birgalikda, hatto bir elat istiqomat qiladigan hududda ham
chorvachilik xo‘jaligini yuritishdagi tabiiy-geografik sharoitlar
tufayli, qo‘shni xalqlarning ta’siri yoki ijtimoiy-iqtisodiy sabablar
natijasida xilma-xil usullardan foydalanganligini
kuzatishimiz
mumkin.
Tadqiqotchi chorvachilik xo'jaligining o‘rganilayotgan davr-
dagi qadimdan shakllangan bir qancha tiplarini uchratishi
mumkin. Bular, yarim o ‘troq chorvachilik yoki o‘troq xo‘jalik-
ning bir sohasi sifatidagi chorvachilik boiishi mumkin. Bu
chorvachilik tiplari turli joylarda o‘ziga xos variantlarga ega
boiishi ham mumkin. 0 ‘troq aholida chorva boqishning qo‘ra
yoki qo‘ra-yavlov tizimi, yarim o‘troq aholida haydov-yaylov
tizimi, ko'chmanchi aholida esa yaylov tizimi ustun turgan.
Ko'pgina chorvador elatlar asosiy mashg‘ulotlari bilan birga
ozmi-ko‘pmi darajada dehqonchilik bilan ham shug4ullangan!ar.
Bu holat ularning turmush tarzi, moddiy madaniyatida ham o‘z
aksini topgan.
Chorvachilikni tadqiq etishda turli xil manbalardan: ada-
biyotlar,
arxiv materiallari, muzey to ‘plamlari, fotosurat, surat
va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Ushbu dastur 0 ‘zbekiston hududida dala tarixiy etnografik
materiallar yigish uchun qoilanmadir.
Materiallar yigishda quyidagi spetsifik, o‘ziga xos usullardan
foydalanish ko‘zlangan maqsadga erishishda tadqiqotchiga yor-
dam beradi:
1. Tadqiqotchi o'rganilayotgan etnik guruhning chorvachilik
xo'jaligi xarakteri haqidagi hamma materialni shu etnik guruh
yashayotgan barcha hududlar bo‘yicha
aniq geografik lokal-
lashtirishga katta e’tibor berishi kerak.
Shu sababli dalaga chiqishdan oldin o‘rganilayotgan etnik
guruhning chorvachiligini xarakterlaydigan asosiy adabiyotlar
bilan tanishib, mavzuning o‘rganilishi darajasini aniqlashtirish
lozim. 0 ‘rganilayotgan hududning geografik xaritasiga ega boiishi
katta ahamiyatga ega.
2. Dala tadqiqotlari davomida
tasviriy materiallar, fotografiyalar,
chizmalar, rejalar, sxemalarni to ‘plash, chorvachilikning asosiy
150
tiplari va usullarini tasvirlashda ulardan foydalanish maqsadga
muvofiq.
Hayvonlarning alohida turlarini ko‘paytirish — qo'ychilik,
yilqichilik haqida material to'plash, sutchilik xo‘jaligi, xalq
veterinariyasi, xo‘jalik binolari ham alohida mavzu bo‘lishi
mumkin. Chorvachilik xo‘jaligining mavusmiy sikllari (m-n: qishki
mavsum)ni tasvirlab berish ham mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonini o ‘rganishda unga tegishli
terminlarni astoydil yozib olib, tasvirlash jarayonida
izohlovchi
sxema va chizmalar, fotosuratlar qilish zarur.
Chorvachilikda ishlatiladigan mehnat qurollari va boshqa
buyumlarni tasvirlashda qurollar va buyumlar hamma qismlarining
mahalliy nomlari keltirilishi, ularning o‘lchamlari, yasalgan xom-
ashyo, qurol ishlatilayotgan vaqtdagi texnik o ‘rni berilishi lozim;
chizma va suratlari chizilishi darkor. Qurolning tarqalish darajasi
va ishlatiiishi haqida ma’lumot berilishi va terminologiya yozilishi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yillik ko'chish siklini tadqiq etilayotgan vaqtda xaritaga ko'chish
yo‘li, undagi yaylovlar, qishlovlar,
quduqlar, daraxtzorlar bilan
birga tushirilishi kerak. Qo‘shni xalqlardan olingan chorvachilik
usullari haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratiisa yanada
yaxshiroq natijaga erishiladi.
I. Umumiy ma’lumotlar
1. Tadqiqot o‘tkazilayotgan joy haqidagi ma’lumotlar.
2. Etnik guruh.
3. Chorvachilik xo‘jaligi ti pining dehqonchilik bilan bog‘-
liqligi. Xo‘jalikka tabiiy-geografik sharoitning ta ’siri.
4. Chorva: a) chorva turlari,
ularning podadagi nisbati,
xo‘jalikda u yoki bu turning qachon paydo bo‘lganligi, azaliymi
voki keyinchalik kirib kelganligi; b) hayvonlarning zotlari,
ularning yaxshilanishi. Uy hayvonlari har xil turlarining xo‘ja-
likdagi ahamiyati. Ishchi, sog‘iladigan, miniladigan uy hayvonlari
turlari. Hayvonlar
yoshini aniqlash usullari; v) chorvaning
hamma turlarining jinsl va yoshiga ko‘ra atalishi; g) chorvani
151
tamg‘alash, qanday hayvonlarga tamg‘a qo‘yiladi? Tamg‘alash
usullari va qurollari. Turli etnik guruhlarga xos tamg‘alarning
tuzilishi. Hayvonlarning quloqlari va burun (ot)lariga tamg‘a va
belgilarning qo‘yilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: