ati,  xattot  nom i, 
qo  lyozmaning  kitobat  tarixi,  nuqsoni,  varaqlar  soni,  o'lch am i  va 
adabiyotlar  (bibliografiya)  nomlarini  keltirish  bilan  tugallanadi.
M.  Hasaniy  «Sharq  qo'lyozmalarini  tavsiflash  va  fihristlash*  nomli 
nsolasida  O 'zR   FA  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik
19


instituti  qo'lyozm a  fondi  tajribasini  um um lashtirib,  magistrantlarga 
tushuntirishga  harakat  qilgan.
Bulardan  tashqari  yozma  manbalarni  tavsiflashning  qomusiy  yoki 
ensiklopedik  tamoyili  ham  mavjud.  Biz  uning  namunasini  «O'zbekiston 
ensiklopediyasi»  va  «O'zbekiston  milliy  ensiklopediyasi*  sahifalarida 
ko'rishimiz  mumkin.
M ustaqillik  davrida  m anbashunoslikka  oid  B.A .A hm edovning 
« 0 ‘zbekiston xalqlari tarixi  manbalari* va «O'zbekiston tarixi  manbalari* 
asarlari  chop  etilgan  edi.  Olim  manbalaming  yozilgan  tillariga  qarab  va 
yana  huquqiy  hujjatlar,  yozishmalar,  geografiya  va  kosmografiyaga  oid 
asarlar, biografik,  mem uar asarlar, sayyohlaming, elchilarning esdaliklari 
mavjudligini  qayd  etadi.
B.A.Ahmedovning  asarlarida  yozma  manbalar  alohida  emas,  balki 
muallif nomi  ostida  keltirilgan.  Bundan  tashqari  tarixchi  har bir  tarixiy 
daviga qisqa ta ’rif be^gan.  Mazkur darsliklaming ijobiy xususiyati sifatida 
ularda  daliliy  m a’lumotlami  ko'pligi,  ilmiyligini  qayd  etish  mumkin. 
Faqat  ularda  materiallar  akademik  nashrlar  kabi  joylashtirilgan  va  dars 
o'tish  xususiyatlari  inobatga  olinmagan.
A.Habibullayevning  «Adabiy  m anbashunoslik  va  matnshunoslik* 
qo'llanmasi  va A.A.Madraimov tuzgan  «Manbashunoslikdan  m a’ruzalar 
majmuasi* da yozma manbalar to'g'risida talabalarga ma’lumotlar berishda 
dars  jarayoni  xususiyatlarini  e ’tiboiga  olishga  harakat  qilingan.  Faqat 
A.Habibullayev  qo'llanmasida  adabiy  manbashunoslikka  katta  e ’tibor 
berilgan.  Unda ma’lumotlar quyidagi tartibda bayon etilgan:  Mavzu nomi. 
Adabiyotlar.  Dars  mazmunining qisqa  izohi.  So'ngra dars  mazmunining 
bayoni,  alohida  atam alar va  oxirida  savollar berilgan.
A.A.Madraimov tuzgan ma’ruzalar matnida ma’lumot bayoniningtartibi 
quyidagichadir  1.  Mavzu  nomi.  2.  Dars  rejasi.  3.  Asosiy  tushunchalar.  4. 
Darsning  mufassal  mazmuni.  5.  Materialni  mustahkamlash  uchun  savollar 
va  oxirida  adabiyotlar ro'yxati  keltirilgan.
A.Madraimov va G.  Fuzailova tuzgan “Tarixiy manbashunuslik” (2006) 
o'quv qo'llanmasida har bir ma’ruza boshida mavzu nomi, darsning mazmuni, 
rejasi,  asosiy  tushunchalar berilgan.  Asosiy  matnda  ma’ruza  mavzui  rejaga 
muvofoq atroflicha yoritilib,  uning so'ngida mavzuga oid asosiy adabiyotlar 
ro'yxati,  mavzuni  mustahkanlash  uchun  berilagan  savollar  ilova  etilgan.
Ushbu  maxsus  kataloglar  va  darsliklardan  tashqari  qo'lyozma  kitob 
to'g'risida va sharq manbashunosligiga oid to'plam va kitoblar ham mavjud 
bo'lib,  ularda  muhim  yozma  manbalaming  har  biriga  alohida  e ’tibor 
berilmagan.  Lekin,  ularda  eng  m uhim lari  to'g'risid a  m atn  orasida
20


m a ’lu m o tla r keltirilgan 
hamda manbalaming umumiy xususiyatlari tadqiq 
etilgan. 
Z ik r etilgan 
darslik va qo'llanma, maxsus adabiyotlaming barchasida 
o'ziga 
xos  foydali  m a ’lu m o tla r 
mavjudligini  tan  olamiz.  Lekin,  ulaming 
birontasini  h am   ilm iy -m e to d ik   jih a td a n  
talabalarga  manbalar  to ‘g‘risida 
dare 
berish  u ch u n   m u k am m al  n a m u n a  
deb  olish  mumkin  emas.
Mavjud  ilmiy adabiyotlaming  tahlili  va  shaxsiy tajribalarimiz  asosida 
yozma  manbalar  to ‘g‘risidagi  texnik  m a’lumotlar  va  asar  mazmunini 
talabalarga  kompleks  tarzda  tushuntirishning  eng  samarali  va  ilmiy- 
metodik  asoslarini  ishlab  chiqishga  harakat  qilindi.
Talabalarga manba to ‘g‘risida kompleks tarzda m a’lumot berish kerak. 
Bu  esa  yozma  manbaning  kodikologik  m a’lumotlar,  muallif  va  uning 
yashagan  davri,  asar  tarkibi  va  mazmuni  tahlili,  uning  tarixnavisligini 
tushuntirishdan iboratdir.  Darsning o ‘ziga xos xususiyatlari sifatida uning 
rejasi,  mavzuga  oid  asosiy  tushunchalarni  izohlash  va  qo'shim ch a 
ko'rgazmali  qurollardan  foydalanishni  qayd  etish  mumkin.
Yozma manbalarto‘g‘risidagi ma’lumotlami quyidagi tartibda tushuntirishni 
eng  ma’qul  va samarali  ilmiy metodologik  uslub deb hisoblaymiz.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   420




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish