A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .3 .  M anbalam i  turkumlash



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/429
Sana01.01.2022
Hajmi6,54 Mb.
#294616
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   429
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

2 .3 .  M anbalam i  turkumlash
Sharq  yozma  manbalami  turkumlashning  yagona  aniq  bir  qoidasi 
hoziigacha ishlab chiqilmagan.  Mavjud qo'lyozma manbalar fihristi bir qismi 
asarlar tili  nuqtayi  nazaridan  kelib  chiqib,  tuzilgan.  Masalan,  Angliyaning 
Britaniya  muzeyida  saqlanayotgan  sharq  qo'lyozmalari  yirik  sharqshunos 
Charlz  Ryo tomonidan,  ulaming qaysi tilda yozilganiga qarab,  arab, fore va 
turkiy  tildagi  qo'lyozmalami  alohida-alohida  tavsifga  olib  fihrist  tuzilgan. 
Fransiya  poytaxti  Parijdagi  Milliy  kutubxonada  saqlanayotgan  sharq 
qo'lyozmalari  haqida  Edgar  Bloshe  ham  shu  tartibda  katalog tuzgan.
Toshkentdagi Abu  Rayhon  Beruniy nomidagi  Sharqshunoslik instituti 
xazinasidagi  q o 'ly o z m a la r  b irin ch i  b or  sa q la n a y o tg a n   tash k ilo t 
“O'zbekiston  Fanlar akademiyasi  Sharq  qo'lyozmalari  majmuasi”  nomi 
ostida turli  tildagi  va turli  mavzudagi  asarlar tavsifga olinib,  ulaming o 'n 
bir jildi  nashr etilgan.  Hozir qo'lyozm alam i  qaysi  fan  sohasiga  oidligiga 
qarab  tavsifga  olish  boshlab  yuborilgan  bo'lib,  m ana  shunday  kataloglar 
chop  etilmoqda.
Ba’zi  manbashunoslar qo'lyozmalami  mazmuniga qarab,  asarda qaysi 
masala  bayon  etilganiga  qarab  turkumlashni  lozim  topsalar,  ulaming 
boshqa  bir  gurnhi  asaming  kelib  chiqishiga,  ya’ni  qayerda  va  qachon 
yozilganligiga  qarab  turkumlashni  m a’qul  ko'radilar.  Yana  bir  guruh 
olimlar esa  ulami  rasmiy  hujjatlar,  tarixiy,  geo-kosmografik va  biografik
11


asarlar  kabi  turlarga  bo'lib  o'rganishni  tavsiya  qiladilar.  Manbalarni 
avtograf, ya’ni  muallifning o 'z qo'li bilan yozilganligiga yoki  ko'chirilgan 
nusxa  ekanligiga  qarab  turkumlash  hollari  ham  uchraydi.
Hozirgi  paytda tarixchi  manbashunoslar  manbalar ustida  ishlashning 
faqat  bittasiga,  ya’ni  ulaming  turiariga  qarab  tadqiq  etishni  maqsadga 
muvofiq  deb  hisoblaydilar.  Chunki  boshqa  tadqiqot  yo'llari  yozma 
manbani  chuqur  va  atroflicha  o'rganish  hamda  tahlil  qilish  vazifalariga 
to'la javob  bera  olmaydi.
Birinchidan, tarixiy manbalar ichida faqat bir — ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy  masalaga  butunlay bag'ishlangan asar deyarli  yo'q  yoki juda  kam.
Til  bo'yicha  manbalarni  o'rganish  yomon  emas,  lekin  biror mavzuga 
oid  manbalarni  o'rganganda,  faqat  bir  yoki  ikki  tilda  yaratilgan  asarlar 
bilan  chegaralanish  tadqiqot  ilmiy  qiymatini  pasaytiradi.
Mana shulami inobatga olganda, tarixiy manbalarni turiariga va qaysi 
davr voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. 
Awalgi paytlarda talaygina markaziy oliy o'quv yurtlarida o'qitilgan “SSJI 
tarixi manbashunosligi” va “O 'rta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari 
mana  shu  qoidaga  asoslangan.
B.A.  Ahmedov  0 ‘zbekiston  tarixi  (o'rta  asrlar)  manbalarini  (yozma 
manbalarni)  quyidagi  uch  turga  bo'lib  o'rganishni  tavsiya  qilgan:  1) 
ashyoviy manbalar, ya’ni arxeologik qazishlar natijasida topilgan ashyolar,
2)  rasmiy  hujjatlar;  3)  tarixiy,  geo-kosmografik  hamda  biografik  asarlar. 
Ushbu  turkumda  qayd  etilgan  arxeologik  yoki  ashyoviy  manbalar,  ya’ni 
qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va ijtimoiy faoliyatini o'rganish uchun 
asosiy  manba  bo'lib  xizmat  qiluvchi  manbalar,  asosan  arxeologiya  fani 
tomonidan  o'rganiladi  va  biz  uchun  qo'shim cha  yoki  yordamchi  dalil 
sifatida  tadqiqotlarga jalb  etilishi  mumkin.
Bizning  fikrimizcha,  O'zbekiston  tarixi  yozma  manbalarini,  asosan 
ikki  turga  bo'lib  o'rganish  m a’qul  ko'rinadi.
1)  Rasm iy  h u jja tla r  —  y o rliq la r,  fa rm o n la r,  in o y a tn o m a la r, 
vaqfnomalar,  hisob-kitob  daftarlari,  rahnomalar,  rasmiy  yozishmalar. 
maktublar  va  boshqalar.  Um um an,  tarixiy  hujjatlaming  o'ttizdan  ortiq 
turi  mavjud.  Hujjatlar  ijtimoiy-siyosiy  hayotni  bevosita  qayd  etishlari, 
ya’ni  feodal  yeregaligi,  ijtimoiy  munosabatlar,  davlat  tuzilishi  va shunga 
o'xshash  masalalar  bo'yicha  daliliy  m a’lumotga  boyligi  bilan  tarixiy 
manbalaming boshqa turlaridan ajralib turadi.  Ular, asosan hujjatshunoslar 
tomonidan maxsus o'rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda 
ilmiy  qiymati juda  katta.
2)  Narrativ  yozma  manbalar.  Bunday  asarlarda  rasmiy  hujjatlarga
12


nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to ‘la yoritiladi.  Shuning bilan 
bir qatorda ular daliliy m a’lumotlarga boyligi bilan ko'zga tashlanadi.
Yozma  manbalami  faqat  zikr  etilganlari  bilan  cheklab  bo'lmaydi. 
Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar to ‘g‘risidagi 
ma’lumotlar bayoni mavjud bo‘lib, faqat  ulaming o'ziga xos bayon uslubi, 
badiyatini  nazardan  qochirmaslik  kerak.  Chunki  tarixchi  bor  haqiqatni 
yozishi  kerak  bo'lsa,  shoir  yoki  ijodkor  badiiy  to 'q im a,  b o ‘rttirish, 
mubolag’aga yo‘l qo'yishi, ya’ni o ‘z  istagiga  muvofiq tasvirlash  imkoniga 
ega.  M asalan,  A lisher  Navoiy  badiiy  asarlarida  sh o ir  davriga  va 
zamondoshlariga oid qimmatli  fikr,  mulohazalar mavjud.  Xususan,  uning 
asarlaridagi  shoir  biografiyasiga  oid  m a’lumotlar  asosida  Izzat  Sulton 
“ Navoiyning  qalb  daftari”  nomli  kitob  yozib,  unda  Alisher  Navoiy 
biografiyasini  tiklashga  harakat  qilgan.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy 
m a’lumotlar,  xususan  Mirzo  Ulug'bek  shaxsi  va  uning  ilmiy  merosi 
to'g'risida juda  qimmatli  fikrlar  mavjud.
Yozma manbalardagi o'ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan 
voqea,  hodisalaiga  subyektiv  yondashuv,  ayrimlarini  xaspo'shlash  yoki 
buzib  talqin  etish  hollari  uchrab  turadi.  Bunday  asarlar  ustida  tadqiqot 
olib  borilganda,  ularga  tanqidiy  yondashish  talab  etiladi.  Bu  esa 
manbashunoslikning  asosiy  ilmiy  talab  va  tamoyillaridan  biridir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   429




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish