6 .1 .4 . «Sam ariya»
“Samariya” asari muallifi Abu Tohirxoja Samarqand qozisi Abu Sa’id
ibn Abdulhayning o'g'lidir. Abu Tohirxojaning otasi ham, bobosi mavlono
Mir Abdulhay ham o'qimishli kishilar bo'lishgan. Mavlono Mir Abdulhay
(1755-1827)
Samarqandda qirq yil qozikalon mansabida turgan. Shu
bilan birga u bir talay ilmiy asarlar yozib qoldirgan. “ Havoshi shofiy bar
sharhi Bayzaviy” , “ Sahihi B uxoriy” ning forscha sharhi, “ Z aburi
D o vudiy” ning fo rsiy ch a s h a rh i, “ A xloqi B a h o d u rx o n ” s h u la r
jumlasidandir. Otasi Abu Sa’idxoja (1849-yili 28 avgustda vafot etgan)
ham keng m a’lumotli kishi bo'lgan. Fiqh va kalom, diniy aqidalami
isbotlash ilmida benazir bo'lgan.
Sam ariya” XI bob, m uq ad d im a va xotim adan iborat b o 'lib ,
* ™ q a nd shahrining bunyod etilishi, “ Sam arqand” deb atalishining
sa ablari, shahaming geografik holati, ob-havosi, uning XIX asming
uc inchi choragiga qadar saqlanib qolgan osori-atiqalari va m ashhur
Kisnilan haqida m a’lumot beradi.
53
Asaming o'zbekcha taijimasi 1921-yili samarqandlik yosh, salohiyatli
olim Abdulmo'min Sattoriy tarafidan amalga oshirilgan edi. Lekin, og'ir
xastalik va 1925-yil 23 iyuldagi bevaqt o'limi unga taijimani chop qilishga
imkon bermadi. Sadriddin Ayniy 1925-yili o ‘sha yillari maorif noziri
bo'lib ishlab turgan Abdurauf Fitratning taklifi bilan, uni tahrir qilib,
nashrga tayyorlagan edi. Lekin, asar chop etilmay qolgan edi. S.Ayniyning
q o 'ly o z m a si h o z ird a O 'z R FA S hi fo n d id a 6 0 0 -ra q a m ostid a
saqlanmoqda.
''Sam ariya” asari B.Ahmedov va A.Juvonmardiyev tom onidan qayta
nashrga tayyorlandi va 1991-yili Toshkentda chop etildi.
6 .1 .5 . «M ajm u’ a l-g ‘aroyib»
’’Majmu’ al-g'aroyib” (“G 'aroyibotlarm ajm uasi”) 1569-yili Balxxoni
Shayboniyxon Pirmuhammadxon 1 (1546-1566/67) ning topshirig'i bilan
yozilgan. Asar muallifi balxlik olim Sulton Muhammad bo'lib, uning
haqida bizga quyidagilar m a’lum. Otasi mavlono Darvish Muhammad
Balxning o'qimishli va katta nufuzga ega bo'lgan kishilaridan biri edi.
Shayboniy hukmdorlardan Xurramshoh sulton (1506-1511) va Kistinqora
sulton (1526-1544) davrida Balxning muftiysi lavozimida xizmat qilgan.
O'zbek tilida she’rlar bitgan. Uning she’rlaridan namunalar ’’M ajmu’
al-g'aroyib”da keltiriladi. Darvesh M uham m ad muftiy 1550-yil 19-
fevralda vafot etgan.
Asar muallifi Sulton M uhammad Balxiy ham zamonasining keng
m a’lumotli kishilaridan bo'lgan. U, xususan tarix, geografiya, astrologiya,
mineralogiya, ilohiyot, fiqh va adabiyot ilmlaridan boxabar kishi bo'lgan.
Otasi vafotidan keyin uning mansabida tuigan Sulton M uhammad 1573-
yil 12-may kuni vafot etgan.
’’M ajmu’ al-g'aroyib” asarini yozishda Sulton M uhammad al-Balxiy
o'zidan aw al o'tgan olimlaming asarlaridan, shuningdek Balx mamlakati
bo'ylab qilgan sayohatlari paytida to'plagan m a’lum otlaridan keng
foydalangan. Olim foydalangan asarlar ichida bizgacha yetib kelmaganlari
va kam m a’lum bo'lganlari ko'p. «Or al-muqaddimin* («Salaflaming
fikrlari*), «Tarixi saqoliba*(«Slavyanlar tarixi*), «Anis ul-vahdat va jolis
ul-xilvat* («Yolg'izlar do'sti va xilvatda o'tiruvchilar suhbatdoshi») kabi
asarlar shular jumlasidandir.
“ M ajm u’ al-g'aroyib” ilm ahli orasida keng tarqalgan asar. Uning
hozirgacha saqlangan qo'lyozmalari 80 dan ortiq. Uning ma’lumotlaridan
juda ko'p olimlar foydalanganlar. Ulardan “Abdullanoma” asari muallifi
54
Do'stlaringiz bilan baham: |