A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .2 .4 .  «Xiva  qozilik  hujjat lari »



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/429
Sana01.01.2022
Hajmi6,54 Mb.
#294616
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   429
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .2 .4 .  «Xiva  qozilik  hujjat lari »
«Xiva  qozilik  hujjatlari*  davlat  idoralari  qaydiga  tushmagan  1992-yili 
yapon  olimi  Tom  Xorikava  tomonidan  xivalik  Aliakbarov Abduhamidning 
qizi  Akliya  Aliakbarovaga  tegishli  bo'lgan  hujjatlardir.  Ulami  yapon  olimi 
sotib  olib,  O'zbekiston  Fanlar  akademiyasining  Abu  Rayhon  Beruniy 
nomidagi  Sharqshunoslik instutiga sovg'a qilgan edi.  Shundan so'ng, ushbu 
hujjatlar  ustida  yapon  va  o'zbek  olimlari  A.O'.  O'rinboyev,  T.Xorikova, 
K.Isogay, T.Fayziyev, AJo'rayeva bir necha yillar davomida ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borib,  nihoyat  2001-yili  uni  maxsus katalog shaklida  ms tilida 
nashr  etdilar.  Bu  kitobda  1713  rasmiy  hujjat  ms  tilida  ilmiy  tavsiflangan, 
kitob  oxiriga  shaxslar  nomlari,  jo'g'rofiy  nomlar  va  boshqa  eng  muhim 
m a’lumotlar ko'rsatkichi  va  o'ttizta  hujjat  fotonusxasi  ilova qilingan.
Ushbu  hujjatlaming  aksariyati  XIX  asrga  oid  va  qisman  XX  asr 
boshlarida  tuzilgan.  Ayrim  hujjatlar  XVIII  da  yaratilgan  bo'lib,  eng 
qadimgisi  1762-yilda  tuzilgan.  Eng  so'nggi  hujjatlar  Sho'ro  davriga  oid 
bo'lib,  1924-yilda  tuzilgan  va  muhrda  «Xorazm  Xalq  jumhuriyatining 
Xiva  qoziligi*  muhri  bilan  tasdiqlangan.
Hujjatlar  yaratilgan  davrda  Xiva  xonligi  tarixida  murakkab  siyosiy 
holatlar  yuz  beigan:  Q o'ng'irot  sulolasi  namoyandalari  xonlik  qilgan, 
o'zaro hokimyat  uchun kurashlar,  urug'larjanjali, qo'shnilar bilan janglar 
bo'lib  turgan.  Ayni  shu  davrda,  1873-yili  Xiva  xonligi  ms  qo'shinlari 
tom onidan  bosib  olingan,  1920-yili  esa  ushbu  hududda  sh o 'ro lar 
hokimiyati joriy  etilgan.
Majmua  hujjatlarining  aksariyati  mazmun jihatidan  xususiy  (shaxsiy) 
hujjatlar  bo'lib,  qozixonalarda  tuzilib,  qozi  muhri  bilan  tasdiqlangan. 
Ularda  turli  shaxslar  orasidagi  munosabatlar  o'z  aksini  topgan  bo'lib, 
aksariyati  savdo  hujjatlari  —  «bay’i  bot-batot*  va  «bay’i  joiz*  deb
30


nomlangan.  Ularda yer,  uy, do'kon,  ustaxonalar kabi  mulklaroldi-sotdisi 
q a y d  
etilgan.
S o n  
jihatidan  ikkinchi  o'rinda  turuvchi  hujjatlar  «bay’i  joiz*  deb 
n o m la n ib , 
ularda  mulk  (yer,  uy  va  boshqalar)  keyinchalik  sotib  olish
sharti  bilan  ijaraga  qo'yilgan.
«Ibro*  nomli,  da’vodan  voz  kechish  hujjatlari  ham  son jihatdan  ko‘p 
bo'lib, unda da’vogar va javobgar orasidagi bahsni to'xtatilgani qayd etiladi. 
Bu  hujjatlar  mazmuniga  ko'ra,  da’vogarga  javobgar  m a’lum  miqdor  pul 
berish evaziga uning da’vosini qaytarib olishga erishganini  ko'rish mumkin.
Bu  majmuada  vaqfnom alar  ham   bor.  U larda  masjid,  qabriston, 
madrasa va boshqalar uchun turli  ko'chm as va boshqa mulk-yer, do'kon, 
naqd  pul  va  boshqalar  vaqf qilingani  qayd  etilgan.  Vaqfnomalar  ichida 
shundaylari ham borki,  mazmuniga ko'ra, vaqf qilingan mulk foyda olish 
maqsadida, birovlarga ijaraga berilgan va foyda xayriya idoralari va ulaming 
xizmatchilarini  moddiy  ta ’minlash  uchun  ishlatilgan.
Shuningdek,  yerdan  foydalanish,  uni  sug'orish  bo'yicha  tuzilgan 
hujjatlar ham  bor.
Ushbu  qozixona  hujjatlari  yer  ijarasi,  meros  taqsimoti,  xatti  nikoh, 
vasiyatnoma, tuhfa, homiylik to'g'risidagi hujjat, janjalli masalalar, qo'ydi- 
chiqdi  munosabatlari,  mulk  uchun  mutasaddi  ta ’minlash  va  boshqalar 
bor.  Shuningdek,  qullik  masalasiga  oid  hujjatlar  ham  bor.  Ular  1873- 
yilning  12  iyuniga  qadar  tuzilgan  bo'lib,  shu  tarzda  Xiva  xoni  Sayyid 
Muhammad  Rahim  Bahodirhon Xiva xonligi  hududidagi  barcha qullami 
rasman ozod qilish to'g'risida farmon bergan edi.  Bu paytda Xiva xonligi 
rasman  Rossiyaga  qaram bo'lgan  edi.  Hujjatlar ichida qarz,  mol-mulkka 
berilgan  vasiqalar  ham  bor.
Xususiy  hujjatlardan  biri  (86-raqamli)  Xiva  xoni  Sayyid  Muhammad 
Rahim  soniy  (1865-1910)  yorlig'i  bo'lib,  unda  o 'n   uchta  xojalar  -  
Muhammad  pir  Eshon  avlodlarini  davlat  soliqlari,  solqut,  olg'ut,  ham 
bigar,  hashar,  qazuv  ishlaridan  ozod  etganligini  ko'rsatadi.
Hujjatlar orasida «rivoyat*  nomi ostida yuridik,  huquqiy ajrimlar ham 
bor.  Ularda  fiqhiy  kitoblaiga  asosan  xususiy  mulk  mojarolari  ajrim 
qilingan.  Bunday  ajrimlar  ushbu  majmua  hujjatlardan  farqli  o'laroq, 
«rivoyat»  lar  yirik  faqihlardan  bir  nechtasi,  muftiy,  raislar  tomonidan 
ham  tasdiqlangan.
Har  bir  hujjat  tuzish  uchun  m a’lum  qonun-qoida,  tartibga  rioya 
qilinganini  ko'rishimiz  mumkin.  Masalan,  hujjatga  daxldor  shaxslar 
nomlari  aniq-tiniq  ko'rsatiladi,  ulam ing joyi,  yer chegarasi,  uy,  do'kon 
tafsilotlari  qayd  etilib,  ularga  qo'shni joy  nomlari,  guvohlar  va  hujjatni
31


tuzuvchi  kotib  nomi  bitiladi.  hujjat  qozi  muhri  bilan  tasdiqlanib,  tarixi 
yoziladi.  Agar hoshiyaga  bironta qo'shim cha  kiritilsa,  u  ham  qozi  muhri 
bilan  tasdiqlangan.
Shunday  qilib,  «Xiva  qozilik  hujjatlari*  majmuasi  Xiva  xonligining 
XIX asr va XX asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yorituvchi 
boy  m a’lumotlarga  ega.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   429




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish