A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .4 .1 .  Tarixiy  manbalarni  aniqlash,  tanlash  va  tahlil  etish



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/429
Sana01.01.2022
Hajmi6,54 Mb.
#294616
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   429
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

2 .4 .1 .  Tarixiy  manbalarni  aniqlash,  tanlash  va  tahlil  etish
Nazariy  manbashunoslikda  eng  zarur  tarixiy  manbalarni  aniqlash, 
tanlash  va  nihoyat  uni  ilmiy  tahlil  qilish  har  qanday  katta-kichik 
tadqiqotning  dastlabki  bosqichi  hisoblanadi.
Tanlangan  mavzuning ilmiy hamda nazariy jihatdan to‘g‘ri hal etilishi ko‘p 
jihatdan  har qanday  tadqiqotning asosini  tashkil  etadigan  manbaning sifat  va 
salmog'iga,  ya’ni  mukammalligiga va daliliy  ma’lumotga boyligiga bog'liqdir.
Manbashunoslik talablaridan biri shuki,  biror mavzuni tadqiq etishda 
bir emas,  balki bir necha manbalar turiga -   rasmiy hujjatlar, solnomalar, 
geo-kosmografik,  agiografik  va  biografik  asarlarga  asoslanib,  ulardagi 
m a’lumotlar qiyosiy solishtirilib tahlil etilsa, ilmiy tadqiqot saviyasi oshib, 
xulosa va umumlashmalar ishonarli va asosli  bo'lib, uning ilmiy ahamiyati 
ham  katta  bo‘lishi  shubhasizdir.
Tadqiqot  uchun  yozma  manbalaming  qaysi  biri  asosiy  va  qaysilari 
yordamchi rol o'ynashi tanlangan mavzuning xarakteriga bog'liqdir.  Masalan, 
iqtisodiy-ijtimoiy  masalalami  o'rganishda  rasmiy  hujjatlar asosiy birlamchi 
manba  rolini  o'taydigan  bo'lsa,  siyosiy  hamda  madaniy  hayotni  yoritib 
berishda solnomalar — tarixiy asarlar va  biografik tazkiralar hamda adabiy- 
badiiy asarlar yetakchi o'rinda turadilar. Lekin shunga qaramay, ilmiy tadqiqot 
olib  borishda  faqat  asosiy  hisoblangan  biigina  birlamchi  manba  bilan 
kifoyalanib  qolmay,  imkon  qadar  boshqa  ikkinchi  darajali  manbalarga 
murojaat  etish,  ulami  ham  tadqiqotga jalb  etish  maqsadga  muvofiqdir.
Manbashunos olimlaming tajribasi shuni ko'rsatadiki, aksariyat tarixiy 
asarlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda  madaniy hayotga oid qimmatli 
m a’lumotlarga boy bo'ladi.  Rasmiy hujjatlarda va biografik asarlarda esa 
siyosiy  tarixga  oid  qimmatli  faktlami,  tarixiy  asarda  yo'q  m a’lumotlami 
uchratish  mumkin.
Manbashunoslikdagi  ilmiy  ishda  ko'p  va  turli  tipdagi  manbalarga 
asoslanib,  tadqiq  etilmish  mavzuga  oid  barcha  manbalarni  ishga  jalb 
etish  bo'lajak  ilmiy asaming  qiymatini  va  ahamiyatini  belgilovchi  asosiy 
va  hal  qiluvchi  omillardan  biridir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   429




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish